Beshinchi tamoyil milliy ruhiy asos bilan bog‘liq. Bu tamoyilga ko`ra, sinto xudolari kamilar barcha insonlarni emas, balki faqat yaponlarnigina vujudga keltirganlar. Shuning uchun ham yaponlar o`z farzandlariga yoshligidanoq biz sintoga tegishlimiz degan aqidani singdirib boradilar. Shu yo`l bilan axloq normalarini boshqarishning ikki muhim omili mavjud. Birinchidan, kami juda intim yo`l bilan faqat yapon millati bilan bog‘liq ekanligini tasdiqlash; ikkinchidan, Sintoiylik nuqtai nazaradan agar chet ellik kishi sintoga e'tiqod qilib, kamiga ibodat qilsa yapon bo`lmagan kishining bunday qilishi axloqsizlik sanaladi. Shu bilan birga, Sintoiylik yaponlarni boshqa dinlarga e'tiqod qilishlariga qarshilik qilmaydi. Mana shuning uchun ham deyarli barcha yaponlar, Sintoiylik bilan bir qatorda, yana boshqa bir dinga e'tiqod qiladilar. Agar yaponlarni diniy e'tiqodiga ko`ra guruhlarga ajratib, umumiy soni hisoblanadigan bo`lsa, ularning soni mamlakat umumiy aholi sonidan ko`p chiqadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |