4-mavzu. Sifat analizining sistemalari. Reja
Download 0.84 Mb. Pdf ko'rish
|
Маруза сиртки 27,02,2023 (1)
1-chidan, SO 4 2- ion ta’sirida 3 la kation: BaSO 4 , SrSO 4 , CaSO 4 holda cho’kmaga tushadi, ammo bulardan faqat CaSO 4 gina suvda qisman eriydi. 2-chidan, hosil bo’lgan BaSO 4 , SrSO 4 kislotalarda deyarli erimaydi. II-analitik gruppa kationlariga C 2 O 4 2- , PO 4 3- , ionlari xam shunga o’xshash sabablariga ko’ra gruppa reagenti bo’lolmaydi. Shunday qilib, II-analitik gruppa kationlariga eng yaxshi gruppa reagenti SO 3 2- ioni bo’ladi, chunki u yuqoridagi hamma talablarga javob beradi; uchala kation ham amaliy jixatdan to’liq cho’kadi; CO 3 2- kislotalarda, hatto CH 3 COOH da ham oson eriydi. Shuning uchun ham sistemali analiz qilishda II-analitik gruppa kationlarini I-gruppadan ajratish uchun gruppa reagenti sifatida SO 3 2- ionidan foydalaniladi. 1869 yilda D.I.Mendeleevning davriy qonuni e’lon qilingandan keyin analitik kimyoning rivojlanishiga ulkan hissa qo’shdi. Elementlarning davriy sistemadagi o’rni qarab, ulardan hosil bo’lgan moddalarning xossalarini oldindan aytib berish mumkin bo’lganligi oqibatida yangi analitik kreaksiyalarni ochish imkoniyati bor.Elementlarning davriy sistemasidagi davri asosida ularning yuqoriga va pastki valentliklarini , ulardan tashkil topgan moddalarning turlari va xossalarini, bu moddalarning suvda, kislota va ishqor va boshqa erituvchida eruvchanligini, oksidlanish-qaytarilish, kislota-asos, komplekslanish singari xossalarini yaqqol izohlash mumkin. Elementlarning davriy sistemadagi o’rniga qarab, ularning rangli birikmalar hosild qilish imkoniyatlarini ham baholash mumkin. Xullas, analitik kimyo uchun beqiyos ahamiyatga ega. Kation va anionlarning analitik klassifikasiyalarini ham davriy qonun va sistema asosida izohlash mumkin. Kation va anionlarning mavjud klassifikasiyalari ularning umumiy reaksiyalari bo’yicha hosil qilgan birikmalarining eruvchanligiga asoslangan. Davriy sistemada elementlar guruhlarga o’z tashqi energetik pog’onsidagi elektronlari asosida bo’linsa, kationlar va anionlar turli xil reaktivlarga bo’lgan munosabati asosida bo’linadi. Ionlarning analitik klassifikasiyalari bilan darviy qonun o’rtasida muayyan bog’liqliklar bo’lib, uni quyidagicha ko’rib chiqamiz. Ionlarning analitik guruhlarga bo’lishda turli tamoyillarga asoslanadilar: 1) ionlarni kam eruvchan birikmalar holida cho’ktirish; 2) ionlarni metallar bilan qaytarish; 3) ionlarni adsorbsion xususiyatlari va boshqalar. Anorganik moddalar suvdagi eritmalarida, ko’pchilik hollarda, dissosialangan bo’ladi. Shuning uchun ham elektrolitlar suvdagi eritmalarining kimyoviy analizi ionlarni topishga qaratilgan. Ionlarni topishni engillashtirish uchun ularni turli guruhlarga bo’lish qulay. Ulardan eng qulayi va ko’proq tarqalgani vodorod sulfidli klassifikasiyasi bo`yicha barcha anorganik kationlar 2 katta guruhga bo`linadi: vodorod sulfid yoki ammoniy sulfid bilan cho’kadigan kationlar; 2) vodorod sulfid yoki ammoniy sulfid bilan cho’kmaydigan kationlar. Sulfidlari suvda eriydigan metallarning ionlari o’z navbatida ammoniy karbanat bilan cho’kadigan va cho’kmaydigan ionlarga bo’linadi. Bu klassifikasiya bo’yicha kationlar quyidagi 5 guruhga bo’linadi: Download 0.84 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling