4. Yalpi talab va yalpi taklif o'rtasidagi nisbat va uning o'zgarishi


Download 429,41 Kb.
bet1/5
Sana17.02.2023
Hajmi429,41 Kb.
#1208018
  1   2   3   4   5
Bog'liq
16-mavzu kurs ishi


4. Yalpi talab va yalpi taklif o'rtasidagi nisbat va uning o'zgarishi



4. Yalpi talab va yalpi taklif o'rtasidagi nisbat va uning o'zgarishi


Yuqorida yalpi talab mamlakat miqyosida uning hamma bo'limlarida, tarkibiy qismlarida mavjud bo'lib, turli tovar va xizmatlarni sotib olishga mo'ljallangan pullar miqdori sifatida, yalpi taklif esa butun mamlakatdagi hamma tarmoqlarda. hududlarda, hamma korxona va tashkilotlarda sotish uchun ishlab chiqarilgan tovarlar hamda xizmatlarning yalpi miqdori sifatida namoyon bo'lishini ifodalagan edik.
Endi shuni ta’kidlash joizki, milliy bozorda, oldi sotdi jarayonida pul egalari, ya'ni talab qiluvchilar qo'lidagi pullar tovar va xizmatlar egalariga, aksincha yaratilgan tovar va xizmatlar esa pul egalari qo'liga o'tishi lozim. Boshqacha aytganda tovarlar dunyosi bilan pul dunyosi qarama-qarshi oqim hosil qiladi. Buning uchun esa pul egalari sotib olmoqchi bo'lgan tovar va xizmatlar tarkibi, miqdori, sifati hamda narxi bo'yicha ishlab chiqarilgan tovar va xizmatlar turi, miqdori, sifati hamda qiymati bilan mos tushishi lozim. Bunday moslikning qanchalik ta’niinlanishi ko'pdan-ko'p bozor orqali aniqlanadi va tartibga solinadi. Bu nioslik darajasi yalpi talab va Yalpi taklif o'rtasidagi nisbat va uning o'zgarishi orqali aniqlanadi.
Albatta, real hayotda bunday to‘la muvozanatlilik sodir bo'lishi juda qiyin va murakkabdir. Lekin tovar va xizmatlarning u yoki bu turlari, miqdori va sifati bo'yicha mos kelish hollari uchrab turadi. Yalpi. talab bilan Yalpi taklifning bir-biriga mosligi iqtisodiy muvozanat deb ham yuritiladi.
Yalpi talab egri chizig'i va yalpi taklif egri chizig'i kesishgan nuqta umumiqtisodiy muvozanatni ifodalab, bu holatga narxning muvozanatli darajasi va milliy ishlab chiqarishning muvozanatli real hajmi orqali erishiladi.
Iqtisodiyot doimiy ravishda makroiqtisodiy muvozanat tomon harakat qiladi va ma’lum darajada bu tenglik ta’minlab turiladi. Biroq yalpi talab va yalpi taklifga ta’sir etuvchi omillarning o'zgarib turishi natijasida muvozanat buziladi va iqtisodiyot yangi muvozanat tomon harakat qiladi.


Download 429,41 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling