tenglamasi hosil bo‘ladi
Ifodalardan ko‘rinib turibdiki, 1-turdagi radioliniyalarda qabul qilgich kirishidagi quvvat masofa kvadratiga teskari proporsional ravishda kamayadi. 2-turdagi radioliniyada esa bu bog‘liqlik yanada kuchayib, masofaning to‘rtinchi darajasiga teskari proporsional ravishda kamayadi. Buni quyidagicha tushuntirish mumkin: 1-turdagi radioliniyada maydon qabul qiluvchi antennaga to‘g‘ridan-to‘g‘ri yetib boradi va maydonning bir marta sferasimon taqsimlanishi yuzaga keladi. 2-turdagi radioliniyada esa maydonning ikki karra sferasimon sochilishi yuzaga keladi. Birinchisi – uzatuvchi antenna va passiv retranslyator yo‘lida, ikkinchisi – passiv retranslyator va qabul qiluvchi antenna yo‘lida.
Erkin fazo sharoitida 2-turdagi radioliniya uchun r1=r2=r bo‘lganda uzatishdagi yo‘qotishlar L2 = , yoki L2 = ifoda orqali hisoblanishi mumkin.
Hossalari erkin fazodan farq qiluvchi muhitlar uchun susayish ko‘paytiruvchisi kiritiladi.
B = E/E0.
bu yerda B - susayish ko‘paytiruvchisining moduli, u erkin fazo sharoitidagiga nisbatan real muhitda yuzaga keluvchi qo‘shimcha amplituda susayishini bildiradi. Bu yerdan E = E0 B ekanligi kelib chikadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |