4-rasm. Gips. Metall Vannalar


Download 455.08 Kb.
bet1/2
Sana05.05.2023
Hajmi455.08 Kb.
#1426807
  1   2


4-rasm.Gips.
Metall Vannalar—gigiyena va davolash-profilaktika maqsadida qoʻllaniladigan muolajalar. Suv (qarang Suv bilap davolash), balchiq (qarang Balchiq bipan davolash), qum (qarang Qumga tushish), havo (qarang Havo va quyosh vannalari) vannalari boʻladi. Koʻproq umumiy vanna qoʻllaniladi. Oddiy suv vannasida badanni suvga koʻmib yotiladi. Suv haroratiga qarab sovuq (22" gacha), iliq (33-36°), issiq (37-39°), qaynoq vanna; tarkibiga koʻra chuchuk suvli, tabiiy mineral suvli vanna, tabiiy va sunʼiy yoʻl bilan tayyorlangan gazli (karbonat angidridli, kislorodli, azotli),mineralli (karbonat angidridli, vodorod sulfidli, radonli, yodbromli, yana q.Balneoterapiya),dorili (mas xantalli, kraxmalli va h.k.), shuningdek xushboʻy (ignabargli daraxt ekstrati solingan) vannadan foydalaniladi. Vanna vaqtiga koʻra qisqa muddat (1—5 min.), odatdagi (10—15 min.) va uzoq muddatli (30 min. —1 soat) boʻladi. Vanna qabul qilinganda nerv sistemasi analizatorlarining teridagi periferik reseptorlariga t-ra. mexanik va kimyoviy omillar taʼsir koʻrsatadi. Vanna odatda, massaj, elektr bilan davolash va b. davo muolajalari bilan birga qoʻllaniladi. Gigiyenik vannani uy sharoitida ham qilish mumkin. U terining fiziologik faoliyatini kuchaytiradi, jumladan ter va yogʻ bezlarining ishini, terining nafas olishini, moddalar almashinuvini yaxshilaydi. Gigiyenik vanna haftada 1—2 marta 20—30 min.dan qabul qilinadi. Davo vannasi, odatda, mustaqil davo usuli boʻlmay, balki bemorni umumiy davolash tizimiga kiradi. Davo vanna oddiy vanna kabi qabul qilinadi. Suvga butun badan koʻmilib turadi, bosh, boʻyin, yurak sohasi ochiq qoladi. Mahalliy vanna koʻpincha qoʻl yoki oyoqqa buyuriladi, uni oʻtirib qabul qilinadi. Davo vannanining muddati suvning tarkibiga qarab belgilanadi. Vannaning asosiy taʼsir etuvchi omillari nisbatini oʻzgartirib, har xil miqdordagi suvdan foydalanib (umumiy, mahalliy vanna) t-rasi va muddatini turlicha olib, organizmga qoʻzgʻatuvchi va tonusni oshiruvchi yoki tinchlantiruvchi taʼsir koʻrsatish, moddalar almashinuvini kuchaytirish yoki susaytirish mumkin.Sovuq va salqin suvli vanna organizm tonusini oshirib, yurak-tomir hamda nerv sistemasini qoʻzgʻatadi, moddalar almashinuvini kuchaytiradi. Iliq suvli vanna ogʻriqni kamaytiradi, muskullarni boʻshashtiradi, asabni tinchlantirib, uyquni yaxshilaydi.Issiq suvli vanna ter chiqishi va moddalar almashinuvini kuchaytiradi.Dorili vannani koʻpincha uy sharoitida ham qoʻllash mumkin.Oʻtirib qabul qilinadigan vannani qabul qilishda shunga moʻljallangan maxsus vannadan yoki uy sharoitida chuqur togʻoradan foydalaniladi.
Vannani mutaxassis shifokor tavsiyasiga koʻra qabul qilish lozim, aks holda davo koʻngildagidek natija bermasligi mumkin. Bolalarga davo vanna buyurilganda bolalar organizmining anatomik-fiziologik xususiyatlarini, shuningdek ularning hali bir qator aʼzo va sistemalari funksional yetilmaganini. issiqqa taʼsirchanlikning mukammallashmaganini nazarda tutish lozim. Bolalar badani issiq-sovuqni juda tez sezadi, shuning uchun vannaga tu-shirishda alohida eʼtibor talab eti-ladi. Davo vanna qabul qilinadigan kuni toliqmaslik, vannadan keyin yotib dam olish tavsiya etiladi.Vannani kun orala-tib yoki shifokor tavsiya etgan kunlar-dagina olish kerak. Umumiy davo vannani nahorga va ovqatdan keyin bir oz vaqt oʻtmasdan qabul qilish yaramaydi, sovuq paytlarda vaina qabul qilingandan keyin shamollab qolmaslik uchun qalinroq kiyinib olish lozim.
5-rasm.Metall vanna.

Download 455.08 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling