4-Mustaqil ish Android native Development Kit (ndk) ni o’rnatish va sozlash android ndk


Download 0.89 Mb.
bet1/3
Sana18.06.2023
Hajmi0.89 Mb.
#1596952
  1   2   3
Bog'liq
4-mustaqil ish


4-Mustaqil ish
Android native Development Kit (NDK) ni o’rnatish va sozlash
ANDROID NDK

Android NDK
Ko'pchiligimiz dasturlash tilini o'rganishni C yoki C++ dan boshlaganmiz. Shundan so'ng, ba'zilar Java yoki Python yoki umuman boshqa tilni o'rganib Web yoki Androidda davom etishi mumkin. Android haqida gapirganda, biz odatda Java yoki Kotlin tillaridan dasturlash uchun foydalanamiz. C yoki C++ tilllarinichi? Ularni Android ilovani yaratishda ishlata olamizmi? Ha, siz dasturlash tilini o'rganish bosqichida, ya'ni C yoki C ++ ni o'rganayotganda ishlatgan kodingizni Androidda ishlatishingiz mumkin.
Bu maqolada biz Android ilovalarini ishlab chiqishda native tildan foydalanishni o'rganamiz va quyidagi mavzularni ko'rib chiqamiz:
NDK o'zi nima va nima uchun ishlatiladi?
...
JNI nima?
...
Dastlabki o'rnatiladigan Uskunalar
...
"Hello World!" misoli Android NDK da
...
"Calculator App" dasturi Android NDK da
...
Native tilning foydalanishdagi kamchiliklari
Qani boshladik.
NDK o'zi nima va nima uchun ishlatiladi?
NDK yoki Native Development Kit — bu Android ilovasida C yoki C ++ kodidan foydalanish uchun Android tomonidan taqdim etilgan kutubxona to'plami. Agar siz Android Studio 2.2 yoki undan yuqori versiyasini ishlatayotgan bo'lsangiz, Android ilovangizda C yoki C ++ dan foydalanishingiz mumkin bo'ladi.
Ammo Android dasturlash uchun asosiy bo'lgan Java va Kotlin tillaridan foydalanish aksar holatlarda tavsiya etiladi. Xo'sh, unda nima uchun native tillaridan foydalanish kerak? Keling, Androidda native tillaridan foydalanishning afzalliklarini bilib olamiz:
1. Juda Tez: Barchangiz bilganingizdek, Java kodini kompyuter tushunadigan darajadagi kodga aylantirish uchun JVM ga, so'ngra JNI ga murojaat qilishimiz kerak. Kotlin bilan ham xuddi shunday jarayon takrorlanadi, chunki Kotlin ham Java ustiga qurilgan. Ammo, NDK .so faylini yaratish orqali to'g'ridan to'g'ri native kodni, ya'ni C yoki C ++ kodini kompyuter tushunadigan tilga olib kelish mumkin. Bu Java/Kotlin uchun zarur bo'lgan o'rtadagi bosqichlarni yo'lingizda olib tashlashga yordam beradi.
2. Koddan qayta foydalanish: Android ilovangizda C yoki C ++ da yozilgan kodni turli platformalar uchun qayta ishlatishingiz mumkin. Siz o'zingiz C yok C++ yozgan kodlaringizni yoki umuman boshqalarning kodlaridan Android ilovangizni yaratishda foydalanishingiz ham mumkin bo'ladi.
Demak har qanday vaqtda katta tezlikda ishlaydigan yuqori darajadagi ilovalarni yaratishni xohlasangiz yoki native tilda yozilgan biror bir kodni ishlatmoqchi bo'lsangiz, C yoki C ++ dan foydalanishingiz mumkin. Tezlik faktori tufayli game developer larning aksariyati o'z o'yinlarini yaratishda C yoki C++ tilllaridan foydalanadilar. Shuningdek, Android ilovada C yoki C++ kodlaridan foydalanish ular uchun ancha osonroq ishga aylanadi.
Agar siz dasturingizda Java/Kotlin hamda native tillaridan birgalikda foydalanmoqchi bo'lsangizchi? Bu eng ko'p ishlatiladigan holat. Java kodini C++ bilan ishlatish mumkinmi va aksincha? Java kodi native kod bilan qanday aloqa o'rnatadi? Aloqa JNI tomonidan amalga oshiriladi. JNI nima? Keling, uni ham o'rganamiz.
JNI nima?
JNI yoki Java Native Interface — bu sizning Java/Kotlin va C/C ++ kodingiz o'rtasidagi interfeys. U Android tomonidan ishlab chiqarilgan bayt kodining native kod bilan aloqa qilishiga imkoniyat yaratib beradi.
"Hello World!" ni yozishdan oldin, Android NDK tarkibidagi primitive data tiplarini o'rganib chiqamiz.

E'tibor bersangiz, har qanday ma'lumot turidan oldin "j" harfini qo'shishni o'zi kifoya. Masalan, int "jint", bayt "jbyte" va shu ko'rinishda davom etadi.
NDK ni qo'llab quvvatlash uchun Android Studio ga ba'zi SDK vositalarini qo'shish kerak bo'ladi. Keling, bu vositalar nima ekanligini va ularni qanday yuklab olishni ko'rib chiqamiz.
Dastlabki o'rnatiladigan vositalar
Android NDKni o'z ilovangizda foydalanishingiz uchun quyidagi 2ta vositani o'rnatishingiz kerak
1. NDK: C va C++ kodlarini yozish uchun ishlatiladigan Native Development Kit
2. CMake: Bu operatsion tizimda va kompilyatorga bog'liq bo'lmagan holda dastur yaratish
jarayonini boshqaradigan open source tizim.
Keling, yuqorida aytilganlarning barchasini Android Studio da qanday yuklab olishni ko'rib chiqamiz.
Quyida Android Studio ni ochganingizda ko'riladigan ekran paydo bo'ladi. Bosh ekranining pastki o'ng burchagida joylashgan Konfiguratsiya tugmasini bosing.

Ro'yxatdan SDK menejerini tanlang.

SDK tools qismida NDK va CMake tanlang. Bu iktasi tanlagandan so'ng, OK ni bosing va SDK tool lar yuklanishini kuting

SDK menejerini yoping va Android Studio ning bosh ekraniga qayting.
"Hello Word!" misoli Android NDK da
Mana endi biz Android NDK ni ishlatishga kerakli bo'lgan vositalarni yuklab oldik. Keling, tezda "Hello World!" ga o'tamiz. Loyiha yaratish uchun quyidagi bosqichlarni belgilab chiqamiz:
1. Android Studio ning bosh ekranini oching va yangi loyiha yarating.
2. Native C ++ shablonini tanlang va keyingisiga o'tkazing. Bu Android da native tilidan foydalanish uchun zarur bo'lgan barcha fayllarni o'z ichiga oladi.

3. Loyiha nomi, package nomi va boshqa tegishli ma'lumotlarni kiriting va keyingiga bosing.

4. C ++ kodi uchun ishlatmoqchi bo'lgan kompilyatorni tanlashingiz mumkin. Biz standart sozlamalardan foydalanmoqdamiz. Finish tugmasini bosing.

Quyida C ++ shablonini tanlaganingizdan so'ng yaratiladigan loyiha tuzilishi keltirilgan.

Bu yerda siz odatdagidek java katalogidan tashqari, cpp nomli yana bitta katalog mavjud bo'lib, unda barcha native fayllar va CMakeLists.txt fayli bor. Default holatda, bizda C ++ kodini o'z ichiga olgan bitta native-lib.cpp fayli bor. native-lib.cpp faylining kodi quyidagicha bo'ladi:
#include
#include

Download 0.89 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling