Natijalarni aniqlash
Chempionatda jamoalarni guruhlarga bo‘linishi yoki bo‘linmasligi ishtirokchi jamoalar
soniga qarab belgilanadi. Musobaqalar va ishtirokchi jamoalar sport bazasida “tur” shaklida
aylanma tizim bo‘yicha o‘tkaziladi. Chempionat jadvalidagi o‘rinlar barcha turlarda o‘tkazilgan
o‘yinlarda to‘plangan ochkolar yig‘indisiga qarab aniqlanadi. G‘alaba uchun jamoaga 2 ochko,
mag‘lubiyat uchun 1 ochko, o‘yinga kelmaganligi uchun 0 ochko beriladi.
Ikki yoki undan ortiq jamoalar bir hil ochkolar sonini to‘plagan bo‘lsa, o‘rinlar quyidagi
mezonlar asosida aniqlanadi:
a) barcha uchrashuvlardagi partiyalar nisbati;
b) barcha uchrashuvlardagi to‘plar (hisob) nisbati;
v) o‘zaro uchrashuvlardagi partiyalar nisbati;
g) o‘zaro uchrashuvlardagi to‘plar (hisob) nisbati
Agar qaysi bir jamoa uchrashuv davomida o‘yinni davom ettirishdan voz kechsa, u
chempionatda ishtirok etish huquqidan mahrum qilinadi, barcha uchrashuv natijalari bekor qilinadi
va unga O‘VFning “Intizom Kodeksi”ga muvofiq jarima choralari ko‘riladi. Ushbu jamoaga qarshi
uchrashuv o‘tkazgan barcha jamoalar 3:0 (25:0; 25:0; 25:0) hisobida g‘olib deb topiladi.
Agar biror-bir jamoa chempionatda o‘tkaziladigan barcha o‘yinlarning yarmidan kamiga
kelgan bo‘lib, keyingi biror-bir turga kelmasa, ushbu jamoaga ham yuqorida qayd etilgan tartibda
jarima choralari ko‘riladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |