4-Seminar Mavzu: standart modeli. Modelning asosiy holat va g’oyalari reja: Standart model
Download 0.68 Mb. Pdf ko'rish
|
1 2
Bog'liq4-seminar
6.2. Avlodlar soni qanday o’lchanadi Standart modeli yaratilgan paytda ma’lum bo’lgan uchta fundamental fermionlar avlodi mavjudligi g’oya bo’lib, to’g’ridan-to’g’ri ularning sonini N g aniqlash zarur edi. Bu turli xil neytrinolar N ν sonini o’lchash orqali amalga oshirildi (har bir avlod o’zining neytrinosiga egaligidan N ν =N g ). N ν ning qiymatining birinchi baholanishi astronomik va kosmologik ma’lumotlarga asoslandi. Nazariya Koinotning dastlabki davrlarida sodir bo’lgan birlamchi nuklosintezni (proton va neytronlardan yengil yadrolarning hosil bo’lishi) N va 4 Ne larning tarqalganlik munosabatlari va neytrino tiplari sonini mustahkam bog’laydi. Bulardan XX asrning 80-yillarining boshida N ν <4 degan xulosa qilindi. 1990 yillarda bu yuqori chegara uchtagacha tushirildi. Bu vaqtda 1989 yilda boshlangan LEP tajribalarida N ν qiymati yuqori aniqlik bilan o’lchandi. 9.4 da aytilganidek ye + ye - -kollayderida ALEPH, OPAL, L3 va DELPHI qurilmalari o’rnatilib, bularda Z-bozonlar xarakteristikalari o’lchandi. Bu ma’lumotlardan neytrino tiplari soni aniqlandi. Z-bozonlar kvark-antikvark juftligiga (bulardan ko’plab adronlar hosil qilindi) yoki zaryadli leptonlar juftligiga (ye + ye - , μ + μ - , τ + τ - ) yoki neytrino- antineytrino juftliklariga (bu yemirilishlar ko’rinmas bo’lib, to’g’ridan-to’g’ri kuzatilmaydi) yemiriladi. Z-bozonlarning adronlar, leptonlar(leptonning zaryadi) va ko’rinmas ehtimoliyatlarning yig’indisi u yemirilishini tashkil qiladi. Download 0.68 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
1 2
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling