Darsga yakun yasash va o‘quvchilarni baholash.
Darsda o‘rganilganlar yuzasidan savol-javob o‘tkaziladi.
Siz ota-onangizga uy yumushlarida yordam berasizmi?
Qanday ishlarni qiynalmasdan bajara olasiz?
Dars xulosalanib, faol qatnashgan o‘quvchilar baholanadi.
Uyga vazifa berish. “Laqma it” ertagining 2-qismini o‘qish.
Mavzu: “Maqollar.”
Darsning maqsadi:
Ta’limiy: o‘quvchilarga maqollar haqida ma’lumot berish, maqol- larning ma’nosini tushuntirish, ongli va ifodali o‘qish, yod olish, so‘zlab berish ko‘nikmalarini takomillashtirish.
FK 1: maqollarning mazmunini tushuna olish.
Tarbiyaviy: o‘quvchilarda turmush tajribalaridan kelib chiqqan hol- da vatanga bo‘lgan muhabbat, ilmni, do‘stlikni qadrlash, mehnatsevar- lik sifatlarini tarbiyalash.
TK 3: maqollar orqali yaxshilik va yomonlikni bir-biridan farqlay olish.
Rivojlantiruvchi: o‘quvchilar bilimini kengaytirish, og‘zaki nutqini rivojlantirish.
FK 2: o‘qilgan maqollarni boshqa janrlardan farqlay olish.
Dars turi: yangi tushuncha va bilimlarni shakllantiruvchi.
Dars metodlari: savol-javob, “Misrani tugat”, “Davomini top” o‘yinlari.
Dars jihozlari: tarqatma materiallar, multimedia ilovalari.
Darsning borishi:
Tashkiliy qism.
Salomlashish. O‘quvchilarni darsga hozirlash.
Uy vazifasini so‘rash va o‘tilgan mavzuni mustahkamlash. O‘quvchilardan “Laqma it” ertagining 2-qismi mazmuni so‘raladi. Mavzu yuzasidan savol-javob o‘tkaziladi.
It nima uchun yozda o‘ziga uy qurmadi?
“Erta g‘amin eshak yeyar” misrasida nimani tushundingiz?
Ertakni yana qanday nomlash mumkin?
Do'stlaringiz bilan baham: |