me„yorlarini bajarish deb inobatga olinishi mumkin. Sakrashlar eng oxirgi (egallanmagan)
balandlikdan
boshlanadi, bittadan urinish imkoni beriladi. Qaydnomadagi yozuvlarga muvofiq
balandliklar ko‟tariladi yoki pasaytiriladi. Ishtirokchi asosiy musobaqalarda o‟tkazib
yuborgan
balandliklariga ham sakrashi shart. Boshqa sportchilar egallagan balandlikni ololmagan
ishtirokchilar qayta sakrashdan chiqib ketadi. Boshqa sportchilar
ololmagan balandlikni
egallagan ishtirokchiga birinchi o‟rin beriladi. G‟olib aniqlanganidan so‟ng, qayta sakrash
to‟xtatiladi va unda ishtirok etgan boshqa sakrovchilarning o‟rinlari taqsimlanadi.
Birinchi
o‟ringa da‟vo qilmagan ishtirokchilarning ko‟rsatkichlari teng bo‟lsa ham o‟rinlar taqsimlanadi.
III. Uloqtirishlar, yadro itqitish, uzunlikka va uch hatlab sakrashlarda
1. Dasturdagi mazkur turlarning birortasida maydonga chiqadigan
sportchilar orasida
o‟rinlarning taqsimlanishi asosiy hamda final musobaqalarda 6 ta urinishning barchasida
ko‟rsatilgan natijalarning eng yuqorisi bo‟yicha final ishtirokchilari uchun o‟tkaziladi.
Qolgan
barcha ishtirokchilar uchun asosiy musobaqalardagi uch urinishning eng yaxshi natijasi bo‟yicha
o‟tkaziladi. Agar ikki yoki bir necha ishtirokchi bir xil natija ko‟rsatgan bo‟lsa, u holda o‟rinlar
bu ishtirokchilarning (asosiy va final musobaqalarda) qolgan urinishlardagi eng yaxshi natijalari
bo‟yicha taqsimlanadi.
Malakaviy musobaqalarning natijalari asosiy musobaqalarda shaxsiy birinchilikni
aniqlashda hisobga olinmaydi. Zaruriyat tug‟ilganda, asosiy musobaqalarga qo‟yilmagan
ishtirokchilar orasida o‟rinlar malakaviy musobaqa natijalari bo‟yicha taqsimlanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: