4-sinf o‘qituvchilari uchun ilg‘or pedagogik va axborot-kommunikatsiya


Darsga yakun yasash va o‘quvchilarni baholash


Download 3.78 Mb.
bet143/254
Sana18.06.2023
Hajmi3.78 Mb.
#1580208
1   ...   139   140   141   142   143   144   145   146   ...   254
Bog'liq
4-sinf o‘qituvchilari uchun ilg‘or pedagogik va axborot-kommunik

Darsga yakun yasash va o‘quvchilarni baholash.


O‘quvchilarga quyidagi savollar beriladi:

    1. Hikoyada sizni ko‘proq nima hayajonga soldi?

    2. Siz ham Qosimjonga o‘xshab, xatoyingizni tushunib, kechirim so‘raganmisiz?

    3. Bu hikoyadan qanday xulosa chiqardingiz?

Dars xulosalanib, faol qatnashgan o‘quvchilar baholanadi.

  1. Uyga vazifa berish. “Xatosini tushungan bola” hikoyasining II qismini o‘qish va mazmunini hikoya qilish.


Mavzu: “Nurxon bilan Burxon” (Miraziz A’zam).

Darsning maqsadi:


Ta’limiy: o‘quvchilarni she’r mazmuni bilan tanishtirish, to‘g‘ri va ongli o‘qishga, she’r qahramonlarini o‘zaro qiyoslab, shaxsiy xususiyat- lari va o‘xshash tomonlarini topib, tegishli xulosa chiqarishga o‘rgatish.
TK 5: odobli bo‘lishga harakat qilish.
FK 1: she’rni ongli, ifodali o‘qiy olish, mavzuga mos maqol topa olish.
Tarbiyaviy: o‘quvchilarga mehribonlik, ahillik kabi insoniy fazilat- larni singdirish.
TK 4: odob-axloq qoidalariga rioya qilish.
Rivojlantiruvchi: o‘quvchilarning asar asosida bahs-munoza- ra qilish, ertak mazmunini qayta hikoyalash, matndagi so‘zlarning ma’nosini izohlay olish malakasini rivojlantirish.
FK 2: asar mazmunidan ta’sirlana olish.
Dars turi: yangi tushuncha va bilimlarni shakllantiruvchi.
Dars metodlari: tushuntirish, “Venn diagrammasi”, “Topib o‘qi” mashqlari.
Dars jihozlari: ertak qahramonlari tasvirlangan rasmlar, multime- dia ilovalari.

Darsning borishi:


  1. Tashkiliy qism. Salomlashish. O‘quvchilarni darsga hozirlash.
  2. Uy vazifasini so‘rash va o‘tilgan mavzuni mustahkamlash.


O‘quvchilar “Xatosini tushungan bola” hikoyasini “Zanjir” usulida o‘qiydilar.
O‘tilgan mavzuni mustahkamlash maqsadida o‘quvchilar hikoya mazmunini bitta xatboshidan so‘zlab beradilar. Mavzular asosida test o‘tkaziladi.

Download 3.78 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   139   140   141   142   143   144   145   146   ...   254




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling