4-mavzu: Yozuv qurollari va ulardan foydalanish. Yozuv sifatini shakllantirish Reja
Yozuv qurollaridan foydalanish metodikasi
Download 462.17 Kb.
|
4.3-ma\'ruza
Yozuv qurollaridan foydalanish metodikasi. O’qituvchi sinfda o’quvchilarning ish joyini to’gri tashkil etgandan so’ng ularga yozuv qurollari va daftardan qanday foydalanishni o’rgatishi lozim. Birinchi navbatda o’qituvchi o’z shogirdlari uchun sifatli yozuv qurollari tanlaydi, chunki yozuvning chiroyli bo’lishi ko’p jihatdan yozuv qurollariga bog’liqdir. Hozirgi zamonda yozuv qurollarining turi nihoyatda ko’p va ularning na hammasi talabga javob beradi. Ko’pgina yozuv qurollari ta’lim standartlari talablariga javob berolmaydi. Shuning uchun o’qituvchining o’zi talabalarni sifatli yozuv qurollari bilan ta’minlashi lozim.
Daftar. Daftar asosiy yozuv quroli sifatida katta ahamiyatga egadir. U birinchi navbatda sifatli oq qog’ozdan, silliq va chiziqlari aniq ko’rinib turadigan bo’lishi kerak. Talabga muvofiq 1-sinf o’quvchilari uchun qiya chiziqlari orasidagi masofa 25 mm ga, kichik harflar yoziladigan satr chizig’i oralig’i 5 mm ga teng bolgan ikki chiziqli daftar tavsiya etiladi. Daftarning qiya chiziqlari 65ºga teng bo’lishi lozim (1-rasm): (1-rasm) Qiya chiziqlari siyrak bo’lgan ikki chiziqli daftarga yozdirib mashq qildirish orqali 1-sinf o’quvchilarini mayda harflar bilan tez yozishga tayyorlab boriladi. Bunday daftarda mashq qilish o’quvchilarga harflarning eni va ular orasidagi masofani ko’z bilan chamalashga hamda harflarning qiyaligiga rioya qilishga imkon beradi. Boshlang’ich sinf o’quvchilari uchun tavsiya etilgan bir chiziqli daftarning parallel chiziqlari orasidagi masofa 8 mm ga teng bo’lib, undan kam oraliqdagi daftarga (bir chiziqli daftarlar turli-tuman bo’lib, ular orasidagi masofalar ham har xildir) yozdirish mumkin emas. 2-sinfda bir chiziqli daftarga kichik harflarning bo’yi 3 mm, bosh harflarning bo’yi 6 mm ga teng bo’lishi lozim. Daftar hoshiyasi 30 mmga teng bo’lishi kerak (2-rasm). __________________________________________________________ ↕ 8 mm 30 mm (2-rasm) O’quvchilar tomonidan noto’g’ri yozilgan harf va uning unsurlari faqat hoshiyada yozib ko’rsatiladi. O’quvchilarda yozuv malakasini to’g’ri shakllantirish uchun daftarni to’g’ri tutishda alohida e’tibor berish lozim, chunki daftar butun o’qish davomida o’quvchining zarur yozuv qurollaridan biri hisoblanadi. O’quvchilarning, xususan 1-sinf o’quvchilarining daftar tutishlariga yaxshi ahamiyat bermaslik, uning zarur qoidalarini tushuntirmaslik yozuv sifatining pasayishiga olib keladi. O’quvchilarning daftarlariga qo’yiladigan asosiy talablardan biri daftarning tashqi ko’rinishini bir xilda bo’lishiga erishishdir. Daftarning muqovasiga husnixat qoidalariga moslab bir xilda yozish kerak. Download 462.17 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling