4. Qaysi javobda boshqalari bilan o`zaro ma`nodoshlik hosil qila olmaydigan so`z berilgan?


Download 24.19 Kb.
Sana22.04.2023
Hajmi24.19 Kb.
#1380750
Bog'liq
milliy tahrir


Testlar
4.Qaysi javobda boshqalari bilan o`zaro ma`nodoshlik hosil qila olmaydigan so`z berilgan?
A.ovoz,sado,sazo
B.sarxil, zupta ,xirpa
C.balo,ustamon,usta
D.avaylamoq,ayamoq,ehtiyotlamoq
8.Har uchala gapda ham ishtirok etgan fe`l shakllarini aniqlang
1.Muloyim qo`llarda ivib,suvga aylangandan keyin go`zal ko`zlar supasida yonboshlashni muncha yaxshi ko`rar ekan bu ko`kat
2.Odat qilgin biron yangi narsani o`rganmoqni
Ham odat qilgin o`tgan darsni takrorlamoqni
Mana shunda ilming bo`lur ziyoda
Insonlarga ilm bilan muzokara qil
3.Ey nafsim!Aytay senga nasihat
Qabul ayla bilo shak
Ezgulikdan qolma bir nafas
Xaloyiq qilsin senga havas
Xayrli ishlarga bel bog`la
Dushmanning ko`nglin dog`la
1.harakat nomi
2.o`timli fe`l
3.sifatdosh
4.sof fe`l
5.aniq nisbat
6.O`timsiz fe`l
7.majhul nisbat
8. ravishdosh
9.2-shaxs birlik
10.Qo`shma fe`l
A.1,3,4,5,6 B.2,4,6,10 C.4,6,5,10 D.1,6,9,10
12.Tire bir xil punktuatsion vazifa bajargan gaplarni toping.
1.Biz-yoshlar-millat tayanchi Vatanning ishongan tog`larimiz.
2.-Amaki, o`ylab gapiryapsizmi?
-Ha.
3.Olamni quyosh yaratdi, insonni-ilm.
4.Maftunkorlik - yashnab turgan go`zallik.
5.Sakrab tushdi shundan tuyadan karvonboshi – berahm nodon.
6.”Bemorga shirin so`z kerak,aqlsizga ko`z kerak”,-deydi xalqimiz.
A.1va 5 B.2va6 C.3va4 D.1,5va6
Matnni o`qing va quyidagi topshiriqlarni bajaring
XVIII asrda dastlab I.Kant Quyosh sistemasi sovuq holdagi mayda qattiq zarrachachalardan vujudga kelganligini, Laples esa u katta massali va aylanuvchi tumanlikning siqilishidan paydo bo`lganligini e`tirof etishdi.Oxirgi yillardagi ma`lumotlarga qaraganda, Quyosh sistemasi qator sabablarga ko`ra Kant va Laplas aytgan yo`l bilan shakllana olmasligi ma`lum bo`ldi.Biroq,shunga qaramay, Kant va Laplasning Quyosh sistemasining vujudga kelishi,Quyosh sistemasi materiyaning boshqa tuzilishidan shakllanishi to`g`risidagi bu nazaryalari (1)Koinotning rivojlanish jarayonini tushuntirishda bildirilgan materialistic g`oyalarni qo`llashi bilan muhimdir.
O`tgan asrning 40-yillarida bu kosmogonik faraz ustida taniqli rus olimi O Shmidt shug`ullandi.Uning fikricha, proplanetalar bulutli Quyosh tomonidan chang tumanligini ushlab qolishdan shakllangan. Agar ushlab qolish markaziy bo`lmasa,unda bu tumanlik aylana boshlaydi va uning harakat miqdori momenti juda katta bo`ladi.(2)Olimning bunday fikrga kelishiga protoplanetalarining zimmasiga harakat miqdori momenti katta qismining to`g`ri kelishi asos bo`lgan edi.Uning gipotezasiga ko`ra,gaz-chang muhitida zarrachalarning harakati va to`qnashuvi natijasida Quyosh atrofida aylanayotgan va gaz-changdan tashkil topgan yirik bulut ekvator tekisligigacha siqilgan holdagi shaklini vujudga keltirgan.Faqat bu masala qachonlardir Quyosh atrofini o`rovchi gaz-chang bulutlarining 0`zi qanday paydo bo`lganligi muammo sanaladi.O shimdt va boshqalar,qadimda o`zi ham shunday muhitda paydo bo`lgan Quyosh,yirik gaz-chang tumanlikdan bir qismini tortish kuchi ta`sirida o`z atrofida ushlab qolganligi to`g`risidagi fikrni qo`llab quvvatlaydilar.(3) Quyosh nurlanishining uni o`rovchi gaz va chang massasini qizdirishi oqibatida,Yer rusumida shakllanayotgan protoplanetalarning kimyoviy tarkibi differensiatsiyalanishi natijasida, og`ir elementlari markazda zichlashib yadroni yengillari ko`tarilib,ularning mantiya va qobiqlarini vujudga keltirgan deb qaraydi.Bunda vodorod va geliydan tarkib topgan yengil elementlar esa, Quyoshdan katta uzoqlikka uloqtirilib,ulardan gigant proplanetalar vujudga kelgan deb tushuntiriladi.Bu,Quyoshdan uzoqda joylashgan gigant planetalar qiyin eruvchi moddalardan tashqari suv,metan va ammiakning “muzlaridan”shakllanganliklaridan ko`rinadi.Yer rusumidagi planetalar faqat qiyin eruvchi uchmaydigan(bug`lanmaydigan)moddalardangina kondensatsiyalanishi mumkin bo`lib, ular gaz-chang bulut tarkibida “muzlarga”nisbatan kam miqdorni tashkil etadi.Shuning uchun ham Yer rusumidagi planetalar Quyosh yaqinidagina vujudga kelgan degan fikr ilgari suriladi.Shuningdek,to`qnashishlar natijasida zarrachalar o`zaro birlashib,bu sohada katta-kichik quyuqliklarni vujudga keltirgan.(4)Hosil bo`lgan bu quyulmalarning orbitalari Quyosh atrofida ko`rinish olib,barchasi taxminan bitta orbita tekisligiga yaqin yotishi bilan tasdiqlangan va oxir-oqibatda eslatilgan quyilmalar orbitalar orasidagi butun moddani o`zlarida mujassamlashtirilib,planetalar ko`rinishini olganligi haqidagi olimning fikri ham yangi nazariyada o`z tasdig`ini topganligi bilan ahamiyatda molik.Gravitatsion tortishish ta`sirida bunday yangi moddaning planeta darajasiga kelishi uchun katta vaqt talab etiladi.Xususan,Yer o`zining hozirgi o`lchami kattaligiga qadar siqilishi uchun ketgan vaqt,hisob-kitobning ko`rsatishicha,100 mln yildan kam bo`lmagan.Bu gipoteza tortishish qonuning hisob- kitobiga ko`ra vujudga kelgan planetalar orasidagi masofalar ham, Quyosh sistemasi tuzulishida kuzatilgani kabi,Quyoshdan uzoqlashgan sayin bir tekis ortib borishini ko`rsatishi bilan kosmogoniyada o`z tasdig`ini topdi.Yirik massali va o`lchamli jismlar nisbatan sovuq planetaga,jumladan,Yerga tushib uni qizdirgan.Yer mantiyasining erishida boshqa bir fizik jarayon – radioaktiv elementlarning yemirilishi tufayli ajralgan qo`shimcha issiqlik ham kam rol o`ynamagan.Bunday qizish vulkanik hodisalar,okeanlarni va birlamchi atmosfera qatlamini vujudga keltirib,yer qobig`ining shakllanishiga olib kelgan.Yer va Veneraning birlamchi atmosferalari dastlab bir-biriga juda o`xshagan bo`lib,keyin ularning evolutsiyalari oqibatida keskin o`rgargan.Masalan,olimlarning tadqiqot natijalari, Yer okeani suv zaxiralari va o`simlik dunyosi bilan karbonat angidridni yutib,atmosferani kislorod bilan boyitishi tufayli Yerda hayotni boshlab berganligini ko`rsatadi.Akademik V.G.Fesenkov esa keyinroq Quyoshni vujudga keltirgan markaziy quyilma ham aynan shu aylanayotgan yirik gaz-chang muhitdan paydo bo`lganligining ehtimoli katta ekanligiga ishora qilib,bunday quyilma shakllanishining boshlang`ich bosqichida,nisbatan siyrak moddalarni o`zining ekvator tekisligiga uloqtirgani haqiqatga yaqin fikrni beradi. Uning fikricha,markaziy quyilmadan uloqtirilgan bu moddalar bilan boyitilgan Quyoshni o`rovchi bulutdan planetalar vujudga kelgan.Bu nazariyaga asoslangan oxirgi hisob-kitoblar Quyosh vaqt o`tgan sayin kichrayib va sovib,bugungi holatiga kelgan degan xulosani beradi.
1.Matn mazmuniga mos shakllantirilgan gapni aniqlang
A.Quyoshni o`rovchi bulutdan kometalar hosil bo`lgan
B.Yer mantiyasining erishida boshqa bir kimyoviy jarayon-radioaktiv elementlarning yemirilishi tufayli qo`shimcha issiqlik ham kam rol o`ynamagan
C.Yirik hajmli va diametrli jismlar nisbatan sovuq planetaga,jumladan, Yerga tushib uni qizdirgan
D.Quyosh vaqt o`tgan sayin kichrayib va sovib ,bugungi holatiga kelgan
2.Raqamlab ko`rsatigan qaysi gap matnining mazmuniy tuzilishida uslubiy xatolikni yuzaga keltirgan?
A.4 B.2 C.1 D.1
3.Matn mazmuni aks etgan ma`lumotni aniqlang
A.Quyoshdan uzoqda joylashgan gigant planetalar oson eruvchi moddalardan tashqari suv,metan va ammiakning “muzlaridan” shakllangani ko`rinadi.
B.To`qnashishlar natijasida zarrachalar o`zaro borlashib,bu sohada katta quyuqliklarni vujudga keltirgan.
C.Yer rusumidagi planetalar Quyosh yaqinidagina vujudga keltirgan.
D.Quyosh atrofini o`rovchi gaz-chang suvlarining o`zi qanday paydo bo`lganligi muammodir.
4.Matn mazmuniga mos to`g`ri ifodalangan ma`lumotni aniqlang
A.Gravitatsion tortishish ta`sirida yangi moddaning planeta drajasigacha kelishi juda katta vaqt talab qiladi.
B.Yer o`zining hozirgi o`lchami kattaligiga qadar siqilishi uchun ketgan vaqt,hisob-kitobning ko`rsatishicha,yuz milliard yildan kam bo`lgan
C.Akademik Vesenkov Quyosh sistemasi sovuq holdagi mayda qattiq zarrachalardan vujudga kelgan deb aytgan.
D.XIX asrning 40-yillarida kosmogonik faraz ustida taniqli rus olimi O Shmidt shug`ullanadi.
5.Qaysi fikr o`z tasdig`ini topgan?
A.Proplanetalar bulutli Quyosh tomonidan chang tumanligini ushlab qolishidan shakllangan.
B.Quyosh sistemasi tuzilishida kuzatilgani kabi, Quyoshdan uzoqlashgan sayin bir tekis ortib borishini ko`rsatishi
C.Yer okeani suv zaxiralari va o`simlik dunyosi bilan karbonat angidridni yutib,atmosferani kislorod bilan boyitish tufayli yerda hayot boshlanishi
D.Yer rusumidagi planetalar Quyosh yaqinidagina vujudga kelishi
Download 24.19 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling