4-sinf Tarbiya fanidan 3-chorak uchun testlar Tarbiya biz uchun yo hayot


Download 9.17 Kb.
Sana07.04.2023
Hajmi9.17 Kb.
#1339128
Bog'liq
4-sinf Tarbiya-WPS Office


4-sinf Tarbiya fanidan 3-chorak uchun testlar

1.Tarbiya biz uchun yo hayot-


yo mamot,yo najot-yo halokat,
yo saodat-yo falokat masalasidir..
Ushbu iboratli soʻzlar qaysi allomaga tegishli?
A)Abu Rayhon Beruniy;
B)A.Navoiy;
D) Abdulla Avloniy;
E)Ibn Sino;
2.Bulbul chamanni sevar,
Odam-...
Maqolni davom ettiring.
A)mehnatni;
B)Vatanni;
D)Bolani;
E)ota-onani;
3.Bundan 1200 yillar avval yashagan bobomiz yerdan turib yulduzlarni oʻrgangan.
Gap qaysi buyuk alloma haqida ketmoqda?
A)Mirzo Ulugʻbek;
B) Beruniy;
D)Ahmad al-Fargʻoniy;
E)Ibn Sino;
4.Mardning ishi-mehnatda,
Nomardning kuchi-....
Ushbu hikmatli soʻzni davom ettiring.
A)oʻzida;
B)tishida;
D)bilagida;
E)tilida;
5."Bilimdan boshqa najot yoʻq va boʻlmagay"
Ushbu hikmatli soʻz kimga tegishli?
A) Imom Termiziy;
B)Ahmad al-Fargʻoniy;
D)Imom Buxoriy;
E)Al Xorazmiy;
6.Dunyodagi eng boy odamdan eng katta orzusi haqida soʻrashibdi.U qanday javob bergan ekan?
A)Qaniydi,dunyodagi eng boy kishi men boʻlsam edi;
B)Qaniydi, dunyodagi eng boy kishi singari maza qilib dam olsam edi;
D) Qaniydi, dunyodagi barcha odamlarni men boshqarsam edi;
E) Qaniydi, dunyodagi barcha kitoblarni oʻqish uchun yetarli vaqtim boʻlsa edi;
7.Qaysi davlat jahonning eng kitobxon davlatlari reytingida yetakchilikni saqlab turibdi?
A) Hindiston, Xitoy;
B) Germaniya,Polsha;
D) Koreya, Yaponiya;
E) Rossiya, Amerika;
8.Oʻzbekiston-koʻp millatli davlat.
Oʻzbekistonda nechtadan ortiq millat vakillari yashaydi?
A)110;
B)120;
D)130;
E)125;
9.Sohibqiron bobomiz zamonida bayroqning pasaytirilishi qanday belgi sifatida koʻrilgan?
A)Magʻlubiyat va ortga chekinish ishorasi boʻlgan;
B)Gʻalaba qozonish ishorasi boʻlgan;
D)Jangchining irodasi kuchli ekanligidan dalolat bergan;
E)Faqat olgʻa yurish ishorasi boʻlgan;
10."Salomatligi tufayli imkoniyati cheklangan"degan soʻz kimlarga nisbatan ishlatiladi?
A) Sogʻlom insonlarga nisbatan;
B)tugʻma nogiron yoki baxtsiz hodisa tufayli biror tana aʼzosini yoʻqotgan insonlarga nisbatan;
D)Hayotda qiynalib yurgan insonlarga nisbatan;
E)oldiga qoʻygan maqsadlariga erishmagan insonlarga nisbatan;
11.Oʻzingning zararingga boʻlsa-da,doimo rost soʻzla. .........da hikmat koʻp.
Ushbu hikmatli soʻzda nuqtalar oʻrniga mos keladigan soʻzni qoʻying.
A)Rostgoʻylik ;
B)Yaxshilik ;
D) Halollik ;
E) Maqtanchoqlik ;
12. "Til va el" rivoyatida dushman shohi:"Agar biror millatni yoʻq qilmoqchi boʻlsang,avvalo, uning nimasini yoʻq qil"-deydi?
A)Uyini ;
B) Avlodini;
D)Merosini ;
E)Ona tilini;
13.Fan va sanʼat rivojlangan Afinada donishmand hurmati yuqori boʻlgan.
Ushbu donishmand kim edi?
A) Suqrot ;
B)Ibn Sino ;
D)Amir Temur ;
E) Mirzo Ulugʻbek ;
14.Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni qachon nishonlanadi?
A)1-may ;
B)1-iyun ;
D)1-avgust ;
E)1-iyul ;
15.Yomonlikni aslo aylama odat,
Ozga qanoat qil,ochlikka toqat.
Ushbu hikmatli soʻz kimga tegishli?
A) Alisher Navoiy ;
B) Imom Buxoriy ;
D) Abulqosim Firdavsiy ;
E) Ahmad al-Fargʻoniy
Download 9.17 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling