4-sonli pedagogika kengashi yig‘ilish bayonnomasidan ko‘chirma
Download 16.94 Kb.
|
17-maktab
Boyovut tuman xalq ta’limi bo‘limiga qarashli 17-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabda o‘tkazilgan navbatdan tashqari o‘tkazlilgan 4-sonli pedagogika kengashi yig‘ilish bayonnomasidan ko‘chirma 13-mart 2023-yil O‘zbekiston MFY 17-UO‘T maktabi Qatnashdilar: Raislik qiluvchi: I.Najmiddinov - maktab direktori: Kotib: D.Mamanazarova– ona tili va adabiyot o‘qituvchisi Pedagogik kengash a’zolari : Jami 36 nafar Kun tartibidagi masala: 1.2022-2023-o‘quv yilida IX-XI sinf o‘quvchilarining yakuniy nazorat imtihonidan o‘tkazish to‘g’risida.
Kun tartibidagi masala yuzasidan o‘quv tarbiyaviy ishlar bo’yicha direktor o’rinbosari J.Kenjayev ma'ruza qildi. U Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirining “2022-2023-oʻquv yilida umumiy oʻrta taʼlim muassasalarida oʻquvchilarning yakuniy davlat attestatsiyasini tashkil etish va oʻtkazish toʻgʻrisida”gi 2023-yil 6 - mart, 46 – son buyrug’i ijrosini ta’minlash maqsadida, maktabda 9- va 11-sinflar uchun yakuniy (bitiruv) nazorat imtihonlari tashkil qilnishi belgilanganligini bayon qilidi. J.Kenjayev Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 15-martdagi 140-son qaroriga muvofiq umumiy oʻrta taʼlim muassasalarida oʻquv mashgʻulotlari 25-mayga qadar davom etishi inobatga olingan holda 17-maktabda imtihonlar 2023-yil 26-maydan 15-iyungacha amalga oshirilishi (Jismoniy tarbiya fani bundan mustasno) maqsad qilinganligini ta’kidladi. Shuningdek J.Kenjayev : -umumtaʼlim fanini bilish darajasi toʻgʻrisida davlat namunasidagi sertifikat hamda Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirining 46-sonli buyrug’i 2-ilovasida keltirilgan chet tili fanlari boʻyicha kamida B1 darajadagi milliy yoki unga tenglashtirilgan mos darajadagi xalqaro tan olingan sertifikatga ega boʻlgan oʻquvchilar imtihondan muayyan fandan ozod qilinishini; - 9-sinf oʻquvchilari uchun maktabda Jismoniy tarbiya fanidan imtihonlar 2023-yil 2,4-may kunlari malakali tibbiyot xodimi ya’ni maktab hamshirasining nazorati ostida oʻtkazilishi (jismoniy yoki psixik rivojlanishida nuqsoni boʻlgan bolalar uchun ixtisoslashtirilgan maktab, maktab-internatlar hamda skolioz bilan kasallangan bolalar uchun sanatoriy turidagi maktab-internatlar bundan mustasno) rejalashtirilganini ma’lumot sifatida aytdi. Yakuniy nazorat imtihonlari oʻtkaziladigan fanlarning roʻyxati va imtihon oʻtkazish shakllari haqida ma’lumot berildi: -9-sinf uchun Ona tili va adabiyot yozma (bayon)-26-may; Matematika yozma- 30-may; Rus tili (taʼlim rus tilida olib borilmaydigan umumiy oʻrta taʼlim muassasalari uchun) ogʻzaki –maktab buyrug’i asosidagi vaqtda; Tarix ogʻzaki- maktab buyrug’i asosidagi vaqtda ; Jismoniy tarbiya amaliy -2,4-may; Oʻquvchining tanlovi boʻyicha- Kimyo fani ogʻzaki - maktab buyrug’i asosidagi vaqtda ; -Yakuniy nazorat 11-sinf uchun Ona tili va adabiyot yozma (insho)- 29-may ; Matematika yozma-1-iyun; Chet tili –Ingliz tili yozma va ogʻzaki - maktab buyrug’i asosidagi vaqtda; Oʻzbekiston tarixi ogʻzaki - maktab buyrug i asosidagi vaqtda ; Oʻquvchining tanlovi boʻyicha - Kimyo fani ogʻzaki- maktab buyrug’i asosidagi vaqtda o‘tkazilishi ta’kidlandi. Kun tartibidagi masala yuzasidan maktab direktori I.Najmiddinov maktabda Yakuniy davlat nazorat imtihonlari o‘tkazish va unga tayyorgarlik ko‘rish maqsadida qisqa muddatlarda tashkiliy qo‘mita tuzilib maktab buyrug’i bilan tasdiqlanishini ma’lumot tarzida bayon qildi. Ushbu masala yuzasidan pedagogika kengash, QAROR QILADI: 1. Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirining “2022-2023-oʻquv yilida umumiy oʻrta taʼlim muassasalarida oʻquvchilarning yakuniy davlat attestatsiyasini tashkil etish va oʻtkazish toʻgʻrisida”gi 2023-yil 6 - mart, 46 – son buyrug’i rahbarlik va ijro uchun qabul qilinsin. 2. Maktabda 2022-2023 o‘quv yilining IX-XI sinf bitiruvchilari uchun yakuniy nazorat imtihonlari o‘tkazilishiga oid maktab buyrug’i tasdiqlansin. 3. Maktabda o‘quv mashg’ulotlari 25 maydan tugallanishi bеlgilab qo‘yilsin. 4. Maktabda bitiruvchi sinf o‘quvchilarining yakuniy nazorat imtihoni tasdiqlangan jadval asosida o‘quvchilar bilim, malaka va ko‘nikmalarini baholash og’zaki va yozma ish tarzida o‘tkazilsin. 5. Maktab pеdagogika kеngashi 16 nafar XI sinf bitiruvchilari uchun yakuniy nazorat imtihoniga quyidagi fanlardan ruxsat berilsin: 11”A”-sinf uchun: 1)Ona tili va adabiyot yozma (insho)- 29-may 2)Matematika yozma- 1-iyun 3)Chet tili –Ingliz tili yozma va ogʻzaki - maktab buyrug’i asosidagi vaqtda 4)Oʻzbekiston tarixi ogʻzaki - maktab buyrug i asosidagi vaqtda 5)Oʻquvchining tanlovi boʻyicha - Kimyo fani ogʻzaki- maktab buyrug’i asosidagi vaqtda 11”B”-sinf uchun: 1)Ona tili va adabiyot yozma (insho)- 29-may 2)Matematika yozma- 1-iyun 3)Chet tili –Ingliz tili yozma va ogʻzaki - maktab buyrug’i asosidagi vaqtda 4)Oʻzbekiston tarixi ogʻzaki - maktab buyrug i asosidagi vaqtda 5)Oʻquvchining tanlovi boʻyicha - Kimyo fani ogʻzaki- maktab buyrug’i asosidagi vaqtda 6. Maktab pеdagogika kеngashi 21 nafar IX sinf bitiruvchilari uchun yakuniy nazorat imtihoniga quyidagi fanlardan ruxsat berilsin: 9”A”-sinf uchun: 1) Ona tili va adabiyot yozma (bayon) - 26-may 2) Matematika yozma - 30-may 3) Rus tili (taʼlim rus tilida olib borilmaydigan umumiy oʻrta taʼlim muassasalari uchun) ogʻzaki –maktab buyrug’i asosidagi vaqtda 4) Tarix ogʻzaki- maktab buyrug’i asosidagi vaqtda 5) Jismoniy tarbiya amaliy -2,4-may 6) Kimyo (Oʻquvchining tanlovi boʻyicha) - fani ogʻzaki - maktab buyrug’i asosidagi vaqtda ; 9”B”-sinf uchun: 1) Ona tili va adabiyot yozma (bayon) - 26-may 2) Matematika yozma - 30-may 3) Rus tili (taʼlim rus tilida olib borilmaydigan umumiy oʻrta taʼlim muassasalari uchun) ogʻzaki –maktab buyrug’i asosidagi vaqtda 4) Tarix ogʻzaki- maktab buyrug’i asosidagi vaqtda 5) Jismoniy tarbiya amaliy -2,4-may 6) Kimyo (Oʻquvchining tanlovi boʻyicha) - fani ogʻzaki - maktab buyrug’i asosidagi vaqtda ; 7. O‘quvchilar davomati attеstattsiya xonasini attеstattsiya boshlash oldidan tayyorlash ishlari sinf rahbarlari zimmasiga yuklatilsin. 8. 16 nafar XI sinf bitiruvchilari va 21 nafar IX sinf bitiruvchilari imtihonlarini oluvchi o‘qituvchilarga bittadan assistеnt o’qituvchi bo’lishiga e'tibor qaratilsin. 9. Bitiruvchilarning bilim,malaka va ko‘nikmalarini yakuniy imtihonlarini o‘tkazish bo‘yicha chora- tadbirlar ishlab chiqish o‘quv-tarbiya ishlari bo‘yicha dirеktor o‘rinbosari J.Kenjayev zimmasiga yuklatilsin. Ushbu qaror ijrosini ta’minlashni o‘z zimmamda qoldiraman. Raislik qiluvchi: I.Najmiddinov Kotib: D.Mamanazarova Download 16.94 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling