4. Uch oʻlchamli koʻrinishda tasvirlash Geografik tasvirlash (geografic visualization) soʻzlarining jamlanmasidir


Download 44.42 Kb.
bet3/3
Sana16.06.2023
Hajmi44.42 Kb.
#1493305
1   2   3
Bog'liq
Model mustaqil ish

Hisobot koʻrinishida tasvirlash. Ma’lumotlar qayta ishlanib boʻlinganidan soʻng hisobot koʻrinishida ham taqdim qilinishi mumkin. Bunda barcha tahlil qilingan ma’lumotlar oʻquvchiga oson boʻlishi uchun sodda tilda yoziladi hamda matnli ma’lumotlar bilan bir qatorda jadvallar ham kiritiladi.
Geoaxborot tizimining eng ommaviy mahsulotlaridan biri bu kartadir. Kartalar geoaxborot tizimini qoʻllagan holda osongina tayyorlanadi va u orqali geoaxborot jarayonlari natijalarini oʻzaro bogʻlovchi samarali vosita hisoblanadi. Shuning uchun ham geoaxborot tizimi karta ishlab chiqarishda yetakchidir. Ushbu tizimdan foydalanuvchi ishlab chiqarilgan kartalarning sifatiga e’tibor qaratishi lozim, chunki geoaxborot tizimi odatda ba’zi kartografik tamoyillarni hisobga olmaydi.
Sxema (layout) – bu bosmaga tayyorlangan kartadir (7-rasm). Sxema nafaqat bizning kartamiz, balki nomi, shartli belgilari, shimol yoʻnalishi, boshqa matnli axborot, hattoki grafiklar va rasmlarni oʻzida aks ettiradi. Sxemaning eng muhim elementlariga ramka, mavzu, shartli belgi, masshtab, shartli nomlar (labels) va shimol yoʻnalishlari kiradi. Bunday elementlar odatda annotatsiyalar deb ham ataladi.
Grafik tasvirlar, gridlar ham annotatsiyaga kiradi. Barcha annotatsiyalar alohida boʻlib, ular oʻzgartirishi va katta yoki kichiklashtirishi, oʻgirishi mumkin.

7-rasm. Sxemaga misol (Manba: Bxatta, 2008)
Uch oʻlchamli koʻrinishda tasvirlash. GAT kartalarini yaratishdan yana bir maqsad bu joyning haqiqiy modelini yaratishdir. Yer sathining barcha tafsilotlarini tahlil qilish uchun biz uch oʻlchamli modellardan foydalanamiz (5.9- rasm). Uch oʻlchamli tasvir ikki oʻlchamli tasvirdan koʻra axborotni koʻproq va keng koʻlamda yetkazadi. Uch oʻlchamli tasvirlashning ahamiyati shundaki, biz u orqali axborotni koʻramiz. Uch oʻlchamli tasvir orqali inson miyasi koʻproq narsani eslab qoladi. Ma’lumotni uch oʻlchamli qilib tasvirlash GATda qoʻllanilgani bois hozirda uning ajralmas qismi boʻlib qoldi. Bunday tasvirlash usuli bizga geofazoviy tahlil jarayonida katta yordam berib, yer yuzasidagi relyef oʻzgarishlarini koʻrishimiz mumkin.
Geoaxborot tizimi ma’lumotini yaratish va tasvirlash bir nechta bosqichlarni oʻz ichiga oladi.

8-rasm.Berilgan oʻlchamlarni qoʻllash orqali hosil qilingan uch oʻlchamli tasvir(Manba: Internet)
Uch oʻlchamli GATni yaratish va ishlatish uchun zarur boʻladigan ma’lumot va axborot turkumiga ortogonal tasvirlar, DTM (Digital Terrain Model), uch oʻlchamli (3 Dimensional) xususiyatlar (vektor chiziqlar) va fazoviy xususiyatlar (balandlik axboroti bino uchun) bilan bogʻlangan fazoviy boʻlmagan atribut axborotlar kiradi. Turli xil qayta ishlash bosqichlaridan foydalanib, uch oʻlchamli ma’lumot avtomatik ravishda tasvirdan yigʻilishi yoki ajratib olinishi mumkin. Raqamli fotogrammetrik vositalar cheklanmagan tarzda va uch oʻlchamli ma’lumotni tartibli ravishda yigʻish uchun turli fotografiya va tasvirlarga yoʻl ochib beradi



9-rasm.Maxsus dasturlar (MATLAB) yordamida hosil qilingan uch oʻlchamli tasvirlar (Manba: Internet)
Download 44.42 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling