4-sinf o‘qituvchilari uchun ilg‘or pedagogik va axborot-kommunikatsiya
va 4-guruhlar uchun ham parchalar beriladi
Download 0.84 Mb.
|
O qish metodikasi 4 [uzsmart.uz]
- Bu sahifa navigatsiya:
- Lug‘at ishi
- Yangi mavzuni mustahkamlash.
va 4-guruhlar uchun ham parchalar beriladi.O‘quvchilar matnlarni qunt bilan o‘qishadi. So‘ngra yangi guruhlar tashkil qilinadi. Guruh a’zolari o‘zlari o‘qigan matnlarni sheriklariga tushuntirib berishadi. Matnlar o‘quvchilar tomonidan o‘zlashtirilgach, guruh ichida mustahkamlanadi. So‘ngra guruh a’zolari oldingi holatdagi guruhlariga qaytishadi. Yangi mavzu yuzasidan savol-javob o‘tkaziladi. Har bir guruhga 3 tadan savol beriladi. Savollar quyidagicha bo‘ladi: Devoriy gazetada kimning rasmi chiqqan edi? Qosimjon devoriy gazetada qanday tasvirlangan edi? Qosimjon kim bilan tortishib qoldi? Bu voqea kimning qulog‘iga borib yetdi? Kim sinf majlisidan qochib ketdi? Qosimjon o‘ziga nima deb tasalli berdi? Ertasiga sinf rahbari Qosimjonni qayerga chaqirtirdi? Direktor Qosimjonga nima dedi? Nima uchun Tohirdan boshqa hech kim Qosimjon bilan gap- lashmay qo‘ydi? Qosimjon nima uchun cho‘chib tushdi? Savolga to‘liq javob olinsa, 3 ball, to‘liq bo‘lmasa, 2 ball, boshqa guruh to‘ldirsa,1 ball beriladi. Lug‘at ishi:achchiqlanmoq – jahli chiqmoq, g‘azablanmoq tasalli bermoq – tinchlantirmoq, yupantirmoq, taskin bermoq jild – biror narsa ustidan kiydiriladigan, qoplab qo‘yiladigan g‘ilof Darslik bilan ishlash.“Rolli o‘qish” usuli. O‘quvchilar hikoyani rollarga bo‘linib o‘qiydilar. Olti nafar o‘quvchi muallif, Qosimjon, Muhabbat, Odil, To- hir, direktor kabi rollarga bo‘linadilar va ularning so‘zlarini o‘qiydilar. O‘qiyotganlarida har bir qahramonning xarakterini ochib bera olishlari lozimligi tushuntiriladi. Yangi mavzuni mustahkamlash.Yangi mavzuni mustahkamlash maqsadida quyidagi mashq bajariladi. “Kim tez topadi?” mashqi. Berilgan so‘zlar orasidan hikoya- ga oidlarini tanlab, gaplar hosil qilish va chizmada ko‘rsatish lozim bo‘ladi. Ertasiga, mushuk, shirin, devoriy, chumoli, gazeta, qiziq, chiqdi, o‘qidi. (Ertasiga devoriy gazeta chiqdi.) Qosimjon, menga, boshini, kulib, quyi, go‘shtni, solgancha, tez, jim, qoldi, turaverdi. (Qosimjon boshini quyi solgancha jim turaverdi.) Mashq natijasi e’lon qilinadi va xulosalanadi. “Maqollar bilag‘oni” musobaqasi. Har bir qatordan bittadan o‘quvchi doska oldiga chiqib, kamtarlik va manmanlik ha- qida maqollar aytishi kerak. Eng ko‘p aytgan o‘quvchi g‘olib bo‘ladi. Maqollar: Ish boshlaganda maqtanma, Ish bitganda maqtan. Kamtar bo‘lsang, obro‘ ortar, Manman bo‘lsang, ensa qotar. Kamtar yetar murodga, Manman qolar uyatga. Maqtangan pand yeydi, Kamtarin qand yeydi. Mevali daraxt yerga engashar, Mevasiz daraxt ko‘kka tirmashar. Haddidan oshsa kishi, Maqtanish bo‘lar ishi. G‘olib o‘quvchi aniqlanadi va rag‘batlantiriladi. Download 0.84 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling