Tashqi yo’qotishlar
3.3.1. Mexanik yo‘qotishlar. Podshipniklarning tayanch va tirgak qismlarida generatorning boshqa mashinalaridagi qarshiliklarini yengish uchun ketadigan energiya sarfi mexanik yo‘qotishlarni tashkil etadi. Bundan tashqari, turbinaning qismlarini birlashtiruvchi zichlagichlari qarshiligini yengish uchun ham energiya sarf bo‘ladi. Turbogeneratordagi mexanik yo‘qotishlar mexanik FIkni aniqlashda e’tiborga olinadi. Mexanik yo‘qotishlarni tajriba yo‘li bilan topiladi. Bunda har xil FIkli va har xil quvvatdagi turbinalar uchun qo‘llaniladigan nomogrammalardan foydalanish mumkin.
3.3.2. Val zichlagichlari orasidan chiqadigan yo‘qotishlar. Turbinadagi bug‘ bosimining atmosfera bosimidan yuqori bo‘lishi natijasida val zichlagichi orasidan bug‘ tashqariga oqib chiqadi. Buning oldini olish uchun zichlagichlar turbina valiga o‘rnatilgach tekshiriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |