FK 1: hikoya mazmunini to‘liq fikrini og‘zaki bayon qila olish.
Tarbiyaviy: o‘quvchilarda ona Vatanga muhabbat, jasurlik, fidokor- lik xislatlarini tarbiyalash.
TK 4: hikoyada aks etgan vatanparvarlik xususiyatlarini anglash.
Rivojlantiruvchi: o‘quvchilarning ijodiy fikrlash qobiliyatlarini, bog‘lanishli nutqini o‘stirish, mantiqiy fikrlash malakalarini rivojlanti- rish.
FK 2: o‘rganilgan asarlarning mazmuni va qahramonlarini ajrata olish.
Dars turi: yangi tushuncha va bilimlarni shakllantiruvchi.
Dars metodlari: savol-javob, “So‘zlarni top”, “Charxpalak” o‘yinlari. Dars jihozlari: rasmlar va tarqatma materiallar, multimedia ilovalari. Darsning borishi:
Tashkiliy qism.
Salomlashish. O‘quvchilarni darsga hozirlash.
Uy vazifasini so‘rash va o‘tilgan mavzuni mustahkamlash.
G‘afur G‘ulomning “Shum bola” qissasini o‘quvchilar o‘qib, so‘z- lab beradilar. Savol-javob o‘tkaziladi:
Bola domlaga ergashib qayerga bordi?
Domla bolani nima maqsadida ovqatlantirdi? U bolaga qanday ish topshirdi?
Bola ho‘kizning o‘rniga nimani so‘yib qo‘ydi?
Domla eshakni qayerdan uch tilloga olgan edi?
Eshakka motamzada bo‘lgan domla bolani nima qildi?
Yangi mavzu bayoni.
Bugun biz sizlar bilan “Shaxzodaning bolaligi” hikoyasi bilan tanishamiz. O‘qituvchi “Shaxzodaning bolaligi” hikoyasining mazmu- niga mos suratlar namoyish etib, matnni ifodali o‘qib beradi.
Hikoya mazmuni tushuntiriladi. O‘quvchilardan biri hikoyani ifo- dali o‘qiydi. Qolgan o‘quvchilar kuzatib boradilar.
Bolajonlar, qanday notanish so‘zlarga duch keldingiz?
Do'stlaringiz bilan baham: |