4 raqamli bayonnomasidan ko‘chirma 2023-yil «4» noyabr Termiz sh. Qatnashdilar: Kengash a’zolari ko‘rilgan masalalar
Download 12.06 Kb.
|
Fakultet bayonnoma Kayumova
- Bu sahifa navigatsiya:
- Eshmuratova Dildor Urolovnaning “O‘zbek va ingliz tillarida teonim komponentli frazeologik birliklarning lingvoqiyosiy tadqiqi”
- SO‘ZGA CHIQDILAR: (PhD) N.Alibayeva
- QAROR QILINDI
- Yig‘ilish raisi: A.Xudayqulov Yig‘lish kotibasi: N. Saparova
TERMIZ DAVLAT UNIVERSITETI XORIJIY FILOLOGIYA FAKULTETI NAVBATDAGI KENGASH YIG‘ILISHINING № 4 - RAQAMLI BAYONNOMASIDAN KO‘CHIRMA 2023-yil «4» noyabr Termiz sh. Qatnashdilar: Kengash a’zolari KO‘RILGAN MASALALAR: 5. Har xil masalalar: 5.10. Xorijiy filologiya fakulteti Ingliz tili va adabiyoti kafedrasi katta o‘qituvchisi, filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) Eshmuratova Dildor Urolovnaning “O‘zbek va ingliz tillarida teonim komponentli frazeologik birliklarning lingvoqiyosiy tadqiqi” nomli monografiyasining muhokamasi. MUHOKAMA ETILDI A.Xudayqulov - Ingliz tili va adabiyoti kafedrasi o‘qituvchisi eshmuratova Dildor Urolovnaning “O‘zbek va ingliz tillarida teonim komponentli frazeologik birliklarning lingvoqiyosiy tadqiqi” nomli monografiyasid frazeologik birliklarning teologik komponentlar va ularning hosilalari bilan semantik tasnifi oʻrganilayotgan til birliklarining sifat va miqdoriy tavsifini aniqlash va ularning faktik materiallar asosda tadqiq qilish singari ustuvor masalalar yechimiga qaratilgan. Bunday tadqiqotlar natijasida frazeologizmlarni oʻzlashtirishning tillararo tafovut va oʻxshashliklarini taqqoslash hamda muvofiqlashtirishning yangi metodlari yaratiladi, tilshunoslik muhim ilmiy-nazariy xulosalar bilan boyitiladi. Bu esa, oʻz navbatida, turli tillardagi teonim komponentli frazeologik qatlamlar shakllanishining tarixiy taraqqiyoti jarayonlarini qiyosiy aspektda oʻrganish, bunda ijtimoiy-madaniy omillarning taʼsirini aniqlashga qaratilgan ilmiy izlanishlarning yuzaga kelishini taʼminlaydi. Respublikamizda olib borilayotgan islohotlar, ayniqsa, fuqarolarning vijdon erkinligi huquqini amalga oshirishi uchun teng shart-sharoitlarning yaratilishi natijasida soʻnggi yillarda diniy mavzudagi matnlarni lingvistik jihatdan tadqiq etish va oʻzbek tilidagi teonimlarni boshqa tillar bilan qiyosiy-chogʻishtirish muammolari tobora koʻproq muhokama qilinmoqda. Miqdoriy maʼlumotlar mutlaq boʻlmasa ham, ular insonning turli his-tuygʻulari va mulohazalari orqali atrofdagi dunyo obyektlarini baholash va subyektni tanlashning ustuvorligidan dalolat beradi. Binobarin, barcha ilmiy yoʻnalishlar qatorida tilshunoslikda ham ilmiy va ijodiy izlanishlarni har tomonlama qoʻllab-quvvatlash, ular uchun zarur shart-sharoitlar yaratish vazifasining belgilanishi sohaning koʻplab anʼanaviy muammolari, xususan, oʻzbek tili frazeologik birliklarida xalqimizning milliy-madaniy hamda diniy dunyoqarashini ifodalovchi teonimlarning lisoniy, lingvomadaniy, lingvopragmatik xususiyatlarini zamonaviy tilshunoslik nuqtai nazaridan tadqiq qilish uchun muayyan nazariy hamda amaliy ahamiyatga ega. SO‘ZGA CHIQDILAR: (PhD) N.Alibayeva so‘zga chiqib, ushbu monografiya haqida fikr bildirib, frazeologiyani izchil tadqiq qilish zaruriyati frazeologizmlarni turli tasniflarga, jumladan, teonim komponentli frazeologizmlarga ajratgan holda amalga oshirishni taqozo etishi, ammo shuni qayd qilish lozimki, teonim komponentli frazeologik birliklarning grammatik, leksik-semantik va lingvo-pragmatik xususiyatlari chogʻishtirma aspektda, aynan oʻzbek va ingliz teonimlarining qiyosiy-funksional tomonlari haligacha maxsus tadqiqot obyekti sifatida oʻrganilmaganligi, teonim komponentli frazeologizmning qiyosiy va chogʻishtirma aspektda oʻrganilishi ikki til uchun muhim boʻlgan qator yangi qirralarni ochishga muayyan darajada xizmat qilishi kabi qatoq fikrlarni bildirdi. QAROR QILINDI: 1.Ushbu masala yuzasidan Xorijiy filologiya fakulteti dekani A.Xudayqulovning axboroti ma’lumot uchun qabul qilinsin. 2. Xorijiy filologiya fakulteti Ingliz tili va adabiyoti kafedrasi katta o‘qituvchisi Eshmuratova Dildor Urolovnaning “O‘zbek va ingliz tillarida teonim komponentli frazeologik birliklarning lingvoqiyosiy tadqiqi” nomli monografiyasi nashrga tavsiya etilsin. 3. Ushbu qarorni qo‘llab-quvvatlash Universitet O‘quv-metodik Kengashidan so‘ralsin. Yig‘ilish raisi: A.Xudayqulov Yig‘lish kotibasi: N. Saparova Download 12.06 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling