4. yengil atletika mashg’ulotlarining tamoyillari reja


Download 22.86 Kb.
bet5/7
Sana18.06.2023
Hajmi22.86 Kb.
#1583817
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
maruza va seminar 4.4

4.5. TAKRORIYLILIK TAMOYILI

Yengil atletikachilar mashg’ulotlarini tashkil qilishda takroriylik tamoyili ham hal qiluvchi rol o’ynaydi. Tamoyilning maqsadi – sportchilar funksional imkoniyatlarini yanada takomillashtirish, ular tana azolari va tizimlarida ijobiy o’zgarishlarini oshirish, tanadagi shartli refleks aloqalarini kuchaytirishda takroriy tasir etishning samaradorligini taminlashdir. Bu ayrim mashqlar, topshiriqlar, oraliq stikllar bosqichlarda amalga oshirilgan harakatlarning takrorlanishiga bo’lgan zaruriyatlardan kelib chiqadigan tamoyildir.


Biroq shuni yodda tutish kerakki, takrorlashlardan bir xillikka yo’l qo’ymaslik kerak. Chunki bir xillik organizmdagi ijobiy o’zgarishlar jarayonini tormozlasha, organizmning yuklamalarga bo’lgan tasirini susaytirishi, yuguruvchilarga xos bo’lgan bir xil faoliyat bilan uzoq shug’ullanishida samaradorlikning pasayishiga, sportchilarga monotoniya (bir xillik joyda turib qolishi, o’smaslik)ning rivojlanishiga olib kelishi mumkin. Sportchilarda mashg’ulotlarga bo’lgan qiziqish pasaya boshlaydi, asabiylik, hali mashg’ulotlarga kirishmasdanoq toliqish hisi paydo bo’lishi, bulardan tashqari monotoniyaning belgilaridan bo’lgan arterial qon bosimining pasayishi va natijada ishchanlik faoliyatining pasayishi kuzatiladi. Bundan ko’rinib turibdiki, monotoniyada oddiy harakatlanish ko’nikmalari emas, avvallo murakkab tizimlar ko’proq zarar ko’radi.
Fizialogiya fanidan malumki bajarilgan jismoniy ishdan keyin organizmda bir qancha holatlar ro’y beradi, toliqish holati, tiklanish holati va yuqori ishchanlikka qaytish holatlari. Har bir holatning davomiyligi bajarilgan yuklamalar hajmi va tig’izligiga, sportchinig chiniqish darajasigi bog’liq. Mashg’ulotlar jarayonini shunday rejalashtirish kerakki, har bir keyingi mashg’ulotni o’tkazish vaqti uchinchi holat, yani yuqori ishchanlikka qaytish holatiga to’g’ri kelsin. Lekin, bu degani organizm hal qilishi to’liq tiklanmagan holatiga maqsadga yo’naltirilgan mashg’ulotlarni o’tkazmasik kerak degani emas, bunday mashg’ulotlar ham samarali rivojlanishlarga olib kelishi kuzatilgan.
Barcha hollarda jismoniy mukamallikka erishish – ish va dam olishning, charchoq va to’g’ri munosibligiga erishishga bog’liq. Chunki yuklamalar va hordiq - bir modalning ikki tomonidir.
Takrorlashlar soni to’planilgan tajribalar, ilmiy xulosalar, pedagogik kuzatishlar, tibbiy nazorat natijalari va sportchining ayni paytdagi jismoniy ruhiy holatlaridan kelib chiqib belgilanadi. Taniqli russ murabbiyi A.NVorobyov takidlashicha mashg’ulotlar quyidagi sxema bo’yicha o’tkazilishi kerak.
Yuklama- darhol natijalarni aniqlash –o’zgartirishlar kiritish- yana yuklama berish. Takroriy tamoyili sportchining nazorat yo’naltiruvchi va asosiy musoboqalarda mumkin qadar tez- tez ishtirok etishini toqozo qiladi.



Download 22.86 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling