4-mavzu. Vektorli grafik muharrir paketlari va ularda ishlash. Reja
Download 0.85 Mb. Pdf ko'rish
|
Corel maruzalar
(CorelDraw dasturining bosh oynasi) quyidagi oynadan Создать tugmasi orqali yangi hujjat hosil qilamiz. (CorelDraw dasturining yangi hujjat yaratish oynasi) Bunda bizga Создание документа oynasi ochiladi va unda biz имя bandidan o‘zimiz hohlaganday nom berishimiz mumkin. Размер bandida dasturning o‘zida doimiy A4 format va o‘lchami beriladi, biz ishlayotgan ishimizga ko‘ra uni formatini va o‘lchamini o‘zgartirishimiz mumkin. Agar biz больше не показыват ето окно bandini faol holatda belgilab qo‘ysak, har safar dasturni ishga tushirgan paytimizda Создание документа oynasi ochilmaydi. Yangi hujjatni yaratish uchun menyuning Fayl (File) va Yangi hujjat buyrugi (New) yoki instrumentlar panelidagi maxsus tugma bosiladi. Hujjatni ochish uchun, menyuning Fayl (File) va Оchish (Open) buyruqlari yoki instrumentlar panelidagi maxsus tugmalar yordamida amalga oshiriladi. CorelDRAW dasturida bir vaqtning o‘zida bir nechta hujjatlar bilan ishlash imkoniyatlari bor, shu bilan birga kerak bo‘lmagan hujjatlarni yopib qo‘ysa ham bo‘ladi. Bu esa menuning Fayl Yopish(Close) buyrugi yordamida amalga oshiriladi. Dastur interfeysi Создать имя cоздание документа Размер больше не показыват ето окно Sarlavha Satri Menyular qatori Dastur ishga tushirilgandan keyin ekranda dastur oynasi namoyon bo‘ladi, bu (CorelDraw dasturi interfeysi) oyna – foydalanuvchi interfeysi yoki ishchi joyi deb ataladi. Interfeys foydalanuvchi va kompyuter orasidagi muloqotni o‘rnatadi, ishlash uchun kerak bo‘lgan barcha sharoitni yaratadi. Shuni nazarda tutish kerakki, interfeys foydalanuvchi tomonidan o‘zgartilgan bo‘lib o‘z ko‘rinishidan o‘zgacha bo‘lishi ham mumkin. Foydalanuvchi interfeysi sarlavha, bosh menyu, hujjatlarni ko‘rish uchun ishchi oynalar, tasvirlarni redaktorlash uchun bir nechta panellar yigindisidan tashkil topgan. Oynaning markazidagi katta bo‘sh joy ishchi soha deb nomlanib har bir hujjat uchun yangi ochiladi. Bosh menyu: Ekranning yuqorigi qismida bosh menyu buyruqlari joylashgan bo‘lib, u quyidagilardan tashkil topadi: Ranglar palitrasi Uskunalar paneli Ishchi soha |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling