4-tajriba ishi termoelektrik termometrlarning ishlash prinsipini o‘rganish. Ish maqsadi


DTS-I, DTP-I termoqarshilik termoo‘zgartgichlari


Download 194.61 Kb.
bet2/2
Sana19.06.2023
Hajmi194.61 Kb.
#1613855
1   2
Bog'liq
4-tajriba

DTS-I, DTP-I termoqarshilik termoo‘zgartgichlari

Chiqish signali 4...20 mA bo‘lgan datchiklar quyidagilarga imkon beradi:
mamlakatda ishlab chiqarilgan harorat datchiklarini chet el ishlab chiqaruvchilari kontrollerlariga ulash;
Termopara – eskidan qolgan va hozirgi vaqtgacha sanoatda eng keng tarqalgan harorat datchigi. Agar erkin zaryadi bo‘lgan bir jinsli material o‘lchash kontaktlarida har xil haroratga ega bo‘lsa, kontaktlar o‘rtasida potensiallar farqi vujudga keladi. Bizlar uchun adabiyotda keltirilgan bir oz boshqacha ta’rif tanish bo‘lib qolgan – ikkita har xil jinsli o‘tkazgichdan, kavsharlangan joylar orasidagi harorat gradiyenti mavjud bo‘lganida, tutashtirilgan(berk) zanjirda tok vujudga kelishi.
Termoeletrik termometrning o‘lchash zanjiriga ulanadigan uchlari erkin uchlar deb ataladi. Termoelektrik termometr termoelektrod simlar yordamida uzaytirilgan taqdirda, termoelektrik simlarning uchlari termometrning erkin uchlari bo‘ladilar.
Termoelektrodli uzaytirish simlari o‘lchashning umumiy xatoligiga o‘z hissasini qo‘shadilar. Masalan, TXA tipdagi termoelektrik termometrlar uchun ruxsat etilgan asosiy xatoligi ±0,16 mV ga teng.
Termo e.yu.k. o‘lchanganda termoelektrik termometrning haqiqiy termo e.yu.k. miqdorini baholaganda ham xatolik bo‘lishi mumkin, ular termoelektrik zanjirning ba’zi bir xususiyatlari hisobga olmaslik va shuningdek erkin uchlari xaroratini noto‘g‘ri baholash yoki termoelektrodli uzaytirgich simlarning hususiyatlardan ba’zilarini eslatib o‘tamiz. Termo e.yu.k. zanjirlar unga istalgan materialdan qilingan o‘tkazgichlar ulanganda ham o‘zgarmaydi, agarda ulanish joyining xarorati bir hilda bo‘lsa. Termoelektrodli uzaytirgich simlar termometrni ularda rivojlanishi mumkin bo‘lgan termo e.yu.kni o‘zgartirmasdan uzaytirish uchun xizmat qiladi.
Erkin deb termoelektrik termometrning o‘lchagich zanjiriga ulanadigan uchiga aytiladi. Agarda termoelektrik termometr termoelektrodli simlar yordamida uzaytirilgan bo‘lsa, u holda termometrning erkin uchlari termoelektrod simlarning uchi hisoblanadi.
Termoelektrodli uzaytirgich simlar o‘lchovdagi umumiy xatoliklarga o‘zining hissasini qo‘shadi. Masalan, yo‘l qo‘yilishi mumkin bo‘lgan asosiy xatolikning chegarasi TXA tipidagi termoelektrik termometrlarning simlari uchun ±0,16 mV ni tashkil qiladi.
Diapazoni 3000Sdan yuqori bo‘lgan termoelektrik termometrlarning yo‘l qo‘yilishi mumkin bo‘lgan asosiy xatoliklari chegarasining qo‘llaniladigan yuqori chegarasi quyidagi formula bo‘yicha hisoblanadi.
ye, mV
TPP uchun 0,01+2,5∙10-5(t— 300);
TPR uchun 0,01 + 3,3∙10-5(t —300);
TXA uchun 0,16 + 2,0∙10-4(t— 300);
TXK uchun 0,2 + 6,0 ∙10-4(t —300),
bu yerda t – termometrning ishchi uchi harorati.
Millivoltmetrlar xarakteristikasini hisoblash bo‘yicha masalalarda ramka qayrilishi burchagining magnit maydoni parametrlari va ramkaning razmeri (katta-kichikligi) o‘rtasidagi bog‘liqlikka e’tibor qaratish kerak. Shuni nazarda tutish lozimki ramkaning aylanadigan vaqti unga berilgan razmerlarda nafaqat tirqishdagi magnit maydoni induksiyasi qiymatiga, balki induksiya vektorining ramkaning tekisligiga nisbatan yo‘nalishiga bog‘liq.
Qoidaga ko‘ra millivoltmetr kuchlanishni o‘z xulosasiga ko‘ra o‘lchaydi va uning sinfi aynan ana shu kuchlanishning asosiy xatoligi chegarasini xarakterlaydi (shu sababli xatolik xatto gradus shkalasida millivoltlarda ifodalanadi). Uning shkalasi millivoltmetr qisqichlaridagi kuchlanish va termoelektrik termometrning termo e.yu.ki o‘rtasidagi ma’lum bir bog‘liqlikda graduslarda graduirovkalanishi mumkin. Bunda ular o‘rtasidagi bog‘liqlik asbobning tashqi zanjiridagi kuchlanishning kamayishi kattaligi farqlanadi. Shuning uchun tashqi zanjir qarshiligi aniq bir miqdorga ega bo‘lishi kerak. Uning o‘zgarishi asbobning ko‘rsatmasini o‘zgarishiga olib keladi.
Potensiometrik sxemalarga oid masalalarda, birinchi navbatda o‘lchovning kompensasion usulining fizik ma’nosini aniq tushunib olish kerak. Termoelektrik termometrning termo e.yu.ki qiymatiga ko‘ra teng va potensiometr o‘lchov sxemasining kompensasiyalaydigan maydonidagi potensiallari belgisining farqiga qarama-qarshidir. Potensiometrik sxema o‘zgarishi muvozanatining matematik ifodasini o‘z ichiga termometr va kuchaytirgichni olgan yopiq maydon uchun o‘lchov sxema ikkinchi kirxgof qonunidan foydalanib, osongina olish mumkin.
Kompensasion harorat xatoliklarining hisobi bo‘yicha masalalarni yechishda shuni nazarda tutish lozimki, kiritiladigan tuzatishlar qiymati son jihatdan termoelektrik termometr termo E.Yu.K.ining erkin uchlari harorati o‘zgarishidagi o‘zgarishiga teng bo‘lishi kerak. Erkin uchlar harorati o‘zgarishi bilan ko‘rsatmaning o‘zgarishini hisoblab chiqishda reoxord dvijogi erkin xolatda turgandagi potensiometr sxemasining muvozanati ifodasidan umumiy holda foydalanish zarur.
Potensiometrlarning bo‘limi bo‘yicha masalalar yechishdan avval [12] bilan tanishib chiqish tavsiya qilinadi, bunda sxemaning ishlash prinsipi batafsil ko‘rib chiqiladi.
Elektrik termometrlarning qarshiligiga oid masalalarda o‘lchov sxemalari va qarshilik termometrlarining ishi bilan bog‘liq barcha o‘ziga hosliklarga e’tibor qaratish lozim. Chunki haroratning qiymati termometrning sezuvchan elementining qarshiligi qiymatiga ko‘ra aniqlanadi. Bunda bu qarshilikni aniqlashda xatoliklar ro‘y berishi mumkin. Bu xatolar yoki aloqa liniyasi qarshiligining o‘zgarishi, yoki sezuvchan elementning o‘z-o‘zidan qizib ketishi hisobiga qarshilikning o‘zgarishi bilan yoki boshqa sabablarga ko‘ra sodir bo‘lishi mumkin. Chunki bunday sabablar natijasida termometr qarshiligi o‘lchanadigan muhit haroratining qiymatiga bog‘liq bo‘lmagan holda o‘zgaradi.
Termometrlar elektrik qarshiliklarining t, °S, haroratiga bog‘liqligi quyidagichadir:
a) dagi platina termometrlari uchun

da
(2-2)
bu yerda
b) dagi mis termometrlari uchun
(2-3)
bu yerda


Nazorat savollari

  1. Termoelektrik termometrning ishlash prinspini tushuntiring.

  2. Termoelektrodlar deb nimaga aytiladi?

Termoeyukning formulasi qanday ifodalanadi?
Download 194.61 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling