4-topshiriq Savol va topshiriqlar Berilgan so‘z birikmasi asosida buyruq matniga oid gaplar tuzing
Download 16.36 Kb.
|
DTIYu 4-topshiriq
- Bu sahifa navigatsiya:
- 2.Namunaviy buyruq shakli asosida fakultetingizda o‘tkazilgan ko‘rik tanlov g‘oliblarini taqdirlash to‘g‘risidagi buyruq loyihasini tayyorlang.
4-topshiriq Savol va topshiriqlar 1.Berilgan so‘z birikmasi asosida buyruq matniga oid gaplar tuzing. * Kadrlar bo‘limi xodimi Iroda Feruzova egallab turgan lavozimidan ozod etilsin. *O‘zbek tili va adabiyotini o‘qitish dekanati metodisti A.A.Djumashev Marketing bo‘limi boshlig‘i lavozimiga tayinlansin. *Zarafshon shahar Konchilik institutiga qarashli Akademik litseyi o‘qituvchisi Muhitdinova Lobar Botirovna mehnat shartnomasidagi muddat tugashi munosabati bilani shdan bo‘shatilsin. * “Marvarid” MCHJ ishchilariga shtat jadvali bo‘yicha mehnat soatlari belgilab berilsin. *O‘zbek tili va adabiyotini o‘qitish fakulteti dekani L.R.Raupovaning sog‘ligi yomonlashganligi tufayli dekan vazifalari vaqtincha Ma’naviyat ishlari bo‘yicha dekan o‘rinbosari J.Norqo‘ziyevga yuklatilsin. *ToshDO‘TAU O‘zbek filologiyasi fakulteti 4-kurs talabasi Malikova Diyora Farhodovna 02.11.2019 sanasidagi mashg‘ulotlarga sababsiz qatnashmaganligi uchun ogohlantirish berilsin. *Zarafshon shahar “Mustaqillik” mahallasiga qarashli 7-oilaviy poliklinika shifokori Raupova Sevinch Qaxxorovnaga samarali mehnat faoliyati uchun oylik maoshiga 20000 so‘m miqdorida rag‘batlantirish berilsin. *Andijon viloyati Soliq boshqarmasining mas’ul xodimlari Marhamat tumanidagi “Ipoteka” bank faoliyatini taftish qilish uchun yuborilsin.
Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti Tanlov g‘oliblarini taqdirlashga oid
Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetining O‘zbek tili va adabiyotini o‘qitish metodikasi fakultetida 2020-yil 4-martkunida oʻtkazilgan “Eng faol kitobxon” koʻrik tanlovining gʻoliblari etib quyidagi talabalar e‘lon qilinsin: I. 1.1-kurs 104-guruh talabasi Diyorov Anvar Botir o‘g‘li I o‘rin; 2.3-kurs 305-guruh talabasi Sultanov Shahzod Olimqul o‘g‘li II o‘rin; 3.2-kurs 203-guruh talabasi Abdullayev Komil Rashid o‘g‘li III o‘rin; II. G‘olib deb topilgan talabalar universitet rahbariyati tomonidan diplom va estalik sovg‘alar bilan taqdirlansin. III. Ushbu taqdirlash marosimini o‘tkazish ma‘naviyat va ma‘rifat ishlari bo‘yicha prorektor Sobirov Abdulhay Nazarovich zimmasiga yuklatilsin. Rektor (imzo) Sh. S. Sirojiddinov Download 16.36 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling