4-mavzu yuzasidan topshiriqlar. Davlat ta’lim standarti nima?
Download 14.6 Kb.
|
talimmuassasi4
4-mavzu yuzasidan topshiriqlar. Davlat ta’lim standarti nima? 2.«Standartlashtirish» tushunchasiga ta’rifbering? 3.Ta’lim sohasi uchun davlat ta’lim standartini ishlab chiqishda qanday hujjatlarga asoslaniladi 4. Oliy ta’lim standartlari qanday toifalarga bo‘linadi? 5.O‘quv reja, o‘quv fani, o‘quv yili, va o‘quv semestri atamalariga ta’rif bering? JAVOBLAR.
«Kadrlar tayyorlash milliy dasturi» qabul qilingandankeyin uni amalga oshirish bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining birinchilar qatorida qabul qilgan qarori 1998- yil 5-yanvardagi «Uzluksiz ta‘lim tizimi uchun davlat ta‘lim standartlarini ishlab chiqish va joriy etish to‘g‘risida» gi 5 sonli qaroridir. O‘zbekiston Respublikasining «Ta‘lim to‘g‘risida»gi Qonunning 7-moddasiga, Kadrlar tayyorlash milliy dasturiga muvofiq respublikada idoraviy bo‘ysunishi va mulkchilik shakllaridan qat‘i nazar ta‘lim muassasalarining barcha turlari uchun majburiy bo‘lgan davlat ta‘lim standartlari (DTS) belgilanadi.Ta‘lim sohasining Davlat ta‘lim standartlari, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2001 yil 16 avgustdagi №343 - sonli qarori bilan tasdiqlangan hamda 2013 yil 10 iyuldagi №199-sonli, 2015 yil 10yanvardagi №3-sonli qarorlari bilan qo‘shimcha va o‘zgartirishlar kiritilgan. «Standartlashtirish» tushunchasi universal bo‘lib, quyidagicha ta‘riflanadi: Standartlashtirish – Mavjud yoki bo‘lajak masalalarga nisbatan umumiy va ko‘p marta foydalaniladigan qoidalarni belgilash orqali ma‘lum sohada eng maqbul darajada tartiblashtirishga yo‘naltirilgan faoliyat.Shuni ta‘kidlash joizki, standartlashtirish bu faoliyatning yangi turi emas, balki dunyo singari qadimiydir. Bu tushunchani to‘g‘ri ma‘noda tushunish lozim, modomiki tabiatning o‘zi misli ko‘rilmagan standartlashtirish namunalarini ato etadi. Masalan, standartlashtirish nuqtai nazaridan qaraganda, kislorodningatomi yoki suv molekulasidan ko‘ra mukammalroq narsa yo‘qdir. Tartibga solishning maqbul darajasi deganda murosaga keltiruvchi yechimnitopishgayo‘naltirilgan me‘yorlar, qoidalar, talablarni barcha qiziqqan tomonlar bilan kelishilgan holda maqsadga muvofiqligini va uni qabul qilishning imkoniyati borligi tushuniladi. 3.Ta‘lim sohasi uchun davlat ta‘lim standartini ishlab chiqishda quyidagi hujjatlarga asoslaniladi: 1.O‘zbekiston Respublikasining ―Ta‘lim to’g’risida”gi Qonuni. 2020-yil 23-sentabr, O‘RQ-637 Toshkent, 2.O‘zbekiston Respublikasining ―Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi. Toshkent, 1997 y., 29 avgust №463-1. 3.O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1998 yil 5 yanvardagi ―Uzluksiz ta‘lim tizimi uchun davlat ta‘lim standartlarini ishlab chiqish va joriy etish to‘g‘risida”gi №5 – sonli Qarori. 4. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2001 yil 16 avgustdagi ―Oliy ta‘limning davlat ta‘lim standartlarini tasdiqlash to’g’risida”gi №343-sonli Qarori. 5.O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining―O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rat maxsus ta‘lim vazirligi faoliyatini takomillashtirish to‘g‘risidagi 2004 yil 20 iyulidagi № 341-sonli Qarori. 6.O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2011 yil 20 maydagi ―Oliy ta‘lim muassasalarining moddiy-texnika bazasini mustahkamlash va yuqori malakali mutaxassislar tayyorlash sifatini tubdan yaxshilash chora tadbirlari to‘g‘risidagi PQ-1533-sonli Qarori. 7.O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «Oliy malakali ilmiy va ilmiy-pedagog kadrlar tayyorlash va attestatsiyadan o‘tkizish tizimini yanada takomillashtirish to‘g’risida» 2012 yil 24 iyuldagi PF-4456-sonli Farmoni. 8.O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2012 yil 10dekabrdagi ―Chet tillarni o‘rganisha tizimini yanada takomillashtirish chora - tadbirlari to‘g‘risidagi PQ-1875-sonli Qarori. 9.O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012 yil 18 dekabr ―Oliy o‘quv yurtidan keyingi ta‘lim hamda oliy malakali ilmiy va ilmiy-pedagog kadrlarni attestatsiyadan o‘tkazish tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to’g’risida”gi №365-sonli Qarori 10.O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2013 yil 26 martdagi ―Axborot kommunikatsiya texnologiyalari sohasida kadrlar tayyorlash tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risidagi PQ-1942sonli Qarori. 4.Oliy ta‘lim standartlari quyidagi toifalarga bo‘linadi: • O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadigan oliy ta‘lim standartlari: — Oliy ta‘limning davlat ta‘lim standarti. Asosiy qoidalar; — Oliy ta‘lim yo‘nalishlari va mutaxassisliklari klassifikatori. • Oliy ta‘limni boshqarish bo‘yicha vakolatli davlat organi tomonidan tasdiqlanadigan oliy ta‘lim standartlari — ta‘lim sohalarining davlat ta‘lim standartlari; Muayyan ta‘lim sohasining davlat ta‘lim standarti quyidagilarni o‘z ichiga olishi lozim: • zarvaraq (titul); • mundarija; • muayyan ta‘lim sohasi (soha tarkibi)ning umumiy tasnifi; • bitiruvchilarning soha bo‘yicha tayyorgarlik darajasiga qo‘yiladigan umumiy talablar; • o‘quv reja tuzilmasi; • kadrlar tayyorlash sifatini baholash. Ta‘lim sohasining davlat ta‘lim standarti ikkita (bakalavriat ta‘lim yo‘nalishlari va magistratura mutaxassisliklari) qismdan iborat bo‘ladi. 5.O‘quv rejasi — oliy ta‘limning muayyan bakalavriat ta‘lim yo‘nalishi yoki magistratura mutaxassisligi bo‘yichao‘quv faoliyati turlari, o‘quv fanlari va kurslarining tarkibi, ularni o‘rganishning izchilligi va soatlardagi hajmini belgilaydigan hujjat; O‘quv fan— ta‘lim muassasasida o‘rganish uchun fan, texnika, san‘at, ishlab chiqarish faoliyatining muayyan sohasidan saralab olingan bilimlar, o‘quv va ko‘nikmalar tizimi; O‘quv yilligi — oliy ta‘lim muassasasida bir ta‘lim kursini yakunlashga mo‘ljallangano‘quv faoliyati davri. O‘quv yili ikki kalendar yil bilan, qishloq xo‘jaligi sohasidagi magistratura mutaxassisliklarida o‘quv yili bir kalendar yil bilan belgilanadi, masalan, 2001/2002 o‘quv yili, 2020 o‘quv yili; O‘quv semestr — oliy ta‘lim muassasasida o‘quv yilining yarmini tashkil etuvchi o‘zarobog‘langan fanlarning ma‘lum majmuini o‘zlashtirishgamo‘ljallangan va ular bo‘yicha yakuniy nazorat bilan tugallanadigan qismi; Download 14.6 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling