4-variant Talaba: Xujamurodova Durdona Sodiqjon qizi Guruh: sbxa-89k 1-topshiriq investorlarning asosiy belgilari bo’yicha turkumlanishi. «Investitsiyalar»
Download 241.5 Kb.
|
Xujamurodova Durdona Sodiqjon qizi SBXA-89k
- Bu sahifa navigatsiya:
- Investitsiya bozori
- LIKVIDATSIYA
- LIKVIDLIК RISKI
4-variant Talaba:Xujamurodova Durdona Sodiqjon qizi Guruh: SBXA-89k 1-TOPSHIRIQ 1. Investorlarning asosiy belgilari bo’yicha turkumlanishi. «Investitsiyalar» atamasi lotin tilidagi «invest» so'zidan olingan bo'lib, pul sarf qilmoq, qo'ymoq ma'nosini anglatadi. «Investitsiya» tushunchasi bir qator ma'nolarga ega bo'lib, foyda olish maqsadida aksiya, obligatsiya sotib olish, tovar ishlab chiqarish uchun zarur bo'lgan real aktivlarni sotib olish va ishlab chiqarish uchun sarflanishi tushuniladi, ya'ni investitsiyalar har qanday vosita bo'lib, pulning qiymatini saqlaydi yoki uning qiymatini ko'paytiradi va ijobiy daromadlar olishni ta'minlaydi. Investitsiya mamlakat iqtisodiyotini o'stirish va rivojlantirish uchun zarur bo'lgan mexanizmlardan biri hisoblanadi. Investitsiya bozori—investitsiyalarni tashkil etish va moliyalashtirish uchun zamin yaratib beradi, bu bozor investitsiya tovarlari, qurilish materiallarining barcha turlari, ishlab chiqarish fondlarining aktiv qismi, investitsiya xizmatlaridan iborat. Investitsiyalarni tashkil etish va moliyalashtirish investitsiyalarning turlari hamda investitsiya bozorining aktivlik darajasi uning elementlari o'rtasidagi nisbatiga bog'liq bo'ladi. Ularni bozor konyunkturasini o'rganish orqali aniqlanadi. 2. Investitsiya muhitiga ta’sir qiluvchi ijobiy omillarni aytib bering. Investitsion muhit muayyanligini bu borada faoliyatning maqsadga muvofiqligi va jozibadorligini aniqlaydigan iqtisodiy, ijtimoiy, tashkiliy, huquqiy, siyosiy va boshqa shart-sharoitlarni umumlashtiruvchi xususiyatlari belgilab beradi. Investitsiya faoliyatiga ta’sir ko’rsatuvchi bu omillarning o’zaro bog’liq majmui u yoki bu mamlakat iqtisodiyotidagi hal qiluvchi investitsion muhit hisoblanadi. Demak, investitsion muhit haddan tashqari ko’p o’lchovli, murakkab va serma’no tushunchadir. Ochig’ini aytganda, investitsion muhit – investitsiya munosabatlarini amalga oshirish mumkin bo’lgan imkoniyatlar va qulayliklar majmuini aks ettiruvchi voqe’likdir. Aniqrog’i, investitsion muhit – bu mamlakatdagi investitsiya jarayonlariga ta’sir ko’rsatuvchi iqtisodiy, siyosiy, tashkiliy, huquqiy, ijtimoiy va boshqa shart-sharoitlar majmuasidir. 3. Investitsiya jarayonida “likvidatsiya fazasi” deganda nimani tushunasiz? LIKVIDATSIYA (tugatish, tarqatish, barham berish) - firma yoki korxona faoliyatining aksionerlar yig'inining, xo'jalik sudining qaroriga muvofiq, bankrotlikka uchrashi, qayta tashkil etilishi tufayli to'xtalishi. LIKVIDLI MABLAG'LAR - firma ixtiyoridagi pul vositalari, bank depozitlari, qimmatli qog'ozlar, oson sotish mumkin bo'lgan moddiy aylanma mablag'lar bo'lib, ular tezda sotish mumkin bo'lgan aktivlardir. LIKVIDLIК RISKI - tijorat banklari likvidligi pasayishi bilan bog'liq risklardir. LIKVIDLILIK - a) turli firmalar va banklarning o'z qarzini to'lay olish yoki boshqa majburiyatlarini bajara olish imkoniyati; b) bir aktivning ikkinchisiga qanchalik tez almashina olinishi o'lchovi. Naqd pul eng yuqori 100% likvidlilikka ega 4. Real investitsiyalarni moliyalashtirish manbalari. Download 241.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling