4-mavzu. Tovar-pul munosabatlari rivojlanishi bozor iqtisodiyoti shakllanishi va amal qilishining asosidir
O'zbekistonda 2007-2008 yillarda ishlab chiqarilgan ba'zi tovar turlari
Download 344.49 Kb.
|
3 mavzu Tovar pul munosabatlari rivojlanishi bozor iqtisodiyoti
O'zbekistonda 2007-2008 yillarda ishlab chiqarilgan ba'zi tovar turlari
tovar ikki xususiyatga ega: bir tomondan, u kishilarning qandaydir ehtiyojini qondira oladigan, ikkinchi tomondan esa, boshqa buyumlarga ayirboshlana oladigan buyumdir. tovar iste'mol qiymati qiymati ijtimoiy zaruriy naflilik deb talab miqdoriga mos keladigan miqdordagi naflilikka aytiladi tovarning almashuv qiymati – bu biror turdagi naflilikning boshqa turdagi naflilikka ayirbosh qilinadigan miqdoriy nisbatidir. qiymatning mehnat nazariyasi tarafdorlari
l.m.kulikov tomonidan qiymat va almashuv qiymatini tovarning alohida asosiy xususiyatlari sifatida ajratilib ko'rsatilishida namoyon bo'ladi. «qiymat – bu tovar ishlab chiqarish va uni sotish (ko'pincha qisqacha qilib «ishlab chiqarish xarajatlari» deb ataydilar) qanchaga tushganligi ifodasidir. tovarni ayirboshlaganda (sotilganda) ishlab chiqaruvchi (sotuvchi), tabiiyki, o'z xarajatlarini qoplashni istaydi, biroq bozorda boshqacha nisbatlar tarkib topishi mumkin. endi ularni boshqa ko'rsatkich – almashuv qiymati ifodalaydi. bu bir tovar boshqasiga ayirboshlanadigan miqdoriy nisbatdir». tovarning o'zi esa ikki tomon – naflilik va qiymatning uzviy birligidan iboratdir. shu o'rinda ta'kidlash lozimki, l.kulikov tomonidan qiymatga berilgan yuqoridagi ta'rif ba'zi hollarda iqtisodchilar tomonidan yo'l qo'yiladigan yanglish fikrlardan ham xoli emas. ya'ni, qiymatning ishlab chiqarish xarajatlari bilan ayniylashtirilishini u tomonidan yo'l qo'yilgan xatolik deb hisoblaymiz. aslida, ishlab chiqarish xarajatlari qiymatning bir qismi bo'lib, aksariyat hollarda miqdor jihatidan qiymatdan kam bo'ladi. tovar qiymatining miqdori ijtimoiy-zaruriy ish vaqti orqali hisoblanadi. ijtimoiy zaruriy ish vaqti muayyan ijtimoiy normal ishlab chiqarish sharoitida va muayyan jamiyatdagi mehnat malakasi va jadalligi darajasi o'rtacha bo'lgan sharoitda biron bir tovarni ishlab chiqarish uchun zarur bo'lgan ish vaqtidir. tovar qiymatining miqdorini hisoblashda mehnatning oddiy va murakkab, malakali va malakasiz, aqliy yoki jismoniy turlari hisobga olinadi. qiymatni hisoblashda nisbatan murakkab mehnat ko'paytirilgan yoki darajaga ko'tarilgan oddiy mehnat sifatida hisobga olinadi, shu sababli oz miqdordagi murakkab mehnat ko'p miqdordagi oddiy mehnatga tenglashtiriladi. Download 344.49 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling