4 proyeksiyalash usullari reja


Download 440.93 Kb.
Pdf ko'rish
Sana08.08.2020
Hajmi440.93 Kb.
#125776

4.2. PROYEKSIYALASH USULLARI 

Reja: 

1. Markaziy proeksiyalash usuli 

2. Markaziy proyeksiyalashning xossalari 

3. Parallel proyeksiyalash usuli 

4



Parallel proyeksiyalashning xossalari 



5. To'g'ri burchakli proyeksiyalash 

Fazo  elementlarini  tekislikka  tasvirlashda  markaziy  va  parallel  proeksiyalash 

usulidan  foydalaniladi.  Shu  sababdan  bu  proeksiyalash  usullarning  har  qaysisiga 

alohida to„xtalib o„tamiz. 



1 Markaziy proeksiyalash usuli 

Faraz  qilaylik,  fazoda  S,  A,  B,  C  nuqtalar  va  П



1

  tekislik  berilgan  bo„lsin  (1-

rasm).  S  nuqtani  A,  B  va  C  nuqtalar  bilan  tutashtiramiz.  SA,  SB  va  SC 

proeksiyalovchi  nurlar  П



1

  tekislikni  mos  ravishda  A



1

,  B

1

,  C

1

  nuqtalarda  kesib 

o„tadi. Bu nuqtalar A, B, S  nuqtalarning markaziy proeksiyalari hisoblanadi. 

                                                

 

 

1-rasm 



Demak, S - nuqta proeksiyalash markazi, П

- proeksiyalar tekisligi va SA, SB, 



SC - proeksiyalovchi nurlar deyiladi.

1

  



Shakldan  ko„rinib  turibdiki,  markaziy  proeksiyalashda  shaklning  geometrik 

xossalari  saqlanib,  uning  o„lchamlarigina  o„zgaradi  xolos.  Ya‟ni  fazodagi  ABC 

uchburchakning  П

1

  tekislikdagi  markaziy  proeksiyasi  A



1

B

1

C

1

  uchburchak-dan 

iborat, lekin o„lchamlari o„ziga teng bo„lmaydi. 



2.  Markaziy proyeksiyalashning xossalari 

Markaziy proyeksiyalashda geometrik shakllar quyidagicha tasvirlanadi. 



1-xossa. Nuqtaning markaziy proyeksiyasi nuqta bo'ladi. 

2-xossa.  SA  nurda  yotuvchi  A,  A

1,

  A



2

,  A


3

,...  nuqtalaming  markaziy 

proyeksiyalari Ap nuqta bilan ustma-ust tushadi. 

3-xossa.  Proyeksiyalash  markazidan  o'tmaydigan  to'g'ri  chiziq  kesmasining 

proyeksiyasi kesma bo'ladi. 

 

3. Parallel proyeksiyalash usuli 

Proyeksiyalar  markazi  S  cheksizlikda  joylashgan  deb  qaralsa,  u  holda 

proyeksiyalovchi to„g„ri chiziqlar o„zaro parallel vaziyatni egallaydi. Shu yo„sinda 

qurilgan  proyeksiyalarga 



parallel  proyeksiyalar

  deyiladi.  Yuqorida,  ya‟ni 

                                                           

1

 

Adrian B. Biran “An analytical introduction to Descriptive Geometry” Samples - 



August 2005  4-bet 

 


markaziy  proyeksiyalarda  aytib  o„tilgan  xossalar  parallel  proyeksiyalarda  ham 

saqlanib  qoladi.  Fazodagi  har  qanday  nuqta  faqat  bitta  parallel  proyeksiyaga  ega 

bo„ladi. 

 

Parallel  proyeksiyalarda  ham  xuddi  markaziy  proyeksiyalardagidek,  nuqtaning 



bitta proyeksiyasi uning fazodagi vaziyatini to„liq aniqlay olmaydi. 

2-rasmda  S  yo„nalishga  parallel  bo„lgan    AA



1

,  BB

1

,  CC

1

proyeksiyalovchi 

to„g„ri  chiziqlar  П

1

  tekislik  bilan  kesishib  fazodagi  A,  B,  C  nuqtalarning  A



1

,  B

1



C

1

geometrik o„rinlarini, ya‟ni parallel proyeksiyalari hosil qiladi.  



A

1

, B

1

, C

1

proyeksiyalar A, B, C nuqtalarning fazodagi vaziyatini to„liq aniqlay 

olmaydi.  Parallel  proyeksiyalarda  ham  nuqtaning  fazodagi  vaziyatini  uning  ikki 

yoki undan ortiq proyeksiyalari yordamida aniqlanadi. 

Masalan,  3-rasmda    fazodagi  A,  B  nuqtalarning  fazodagi  vaziyati  ularning  A

1



A

2

, B

1

, B

2  

proyeksiyalari orqali berilgan. 

Parallel  proyeksiyalarda  proyeksiyalash  yo„nalishining  proyeksiyalar  tekisligi 

bilan  hosil  qilgan  burchagiga  qarab  to‘g‘ri  va  qiyshiq  burchakli  proyeksiyalar 

farqlanadi. 

Agar  proyeksiyalash  yo„nalishi  proyeksiyalar  tekisligi  bilan  o„tkir  burchakni 

tashkil etsa, qiyshiq burchakli proyeksiyalar, to„g„ri burchakni tashkil etsa, to„g„ri 

burchakli  yoki  ortogonal  proyeksiyalar  hosil  bo„ladi.  Ortogonal  proyeksiyalar 

parallel proyeksiyalarning xususiy xoli hisoblanadi. 


 

2-rasm 

 

 

 

3-rasm 

Qiyshiq burchakli proyeksiyalar asosida aksonometrik proyeksiyalar quriladi, 

to„g„ri burchakli proyeksiyalar asosida esa texnik chizmalar tuziladi.  

4. Parallel proyeksiyalashning xossalari 

Agar  ob‟yekt  elementlari  istalgan  proyeksiyalash  usuli  bilan  tekislikka 

proyeksiyalansa,  ular  asliga  nisbatan  ma‟lum  darajada  o„zgarib  proyeksiyalanadi. 

Lekin, proyeksiyalanayotgan ob‟yektning o„zi bilan uning proyeksiyalari orasidagi 

o„zaro  bog„liqlik  hamda  ularning  asosiy  geometrik  xossalari  saqlanib  qoladi. 

Quyida parallel proyeksiyalarning asosiy xossalarini ko„rib chiqamiz. 

 

 


1-xossa. Nuqtaning tekislikdagi proyeksiyasi nuqta bo„ladi.

2

 



2-xossa. Proyeksiyalash yo„nalishiga parallel bo„lmagan to„g„ri chiziqning tekislikdagi 

proyeksiyasi to„g„ri chiziq bo„ladi. 



3-xossa.  Agar  nuqta  to„g„ri  chiziqqa  tegishli  bo„lsa,  nuqtaning  proyeksiyasi 

ham to„g„ri chiziq proyeksiyasiga tegishli bo„ladi (4-rasm). 



4-xossa.  Nuqta  to„g„ri  chiziq  kesmasini  qanday  nisbatda  bo„lsa,  uning 

proyeksiyasini ham xuddi shunday nisbatda bo„ladi (4-rasm): 



C

[AB]



1

1



1

1

B



C

C

A

СВ

АС



5-xossa.  Kesishuvchi  to„g„ri  chiziqlarning  proyeksiyalari  ham  kesishgan 

bo„ladi.  Kesishuv  nuqtasi  va  uning  proyeksiyasi  bitta  bog„lovchi  chiziqda  yotadi 

(5-rasm). 

 

 



          

4-rasm 

 

 

                         5-rasm 

                                                           

2

 

Adrian B. Biran “An analytical introduction to Descriptive Geometry” Samples - 



August 2005  23-bet 

 


 

 

                    6- rasm   



 

 

 

 

7- rasm 

 

6-xossa. Parallel to„g„ri chiziqlarning proyeksiyalari ham o„zaro parallel bo„ladi. To„g„ri 

chiziq kesmalarining nisbati ularning proyeksiyalari nisbatiga tengdir (6-rasm): 

AB || CD

1



1

1

1



D

С

В

А

СD

АВ



7-xossa.  To„g„ri  burchakli  proyeksiyalarda,  agar  to„g„ri  burchakning  bitta 

tomoni  proyeksiyalar  tekisligiga  parallel  bo„lsa,  hamda  ikkinchi  tomoni  ushbu 

tekislikka perpendikulyar bo„lmasa, bunday hollarda to„g„ri burchak shu tekislikka 

o„zgarmay proyeksiyalanadi (7-rasm). 



8-xossa. Tekis shakl proyeksiyalar tekisligiga parallel bo„lsa, u shu tekislikka o„zgarmay 

asliga teng bo„lib proyeksiyalanadi. 



5. To'g'ri burchakli proyeksiyalash 

Ta'rif.  Proyeksiyalovchi  nur  proyeksiyalar  tekisligiga  perpendikulyar  bo'lsa, 

bunday parallel proyeksiyalashni to'g'ri burchakli proyeksiyalash deyiladi. 

  

To'g'ri burchakli proyeksiyalashni ortogonal proyeksiyalash deb ham yuritiladi. 



Ortogonal proyeksiyalashda proyeksiyalovchi nur yo'nalishi ko'rsatilmaydi. Masalan, A 

nuqtani  P  tekislikka  ortogonal  proyeksiyalash  uchun  A  nuqtadan  (8-rasm) 

perpendikulyar  tushiriladi.  Bu  perpendikulyarning  R  tekislikdagi  asosi  A

nuqta 



fazodagi A nuqtaning ortogonal proyeksiyasi bo'ladi. 

Geometrik  shakllar  proyeksiyalar  tekisligiga  qisqarib  proyeksiyalanadi. 

Masalan,  ortogonal  proyeksiyalashda  to'g'ri  chiziq  kesmasining  proyeksiyasi 

o'zidan kichik yoki teng bo'ladi: 

a)  Agar  to'g'ri  chiziq  kesmasi  proyeksiyalar  tekisligiga  parallel  bo'lsa,  uning 

proyeksiyasining  uzunligi  kesmaning  fazodagi  uzunligiga  teng  bo'ladi  (9-

rasm). 

b)Agar to'g'ri chiziq kesmasi proyeksiyalar tekisligiga parallel bo'lmasa, uning 



proyeksiyasining uzunligi o'zidan kichik bo'ladi, ya'ni A

P

B



P

(10-rasm).  

 

                          8-rasm                            9-rasm                                       10-



rasm 

Yuqorida  keltirilgan  parallel  proyeksiyalarning  barcha  xossalari  ortogonal 

proyeksiyalar uchun ham o'rinlidir. 

Ortogonal proyeksiyalashda biror shaklni barcha nuqtalaridan o'tuvchi nurlar 

o'zaro  parallel  bo'lib,  ular  berilgan  geometrik  shaklni  proyeksiyalar  tekisligiga 

proyeksiyalaydi.  Buyumning  bitta  ortogonal  proyeksiyasi  bilan  uning  fazodagi 



vaziyatini  aniqlab  bo'lmaydi.  Buning  uchun  biror  qo'shimcha  shart  kiritish  zarur. 

Bunday qo'shimcha shart sifatida birinchi proyeksiyalar tekisligiga perpendikulyar 

bo'lgan  ikkinchi  tekislikka  buyumning  tasvirini  olish  mumkin.  Bu  ikki 

proyeksiyalar tekisligidagi tasvirlar buyumning fazodagi vaziyatini aniqlaydi. 

Ortogonal  proyeksiyalash  usuli  texnik  chizmalarni  chizishda,  inshootlarni 

loyihalashda eng ko'p qo'llaniladi. 



 

 

Nazorat savollari 

1.  Nuqtaning markaziy proyeksiyasi qanday yasaladi? 

2.  Qanday holda to'g'ri chiziqning markaziy proyeksiyasi nuqta bo'ladi? 

3.  Parallel proyeksiyalash usuli qanday bajariladi? 

4.  To'g'ri chiziqning parallel proyeksiyasi qanday yasaladi? 

5.  «Monj usuli» qanday usul? 

6.  Qanday holda to'g'ri chiziqning parallel proyeksiyasi nuqta bo'ladi? 

7.  «Ortogonal» so'zi nimani anglatadi? 



 

Download 440.93 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling