Qo‘shiq tadqiqotchilar tomonidan uch qismga bo‘lingan: Birinchisi, Quvilish haqida qo‘shiq. Unda qirol Alfons bilan janjallashib qolgan Sidning quvilishi tasvirlanadi. Lekin bu voqeaning sabablari bayon etilgan asarning bir qismi saqlanmagan. Qahramonning hayoti va faoliyati tavsifida fantaziya kuchli bo‘lib, tarixiy voqelikdan ancha uzoqday ko‘rinsa ham, lekin poema o‘sha davr ruhini chuqur aks ettirgan, ya‘ni unda rekonkistada qatnashgan keng xalq ommasining vatanparvarlik ruhi sezilib turadi. Bu ularning faqat marvlarga qarshi kurashidagina emas, tashqaridan bo‘ladigan har qanday tazyiqlar, fransuz hukmronlarining Ispaniyada feodal tartiblarini o‘rnatishi va shu orqali eng yaxshi yerlarni qo‘lga kiritishiga qarshi noroziliklarida ham o‘z ifodasini topadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |