4-mavzu. Tijorat banklari passivlari tarkibi, ularni joylashishi ma’ruza rejasi
Download 69.5 Kb.
|
Банк иши 4-мавзу
Jamg‘arma (depozit) sertifikati
Jamg‘arma (depozit) sertifikati bankka qo‘yilgan omonat summasini va omonatchining (sertifikat egasining) sertifikatni bergan bankdan yoki uning har qanday filialidan belgilangan muddat tugaganidan so‘ng omonat summasini va sertifikatda shartlashilgan foizlarni olish huquqini tasdiqlovchi qimmatbaho qog‘ozdir. Jamg‘arma (depozit) sertifikatlari taqdim etiladigan yoki egasi ko‘rsatilgan bo‘lishi mumkin.Jamg‘arma (depozit) sertifikati muddatidan oldin to‘lash uchun taqdim etilgan hollarda, agar depozit shartlariga ko‘ra foizlarning boshqa miqdori belgilanmagan bo‘lsa, bank ushbu serifikat bo‘yicha talab qilib olinguncha depozitlar uchun to‘lanadigan omonat summasini va foizni to‘laydi. Bank filiallarida mijozlar bilan bajariladigan omonat operatsiyalarining qonun hujjatlariga va bank ichki siyosatiga muvofiqligini nazorat qilish uchun omonat bo‘linmasi tashkil etilishi shart. Omonat bo‘linmasi, Front-ofis va Bek-ofis tarkibiy tuzilma sifatida faoliyat ko‘rsatayotgan banklarda «Mijozlarga chakana bank xizmatlari ko‘rsatuvchi bo‘lim», boshqa hollarda bankda omonat operatsiyalarini nazorat qilish bo‘yicha alohida bo‘linma (boshqarma, bo‘lim, sho‘‘ba) sifatida tashkil etilishi mumkin. So‘nggi nazoratchi omonat bo‘linmasi tarkibida faoliyat yuritishi lozim. Bank omonati shartnomasi omonatchilar va bank o‘rtasida yozma shaklda tuziladi. Bank va omonatchilar o‘rtasida bank omonati shartnomasi, omonat summasi bank kassasiga qabul qilingan yoki omonat hisobvarag‘iga tegishli mablag‘ naqd pulsiz kelib tushgan kundan boshlab tuzilgan hisoblanadi. Agar omonatga qo‘yilganligi omonat daftarchasi, omonat sertifikati yoki bank tomonidan omonatchiga berilgan, qonunga muvofiq belgilangan bank qoidalarida va bank amaliyotida qo‘llaniladigan ish muomalasi odatlarida bunday hujjatlar uchun nazarda tutilgan talablarga javob beradigan boshqa hujjat bilan tasdiqlangan bo‘lsa, bank omonati shartnomasining yozma shakliga rioya qilingan hisoblanadi. Muomala layoqatiga ega bo‘lgan har qanday jismoniy shaxs — o‘z nomiga va boshqa shaxs nomiga omonat qo‘yishi, o‘zining bank omonat hisobvarag‘idagi mablag‘ini o‘zi yoki vakili orqali mustaqil tasarruf etishi, shuningdek, boshqa shaxslar omonat mablag‘larini tasarruf etish uchun vakil bo‘lishi mumkin.Fuqaro omonatchi bo‘lgan bank omonati shartnomasi ommaviy shartnoma deb hisoblanadi. Omonatchi tomonidan qo‘yiladigan omonatning eng kam va eng ko‘p miqdori har bir bank tomonidan qonun hujjatlariga asosan mustaqil ravishda belgilanadi. Bank qabul qilib olgan omonatlarning qaytarilishini ta’minlash uchun foydalanishi shart bo‘lgan vositalar va usullar qonun hujjatlari va bank omonati shartnomasi bilan belgilanadi.Bank omonatchining talabiga muvofiq omonatning qaytarilishi ta’minlanganligi to‘g‘risida axborot berishi shart. Bank omonatning qaytarilishini ta’minlash bo‘yicha majburiyatlarini bajarmagan, shuningdek ta’minotni yo‘qotgan yoki uning shartlarini yomonlashtirgan taqdirda, omonatchi bankdan omonat summasini darhol qaytarib berishni, O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 327-moddasiga muvofiq unga foizlar to‘lashni hamda o‘ziga etkazilgan zararni qoplashni talab qilishga haqli.Bank omonati shartnomasi bo‘yicha shartlar qonun hujjatlariga zid bo‘lmasligi va omonat operatsiyalarni bajarishda qiyinchilik va chalkashliklar keltirib chiqarmasligi kerak. Banklar tomonidan omonatchilarning hisobvaraqlari kreditiga boshqa hisobvaraqlardan kelib tushgan mablag‘larni kiritib qo‘yish uchun haq olishlari taqiqlanadi.Omonatchilar yoki ularning qonuniy vakillari topshirig‘iga binoan bankning omonat hisobvarag‘ida turgan pul mablag‘lari bilan bank operatsiyalari bo‘yicha amalga oshirilgan xizmatlar uchun bank tomonidan vositachilik haqi undirilishi mumkin. Omonatchi bankdagi omonatini bank omonati shartnomasi va boshqa qonun hujjatlari doirasida erkin tasarruf etadi, shuningdek o‘z omonati bo‘yicha foiz, yutuq yoki boshqa shakldagi daromadlarni olish huquqiga ega.Omonatchi birinchi talabi bo‘yicha bankdagi omonatini to‘liq yoki qisman qaytarib olish huquqiga ega. Download 69.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling