4-mavzu. Statistik jadvallar va grafiklar reja


Voqea va hodisalarni о‘rganish jarayonida va qо‘yilgan vazifalarga


Download 68.47 Kb.
Pdf ko'rish
bet2/4
Sana02.06.2024
Hajmi68.47 Kb.
#1834110
1   2   3   4
Bog'liq
68462 (1)

 
Voqea va hodisalarni о‘rganish jarayonida va qо‘yilgan vazifalarga 
qarab ega va kesim о‘z о‘rinlarini almashtirib turishi mumkin. Statistik 
jadval ixcham va kо‘rimli chiqishi uchun, uni tuzishda quyidagi qoida va 
tartiblarga amal qilish kerak: 
1. Jadvallar hajmi katta bо‘lmasligi kerak. Murakkab tо‘plamlarni 


о‘rganishda jadval hajmini kengaytirmasdan, yaxshisi ikki va undan ortiq о‘zaro 
bog‘langan jadvallar tuzish kerak. Jadvallar aniq, tushunarli va о‘qishga oson 
kо‘rinishda tuzilishi kerak. 
2. Jadvalning umumiy nomi undagi ega va kesimlar mazmunini ifodalashi 
lozim, uni qisqartirib yozish mumkin emas. 
3. Jadvalda bir-biri bilan bog‘liq kо‘rsatkichlar birin-ketin, sodddan 
murakkabga о‘sib borish tartibida joylashtirilishi lozim. 
4. Jadvaldagi ma’lumotlar mazmunini anglash oson bо‘lishi uchun ularni bir 
xil aniqlik darajasi bilan butunlashtirib, kattaroq sonlar orqali ifodalash lozim. 
5. Shartli belgilashlarga katta e’tibor berish kerak. Zarur bо‘lganda ayrim 
kо‘rsatkichlar yoniga yulduzcha yoki raqamlar qо‘yilib, ularni qayerdan yoki 
qanday hisoblab olinganligi ilova tarzida berilishi kerak. 
6. Hodisa sodir bо‘lganligi tо‘g‘risida ma’lumotlar bо‘lmasa, jadvalda shu 
kо‘rsatkich о‘rniga “ma’lumot yо‘q” yoki nuqtalar (...) qо‘yiladi, agarda hodisa 
umuman sodir bо‘lmagan bо‘lsa, tire (-) belgisi bilan ifodalanadi. Jadvallarni 
tuzish texnikasi yaxshi egallansa, ularni о‘qish va tushunish ishi ancha 
osonlashadi. 
Statistik ma’lumotlarni keng omma uchun tushunarli, ta’sirchan, diqqatga 
sazovor va lо‘nda qilib bayon etish juda muhimdir. Grafik usuli ana shu maqsad 
uchun xizmat qilib, amalda keng qо‘llanadi.
Statistikada grafiklar deganda ijtimoiy hayot haqidagi ma’lumotlarni shartli 
olingan meyorda tuziluvchi har xil geometrik shakl va chiziqlar, predmetlarning 
tasvirlari (suratlari) hamda geografik xaritalarda nishonlangan shartli belgilar 
yordamida tasvirlash tushuniladi. Ular kishining diqqatini о‘ziga tez jalb etish bilan 
birga ma’lumotlarni esda yaxshiroq saqlash, tо‘laroq va chuqurroq tasavvur 
qilishga imkon beradi. Shuning uchun grafiklar iqtisodiy, madaniy va umuman 
ijtimoiy 
taraqqiyotning 
barcha 
sohalarida 
erishilayotgan 
yutuqlarimizni 
ommalashtirishda muhim qurol vazifasini о‘taydi. 
Shunday qilib, statistik ma’lumotlarni grafiklarda tasvirlash natijasida ularni 
soddalashtirish, ayonlashtirish, umumlashtirish, yakunlashtirish va pirovardida 
tasavvurimizni boyitish kabi muhim fazilatlarga ega bо‘lamiz.
Bu usul turli hodisalarni taqqoslashda, ularni dinamikasi va о‘zaro 
bog‘lanishlarini tahlil qilishda,rejalarni, davlat buyurtmalarini bajarish ustidan 
nazoratni amalga oshirishda, о‘rganilayotgan murakkab tо‘plamlarning tuzilishini 
tekshirishda, ayrim voqealarning yoyilish kо‘lamini tasvirlashda qо‘llanadi. 
Grafiklar tuzilish shakli va qanday jarayonlarni tasvirlashi jihatidan har xil 
turlarga, tasnifiy guruhlarga bо‘linadi. 
Diagramma deganda statistik ma’lumotlarni geometrik shakllar yordamida 


tasvirlash tushuniladi. Agar ma’lumotlar shartli belgilarni geografik kartalarga 
tushirish yо‘li bilan tasvirlansa, bunday grafiklar kartogrammalar deb ataladi. 
Kartodiagrammalar diagramma va kartogrammalarning aralashmasidan tashkil 
topadi. Bu holda geografik kartalar hodisalarning hududiy taqsimlanishiga qarab 
konturlarga (bо‘laklarga) bо‘linadi va ularda ma’lumotlarni tasvirlovchi 
diagrammalar keltiriladi. Kartogramma va kartodiagrammalar hodisalarning 
makonda (territoriyada) joylanishini tasvirlashda qо‘llanadi. 
Grafiklarning asosiy turi diagrammalardir. Ularni tuzayotganda kо‘pincha 
yassi geometrik shakllar va chiziqlardan foydalaniladi. 
Statistik ma’lumotlarni grafiklarda tasvirlash uchun avvalo masshtab qabul 
qilinadi va unga qarab shkala tuziladi. 
Masshtab deb sonlar bilan ifodalangan kо‘rsatkichlarni tekislikdagi tasviriy 
nisbatlarga aylantiruvchi shartli meyorga aytiladi. U о‘rganilayotgan hodisaning 
qanday miqdori tekislikdagi chiziqning bitta birligiga teng deb shartli ravishda 
qabul qilinganligini bildiradi. Masalan, О‘zbekistonda paxta yetishtirish 
diagrammasini tuzayotganda 1 mln.t. paxtani 1 santimetrga teng deb qabul qilsak, 
bu meyor ushbu grafikning masshtabi hisoblanadi. 
Shkala deganda shunday chiziq tushuniladiki, uning ayrim nuqtalari 
tasvirlanayotgan hodisaning ma’lum miqdorlariga teng bо‘ladi va, demak, shu 
miqdor deb о‘qilishi mumkin. U uchta elementdan iboratdir (4.2-tarh). 
0 10 20 30 40 50 
1-chizma. Shkala (teng meyorli). 
1) shkala tayanchi deb ataluvchi chiziq; 
2) chiziqlar bilan nishonlanib ma’lum tartibda shkala tayanchiga joylashgan 
nuqtalar; 
3) shu nuqtalarga taalluqli sonlarni belgilovchi raqamlar. 
Shkala tayanchining har bir nuqtasiga о‘rganilayotgan hodisaning ma’lum 
miqdori mos keladi va, aksincha, hodisaning har bir miqdorini chiziqdagi ma’lum 
nuqta ifodalaydi. Masalan: 2000 yil О‘zbekistonda 3.8 mln. tonna paxta hosili 
olingan edi. Agar masshtabni, yuqorida aytilganidek, 1 sm. 1 mln tonna paxtaga 
teng deb olsak, u holda shkala tayanchi chizig‘ining sanoq boshlanadigan “0” 


nuqtasidan 3.8 sm uzoqlikda yotgan nuqtasi jami yetishtirilgan paxtani bildiradi 
yoki aksincha, 3.8 mln tonna paxta “0” nuqtasidan 3.8 sm olislikda yotgan nuqta 
orasidagi masofa о‘lchami bilan tasvirlanadi. 
Shkala tayanchi tо‘g‘ri chiziqdan yoki egri chiziqdan iborat bо‘lishi 
mumkin. Shunga qarab shkalalar tо‘g‘ri chiziqli va egri chiziqli shkalalarga 
bо‘linadi. Tо‘g‘ri chiziqli shkalaga oddiy millimetrli chizg‘ich (lineyka) misol 
bо‘la oladi. Soatning siferblati esa egri chiziqli shkalaga misoldir. Kо‘p о‘lchov 
asboblari yoysimon egri chiziqli shkalaga ega. Bundan tashqari shkalalar teng 
meyorli va о‘zgaruvchan meyorli bо‘lishi mumkin. Grafiklarni statistikada 
qо‘llayotganda odatda teng meyorli shkalalardan foydalaniladi. Tasvirlanayotgan 
miqdorlar bir-biridan keng kо‘lamda farq qilsa, grafiklarni tuzishda о‘zgaruvchan 
meyorli shkalalar ishlatiladi. Bu turdagi shkalalar qatoriga logarifmik yoki 
nimlogorifmli shkala kiradi. Unda shkala tayanchidagi kesmalar tasvirlanayotgan 
miqdorlarning logarifmlariga proporsionaldir. 
Chiziqli va yassi diagrammalarning juda kо‘p turlari mavjud bо‘lib, ular 
orasida eng muhimlari quyidagilardan iborat. 

Download 68.47 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling