4-Мавзу: Тупрок хосил килувчи омиллар ва уларнинг ахамияти


Download 381 Kb.
bet23/25
Sana04.02.2023
Hajmi381 Kb.
#1161236
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   25
Bog'liq
Tuproqlar geografiyasi 2 KURS

Qo`shimchalar Taqirli tuproqlar.
1) Ona jinsi – moyli, qumoqli qoplama yotqiziqlar. Bular o`tmichda gidromorf bosqichni o`tagan. Shiddatli bug`lanish tufayli sho`rlangan.
Hozirda esa sizot suvlari chuqurda bo`lganligi tufayli sho`rlanish jarayoni bo`lmaydi. Tog` etagi tekisliklarida gidromorf sharoit tufayli tuz to`planmaydi.
O`simliklar chim hosil qilmaydi. 0-2-6 sm darzlarga aylangan, qatqaloqli qatlam. Bu govak bo`ladi. Gips yaxshi ifodalanmagan. Chirindili qatlam 20-30 sm. o`tloqi-taqirli tipchasi. Zang, ko`kimtir dog`lar.
O`tmishdagi o`tloklikdan nishona. Qoldiq chirindili tipchasi. Tipik taqirli tipchasi. Chirindi 0,5-1,0 %. Qoldiq chirindilik 2,0-2,5 %. Ular Quyi Amudaryoda, Qarshi cho`lida o`zlashtirilgan. Qatqaloqqa qarshi ishlov berish, sho`r yuvish ular uchun xos (Abdullayev, Maqsudov, 1988).
2) Taqir – atamasi turkcha mazmunga ega bo`lib, yolong`och, o`simliklardan xoli ma'nosida tushuniladi. Shu boisdan landshaft ma'nosida ham ishlatiladi. Ilmiy adabiyotlarda O`rta Osiyoni o`rgangan rus tadqiqotshilari tomonidan XIX asrdan buyon uchraydi. Taqirga xos bo`lgan eng xususiy sifatlardan biri taqir yuzasining o`ta yassi- stolsimon tekis bo`lishidir. Lekin ba'zan ularning yuzasida quruq suv bo`laklari, shamol eroziyasi bilan bog`lik izlar bo`lib taqir yuzasi birmuncha murakkablashtirgan. Taqirning ikkinchi bir xususiyati uning suv o`tkazmaslik xususiyatidir. Bunga sabab uni gilli, hatto kolloidli zarralardan tarkib topganligidir (Kunin, 1980, 42).
Taqir tarkibidagi gilli zarralar ulushi kamaygan sari taqirga xos xususiyatlar yo`qolib boradi. Bu hol birinchi navbatda ularning relyef tuzilishiga va o`z navbatida o`simliklar bilan qoplanganlik darajasini ortishiga olib keladi.
Taqirlarni kelib chiqishidan qat'iy nazar ularni tabaqalash (turkumlash) suv to`plovchi manzil sifatida amaliy ahamiyatga ega. Chunki joylarda taqirlar suv – fizik xususiyatlariga ko`ra farqlanadi. Bundan tashqari ular qumloq-gilli, toshloq-gilli cho`l landshaftlarini hosil qiladi (Kunin, 1980, 43 bet).
3) M. Glazovskaya, 1988 yilda Sobiq Ittifoq hududini landshaft geokimyoviy rayonlashtirgan. Ushbu hududni olima 4 mintaqaga ajratadi: tundra, o`rmon, dasht, cho`l. Mintaqalar doirasida tekislik va tog` oblastlarini ajratadi. Turon hududini M.Glazovskaya PS-2 raqami bilan belgilaydi va turon cho`l-qum oblastiga kiritadi, uni cho`l kalsiyli-galomorf hudud deb qayd qiladi.
4) Har bir kishiga ekin maydonining to`g`ri kelishi:
O`zbekistonda 0,17 ga
Qozog`istonda 1,54 ga
Qirg`izistonda 0,26 ga
Ukrainada 0,59 ga
Rossiyada 0,67 ga
Sug`oriladigan maydon O`zbekistonda 4,28 mln.ga
(I.Karimov, 1997)
5) 22 aprel «Butunjahon yer kuni» BMT ning «Cho`llanishga qarshi ko`rash Konvensiyasiga» binoan qabul qilingan.

Download 381 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   25




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling