4-Мавзу: Ўзбекистоннинг бозор иқтисодига ўтишнинг ўзига хос йўли ва «Ўзбек модели»
Download 400,34 Kb. Pdf ko'rish
|
BIA 91 - 2 XASANOV JAMSHID
TOSHKENT MOLIYA INSTITUTI Bank ishi va audit yo’nalishi 91-2 guruh talabasi Xasanov Jamshid Axror o’g’lining Mikroiqtisodiyot. Makroiqtisodiyot fanidan “TIJORAT BANKLARINING OPERATSIYALARI ” mavzusida “TIJORAT BANKLARINING OPERATSIYALARI” РЕЖА : 1. TIJORAT BANKLARINING FUNKSIYALARI VA OPERATSIYALARI 2. TIJORAT BANKLARINING BALANSDAN TASHQARI OPERATSIYALARI Tijorat Bank operatsiyalari: Banklar amalga oshiradigan operatsiyalar: joriy yoki boshqa hisob varaqqa pul qabul qilish, foizi bilan yoki foizsiz kreditlar berish, birja topshiriqlarini bajarish, qimmatbaho qog ʻ ozlar, aksiyalar sotib olish, mijozlarning topshiriqlarini bajarish, tovarlar yoki tovar hujjatlari garovi hisobiga ssudalar berish, shuningdek boshqa har qanday pulli va naqd pulsiz hisobkitoblar bo ʻ yicha operatsiyalar kiradi. Asosan passiv (kreditlash uchun resurslar hosil qilish) va aktiv (foyda olish maqsadlarida bu resurslarni ishlatish) turlarga bo ʻ linadi. Kredit: Kredit, bo ʻ sh turgan pul mablag ʻ larini ssuda fondi shaklida to ʻ plash va ularni pulga muhtoj bo ʻ lib turgan yuridik va jismoniy shaxslarga ishlab chiqarish va boshqa ehtiyojlari uchun ma ʼ lum muddatga, foiz to ʻ lovlari bilan qaytarish shartida qarzga berish munosabatlarini ifodalaydi. Pul jismoniy shaxslarga ishlab chiqarish ehtiyojlari. Kredit turali: 1.Istemol kredit 2.Mikro kredit 3.Ipoteka kredit 4.Overdraft krediti 5. va boshqalar. Ssuda Ssuda () moddiy boyliklar garovi hisobiga foiz to ʻ lash va qaytarib berish sharti bilan muayyan muddatga qarzga beriladigan pul yoki moddiy boylik. S. juda qadimdan mavjud bo ʻ lib, natural ishlab chiqarish. hukmron bo ʻ lgan jamiyatda, asosan, moddiy mahsulot tarzida berilgan. Pul paydo bo ʻ lgach, S.ning pul shakli keng qo ʻ llanildi. Kredit munosabatlarida pul mablag ʻ lari kredit shartlari asosida qarzga berilsa, S. munosabatlarida boshka turdagi boyliklar tegishli shartlarga muvofiq qarzga beriladi. Aksariyat banklar muayyan maqsadlarni moliyalash uchun maqsadli S. beradi. Kiska (1 yilgacha) va uzok, (bir necha yilga) muddatli Slar bor. S. muddatida qaytarilmasa bank garov mulkni musodara qilishi va uni sotib, S. bo ʻ yicha uzilmagan qarzni qoplaydi. Qimmatli qog ʻ ozlarni ham garovga qo ʻ yib, ular evaziga S olish mumkin. Qarz to ʻ langach, qog ʻ ozlar qaytarib beriladi. S. munosabatlari O ʻ zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksi bilan tartibga solinadi. Iste'mol krediti 27 %Foiz stavkasi 5 yil Muddat so'mgacha Summa Mikro kredit Mikroqarz miqdori BHM(bazaviy hisoblash miqdori)ning 10 barobaridan – 50 mln. somgacha Mikroqarz muddati 36 oygacha Kredit ajratish shakli Mijozning shaxsiy plastik kartasiga Yillik foiz stavkasi · 12 oygacha – yillik 26 % · 24 oygacha – yillik 28 % · 36 oygacha – yillik 30 % Ta'minoti BHM(bazaviy hisoblash miqdori)ning 100 barovarigacha. uchinchi shaxs kafilligi, undan yuqori summaga garov ta'minoti talab qilinadi. Tijorat banklarining iqtisodiy roli uning faoliyat doirasining keng bo‘lishiga olib keladi. Bu sababli tijorat banklari quyidagi funksiyalarni bajaradi: -vaqtincha bo‘sh turgan pul mablag‘larni yig‘ish va ularni kapitalga aylantirish; -korxona, tashkilotlar va aholini kreditlash; -iqtisodiyotda hisob-kitoblar va to‘lovlarni amalga oshirish; -moliya- valyuta bozorida faoliyat ko‘rsatish; -iqtisodiy-moliyaviy axborotlar berish va maslahat xizmatlarini ko‘rsatish va boshqalar. Banklar bo‘sh pul mablag‘larini yig‘ish va ularni kapitalga aylantirish funksiyasini bajara turib mavjud bo‘sh pul daromadlari va jamg‘armalarini yig‘adi. Jamg‘aruvchi (bo‘sh pul mablag‘ egasi) o‘z mablag‘larini bankka ishonib topshirgani uchun va bank bu mablag‘lardan foydalangani uchun ma’lum foiz hisobida daromad oladilar. Bo‘sh pul mablag‘lari hisobidan ssuda kapitali fondi vujudga keladi va bu fond iqtisodiyot tarmoqlarni kreditlash uchun ishlatiladi. Tijorat bankining bo‘sh turgan mablag‘larni jalb etish ularni kapitalga aylantirish funksiyasi asosiy funksiyalardan hisoblanib, jalb etilgan mablag‘lardan daromad qarz mablag‘lariga bo‘lgan talab va taklif asosida shakllanadi. Bankning vositachilik operatsiyalari bozor iqtisodiyoti tizimini rivojlantirish borasida bank o‘z faoliyatida risk va noaniqlikning oldini olishga sharoit yaratadi. Pul mablag‘lari bank vositachiligisiz ham kreditor va qarz oluvchi orasida muomalada bo‘lishi mumkin, ammo bu bilan mablag‘larni yo‘qotish bilan bog‘liq risk darajasi oshadi va mablag‘larni o‘z vaqtida qaytarib berish muammolari yuzaga keladi. Bu muammolarning yuzaga kelishi shundan iboratki, kreditor va qarz oluvchi bir-birovi haqida etarli darajada ma’lumotga ega emasligi, mablag‘larga bo‘lgan talabning taklif bilan doimo miqdoran va bir vaqtda teng emasligidadir. Iqtisodiy tizimni qayta qurish uchun asosan va birinchi galda ichki xo‘jalik jamg‘armalariga tayanish lozim. Tijorat bank moliya bozoriga kredit resurslariga talab bilan kirar ekan, nafaqat iqtisodiyotda mavjud bo‘lgan barcha jamg‘armalarni maksimal darajada yig‘ishga, balki joriy iste’molni chegaralash bilan jamg‘armani shakllantirishga samarali ta’sir ko‘rsatmog‘i lozim. Jamg‘arma mablag‘larni shakllantirishda tijorat banklarni depozit siyosatining ta’siri katta Tijorat banklar faoliyatida asosiy o‘rinni korxona, tashkilotlarni, aholini va turli sub’ektlarni kreditlash egallaydi. Kreditlash jarayonini tashkil qilishda bank moliyaviy vositachi rolini o‘ynaydi. U bo‘sh turgan mablag‘larni jalb qiladi va o‘z nomidan mijozlarga vaqtincha foylanishiga beradi. Bank krediti hisobidan iqtisodiyotning muhim tarmoqlari-sanoat, qishloq xo‘jaligi, savdo va boshqalar moliyalashtiriladi va ishlab chiqarishni kengaytirishga asos bo‘ladi. Tijorat banklari shartnoma asosida bir-birlarining mablag‘larini depozit, kredit shaklida jalb etishlari, joylashtirishlari, o‘z ustavlarida ko‘rsatilgan boshqa o‘zaro operatsiyalarni amalga oshirishlari mumkin. Tijorat bankining balansdan tashqari operatsiyalari deganda pul mablag’larining harakati bilan bevosita bog’liq bo’lmagan, ammo kelgusida bank uchun ma’lum bir talab va majburiyatlarni yuzaga keltiradigan operatsiyalar tushuniladi. Mamlakatimizda «Banklar va bank faoliyati to’g’risida»gi Qonunga asosan banklar moliyaviy universal sifatida namoyon bo’ladilar. Ushbu Qonun va boshqa normativ xujjatlarga asoan banklar o’z daromadlari va risklarini differensatsiyalash ishlarini olib boradilar. Yana shu bilan birga bosh o’z kapitalini ko’paytirish yo’llarini izlamoqdalar. Ammo banklar o’z to’lov qobilyatlari (likvidligini) hamda daromadini diversifikatsiya qilishga majbur. Shuning uchun banklar asosiy xizmatdan boshqa xizmatlarni amalga oshiradi. Tijorat operatsiyalari tijorat banklari tomonidan mijozlarning ishonchi asosida olib boriladi va qonun bilan cheklanmaydi. Tijorat banklari va boshqa banklarning operatsiyalari o’tkazish jarayonida mukofot oladi va o’z foydasi manbasini diversifikatsiya qiladi hamda o’zini tusatdan moliyaviy risklardan himoya qiladi. Ushbu operatsiyalar bankning balans hisobvaraqlarida aks ettirilmaydi, ammo yuqori foyda keltiradi. Tijorat banklari balansdan tashqari operatsiyalari kelib chiqishining asosiy sabablari quyidagilar: 1. Banklararo raqobat sharoitida bank daromadlarining qisqarish tendentsiyasi kuzatilganligi. 2. Tijorat banklari kredit portfeli sifatining yomonlashuvi (qishloq xo’jaligi va energetika sohasida. 3. Nazorat organlari tomonidan tijorat banklari kapitali yetarliligiga qo’yiladigan talablarning oshirilishi. Balansdan tashqari operatsiyalarni amalga oshirish qanday avzalliklarga ega: tijorat banklarining qo’shimcha foizsiz daromadlarining keng o’sishini ta’minlaydi; riskli aktivlarning bir qismini balansdan tashqariga chiqarish yo’li bilan bank moliyaviy holatining umumiy holatini yaxshilaydi; moliyaviy resurslarni joylashtirmay daromad olishi imkoniga ega bo’ladi. Tijorat banklarining balansdan tashqari operatsiyalarini 2 yirik guruhga bo’lishimiz mumkin: 1.Shartnomaviy majburiyatlar bo’yicha operatsiyalar; 2.Qo’shimcha ma’lumot (informatsion xisobvaraqlar) beruvchi operatsiyalar. Banklarning balansdan tashqari bajaradigan funktsiyalari ikkiga bo’linadi. To’g’ri funktsiyalari - mulk javobgarligini oladi, hisoblash, hujjatlashtirishni bajaradi. Diskresiya - o’zining xoxishiga ko’ra investitsion qarorlarni amalga oshirish mumkin. sum - trast aktivlari summasiga xajmidan qat’iy belgilangan yoki o’zgaruvchan foiz asosida mukofot olish. Qimmatbaho metallar bilan operatsiyalar: qimmatbaho metallar sotib olish va sotish bilan bog’liq operatsiyalar; qimmatbaho metallar va toshlarni saqlash va transportirovka qilish; qimmatbaho metallar va qimmatbaho toshlarga kredit berish yoki ularni garov asosida kredit berish. eksport operatsiyalari. Tijorat banklari balansdan tashqari operatsiyalarini amalga oshirishda moliyaviy resurslar foydalanmay o’zining imidjini, nomini sotish yo’li bilan mijozlarga kafolat berishi va ular faoliyatidagi risklarni sug’urtalashni amalga oshiradi.Provard bankning ichki va tashqi bozorda obro’- e’tiboriga ta’sir qiladi. E’TIBORINGIZ UCHUN RAHMAT BIA 91 – 2 XASANOV JAMSHID Download 400,34 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling