4-sinf o‘qituvchilari uchun ilg‘or pedagogik va axborot-kommunikatsiya


Download 3.78 Mb.
bet198/254
Sana18.06.2023
Hajmi3.78 Mb.
#1580208
1   ...   194   195   196   197   198   199   200   201   ...   254
Bog'liq
4-sinf o‘qituvchilari uchun ilg‘or pedagogik va axborot-kommunik

Lug‘at ishi:


suruv – qo‘y-echki podasi
zamin – yer, tuproq
g‘ubor – gard, chang, to‘zon
O‘quvchilar shu so‘zlar ishtirok etgan satrlarni she’rdan topib o‘qiydilar.
She’rning mazmuni yuzasidan suhbat o‘tkaziladi:

  • She’r nimaning nomidan aytilgan?

  • Yomg‘irning qarindoshlari nimalar ekan?

  • Shoirning yozishicha, yomg‘ir asli qayerlik? Nima uchun?

  • Onasi yomg‘irga qanday maslahat berdi?

  • Siz ham onangizning maslahatlariga quloq tutasizmi?

Onalarni hurmat qilish, ularning maslahatiga doim amal qilish, ga- pini ikki qilmaslik kabi xislatlar insonni doim to‘g‘ri yo‘lga boshlashi haqida tushuncha beriladi.
T-chizma” metodi. O‘quvchilar yomg‘irning ijobiy va salbiy xususiyatlarini yoritib beradilar.
YOMG‘IR
ekinlarni sug‘oradi kiyimlarni ho‘l qiladi kanallarni suvga to‘ldiradi hovlilarga toshib ketadi tabiatni yashnatadi nihollarni ko‘chirib tashlaydi
g‘ubor-changni yuvadi paxtaning sifatini tushiradi
  1. Yangi mavzuni mustahkamlash.

Darslik bilan ishlash.


  • Kim she’rni ifodali o‘qib bera oladi? She’rni o‘qiyotganda hissi- yotlaringizni namoyon qilishga harakat qiling.

O‘quvchilar xohishiga ko‘ra she’rni o‘qiydilar.
Darslikda berilgan she’r mazmuniga oid rasmlar ustida ishlanadi.

“Adashib qolgan satrlar” mashqi.


She’rdagi satrlarning ayrimlari betartib beriladi. O‘quvchilar ularni o‘z o‘rnilariga qo‘yishlari lozim bo‘ladi.
  1. Darsga yakun yasash va o‘quvchilarni baholash.


Gapni to‘ldiring” mashqi. Bu mashq o‘quvchilar darsda ol- gan bilimlarini yana bir bor yodga olib, xotirada saqlab qolish- lari uchun o‘tkaziladi. O‘quvchilar gaplarni mustaqil ravishda
to‘ldiradilar.

    1. Men bugun darsdan menga kerakli bo‘lgan ... ma’lumotlarni oldim.

    2. Bugungi darsda menda katta taassurot qoldirgan ma’lumotlar, bular …..

    3. Darsda menga yangilik bo‘lgan ma’lumot bu ……...

    4. Men uchun takror bo‘lgan ma’lumot bu ……...

Dars xulosalanib, faol qatnashgan o‘quvchilar baholanadi.


  1. Download 3.78 Mb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   194   195   196   197   198   199   200   201   ...   254




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling