4 mavzu. Statistik jadvallar va grafiklar
Download 258.51 Kb.
|
4 mavzu. Statistik jadvallar va grafiklar
- Bu sahifa navigatsiya:
- Mavzu uchun savollar
Asosiy tayanch iboralar
Mavzu uchun savollar Statistik jamlash umumiy jamlash (yig‘indi)dan nima bilan farq qiladi? Statistik jamlash qanday turlarga bo‘linadi va qanday bosqichlarda amalga oshiriladi? Savdo korxonalari ulgurji va chakana savdo korxonalarga ajratiladi, studentlarning dars qilish soati bilan ularning fanlardan o‘zlashtirish darajasi o‘rtasidagi bog‘liqlikni o‘rganish uchun, studentlar dars qilish soati bo‘yicha guruhlarga bo‘lindi, korxona ishlovchilari ish staji bo‘yicha guruhlarga bo‘linadi. Bu taqsimlashlar guruhlashning qaysi turiga kiradi? Javobingizni izohlang va isbotlang. Guruhlashning qanday belgilarini bilasiz? Har bir belgiga misol keltiringchi? Guruhlar soni va intervalini aniqlashda nimalarga e’tibor berasiz? Birinchi guruh 18 yoshgacha, ikkinchi 18-20 yoshgacha deyilsa, 18 yoshli studentni qaysi guruhga qo‘shasiz? Guruh chegarasini aniqlashda qanday qoidalarga rioya qilasiz? Ularga misol keltiring? Ikkilamchi guruhlash nima uchun kerak? Klaster-tahlil qanday muammoni hal qiladi? Qanday jadvallarni bilasiz? Statistik jadval ulardan nima bilan farq qiladi? Oddiy, guruhiy va kombinatsion jadvallar chizing? Ularni tuzishda 10 qoidaga rioya qilish esingizdan chiqmasin. Grafik tasvirda qaysi unsurlar qatnashadi? Statistik grafiklar tasvirida qaysi unsurlar qatnashadi? Fakultetingiz bo‘yicha keyingi o‘n yil uchun studentlar sonining o‘sish diagrammasini tuzing. Guruhingiz uchun studentlarning “Statistika” fanidan olgan baholari bo‘yicha doiraviy diagramma tuzing. Institutda 6000 ta talaba bor ekan. Ularning 2100 tasi”Moliya- iqtisod” fakultetida; 1900-“Kredit-iqtisod”; 1200-“Hisob-iqtisod”; 800-“Umumiqtisod” fakultetida ta’lim olishadi. Bu holatni grafikni qaysi bir turi bilan yorqin ifodalasa yaxshi bo‘ladi? Variatsion qatorlarni tasvirlovchi grafiklarning qaysi turlarini bilasiz? Statistik grafiklar reklama bozorida ishlatilishi mumkinmi? Reklama shitlarida maxsus plakatlarda, gazeta va jurnallarda ko‘rgan grafiklarni eslang va ularni o‘z daftaringizga chizing? Agarda, siz ko‘rgan grafiklardan 10 tasini daftaringizga chiza olsangiz, e’tiborli kuzatuvchi hisoblanasiz va bu mavzudan a’lo baho olasiz. Download 258.51 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling