4-mavzu: Tarbiya nazariyasi. Tarbiyaning umumiy metodlari. Tarbiya turlari. Reja


Tarbiyada o`quvchilarning yosh va individual hususiyatlarini


Download 94.84 Kb.
bet7/28
Sana29.12.2022
Hajmi94.84 Kb.
#1072254
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   28
Bog'liq
4-ma\'ruza

Tarbiyada o`quvchilarning yosh va individual hususiyatlarini
hisobga olish prinsipi
Tarbiyaning mazmunini tashkil qiluvchi g’oyalar, talablar, maqsad va vazifalar ichidan o`quvchilarning yosh va individual hususiyatlariga muvofiq keladiganlarinigina tanlab olish juda muhimdir. Boshqacha qilib aytganda, tarbiyachilar bola shaxsiyatiga monand metod topishlari, uning shaxsini shakllantirish uchun kerakli sharoit yaratishlari lozim.
Odamlarning qobiliyati va shaxsiy hususiyatlarini, individual harakterini oila, muhit, turmush sharoiti oldindan belgilaydi.
O`qituvchi bolalarni, ularning har birini tushunish mahoratiga ega bo`lishi kerak. O`z o`quvchilarini bilish va ular bilgan narsalarni bilish va har biri alohida va hammasi birgalikda bilishi mumkin bo`lgan narsalarni bilish o`qituvchi uchun zarur shartlardan biridir.
Tajribali o`qituvchilar o`quvchilarni kuzatadilar, ularni har tomonlama o`rganadilar, o`quvchini boshqalardan ajratadigan sifatlarni izlab topadilar va u boshqalarga qanday naf keltirishi mumkinligini aniqlaydilar.
Tarbiyaning mazmuni, shakli va metodlari bolalar yoshi va saviyasiga qarab turli sinfda turlicha bo`ladi. Masalan, boshlang’ich ta`limning asosiy vazifasi o`quvchilarda o`qish, chizish, hisoblash malakalarini shakllantirish bilan birga ularning ongi, qalbiga tabiatni muhofaza qilish, yaxshilik- yomonlik, adolat-adolatsizlik, halollik-haromlik, go`zallik-xunuklik, mehribonlik-shafqatsizlik kabi tuyg’ularning oddiy qonun-qoidalari singdiriladi. Buning uchun ularni tez-tez tabiat qo`yniga olib chiqish, ularning o`zlari kuzatishlar olib borishlari kabi imkoniyatlar yaratish lozim.
Yuqori sinflarda esa shaxsning rivojlanishi va shakllanishi, uning ijtimoiy o`zligini anglashga bo`lgan istagi, qiziqishi va qobiliyatini ta`minlash uchun shart-sharoitlar yaratiladi, kasbga yo`naltirishga e`tibor beriladi. O`quvchilar jamoasi ayrim shaxslardan iborat, Shuning uchun har bir bolaning o`ziga alohida pedagogik ta`sir ko`rsatilishi kerak. Buning uchun pedagog bolaning qanday oilada tarbiyalanganligi, u tarbiyalangan muhit ta`sirini, tengdoshlari, o`rtoqlari va kattalar qanday ta`sir ko`rsatayotganlarini, uning ijobiy va salbiy odatlarini, nimalarga qiziqishini va qobiliyati borligi va hokazolarni yaxshi bilishi kerak. Har bir bolaning o`zigagina xos hususiyatlarini aniq bilmay turib bolaga rejaviy ravishda, maqsadga muvofiq ta`sir ko`rsatish mumkin emas.
Pedagogning bu qoidaga amal qilishi o`quvchilarning tushunishiga, ularning his-tuyg’ularini, tashvishlarini jiddiy qabul qilish va qadrlashga, ijobiy insoniy fazilatlarni tarbiyalashga yordam beradi. O`quvchilar ham o`z o`rnida o`zlarini inson sifatida anglaydilar va o`qituvchilarga hurmat bilan qaraydilar.
Pedagog tarbiya jarayonida bolalarning ijodkorligiga, ziyrakligiga, mustaqilligiga, bilish va ijtimoiy faolligiga keng yo`l berish kerak. Bolalar jamoasiga singdirilgan muomala harakteri har bir o`quvchiga haqiqiy insoniy tabiatni rivojlantirishga yordam berishi lozim.
Bu qoidani amalga oshirish bolalar faoliyatini mazmuni va shakllarini ularning yoshiga, hayotiy tajribasiga va imkoniyatlariga muvofiqlashtirishni talab qiladi. O`qituvchi o`z o`quvchilarida insoniy fazilatlarni tarbiyalash jarayonida ularning har biriga xos ravishda muomala qilish yo`lini topishi lozim.
O’quvchilarni tarbiyalashda ularnnng yosh va individual xususiyatlarini hisobga olish muhim ahamiyatga aga. Tarbiyaning mazmuni, shakli hamma yoshdagi bolalar uchun bir xilda bo’lavermaydi. Turli sinfdagi bolalarning yoshi va saviyasini hisobga olish asosida tarbiyaning vazifalari amalga oshirilib boriladi. Bolalarga beriladigan tarbiya mazmuni ularning yoshiga, kuchiga, tushunchasiga va imkoniyatlariga mos bo’lishi lozim. Tarbiyada bolalarning yosh xususiyatlarini hisobga olishdan tashqari ularning individual xususiyatlarini hisobga olishni taqozo etadi. Chunki ma’lum yoshdagi bolalar xususiyatida umumiylik bo’lishi bilan birga har qaysi bolaning o’ziga xos xususiyati ham bor.



Download 94.84 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   28




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling