O`zbekiston voleybol Federtsiyasi, uning tarkibi va ish funktsiyalari
Mamlakatimizda voleybolni ommaviylashtirish, rivojlantirish, uni ravnaq topshirishda
O`zbekiston voleybol Federatsiyasi rahbarlik va boshqaruvchi rolni o`ynaydi. Respublikamizning
tuman, viloyat va shaharlarida esa bu mas'uliyat joylardagi federatsiyalar orqali amalga oshiriladi.
Federatsiyaning oliy rahbar organi respublika anjumanidir. U mamlakatda voleybolni
rivojlantirishning asosiy masalalarini hal qiladi. Federatsiya anjuman tufayli saylangan o`z
prezidiumidan (rayosatidan) iborat.
Rayosat o`z navbatida belgilangan ijroiy qo`mitasiga ega bo`lishi kerak. Qo`mitada
federatsiyaning prezidenti rahbarligida direktorat va doimiy hay'atlar tuziladi. Bu hay'atlar
quyidagi yo`nalishlar bo`yicha faoliyat ko`rsatadilar:
- moliyaviy - iqtisodiy;
- yuridik-xuquqiy;
- moddiy-texnika ta'minlovi;
- ommaviy -tashkiliy;
- trenerlar kengashi;
- ilmiy-uslubiy;
- sport-texnika;
- bolalar va o`smirlar sporti;
- xalqaro sport aloqalari;
- respublika sport faxriylari kengashi.
Ko`rinib tupibdiki, mazkur yo`nalishlarning nomlarining o`zi hay'atning vazifasi,
bajaradigan tadbirlari va butun faoliyatlari mazmunini belgilab berib turibdi.
Do'stlaringiz bilan baham: |