40-amaliy mashg‘ulot. Yozma ishlar xatosi ustida ishlash darslari ishlanmasini tuzish (2 soat) Reja


O‘quvchilar inshosidagi nutqiy xatolar va ularni bartaraf etish usullari


Download 20.22 Kb.
bet2/4
Sana21.06.2023
Hajmi20.22 Kb.
#1640260
1   2   3   4
Bog'liq
13-amaliy mashg`ulot

O‘quvchilar inshosidagi nutqiy xatolar va ularni bartaraf etish usullari
Ma'lumki, kichik yoshdagi maktab o‘quvchisining og‘zaki va yozma nutqida turli xatolar ko‘plab uchraydi. O‘gzaki xatolar sekin-asta o‘qituvchining namunali nutqi, o‘z vaqtida o‘quvchining xatosini o‘rnida tuzatib borishi natijasida kamayib boradi. Ammo yozma nutqdagi xatolar ularni tasnif qila bilish sabablarini aniqlash; qaysi mavzuda nuqson borligini belgilash kabi ishlar vositasida bartaraf etiladi.
Nutqiy xatolarni uslubchi olimlar quyidagi turlarga ajratadilar:

  1. Lug‘aviy – uslubiy xatolar.

  2. Morfologik-uslubiy xatolar.

  3. Sintaktik - uslubiy xatolar.

  4. Mantiqiy - uslubiy xatolar.

I. Lug‘aviy-uslubiy xatolar.
Lug‘aviy - uslubiy xatolar inshoda qo‘llanilayotgan so‘zni noto‘g‘ri ishlatish asosida kelib chiqib, ularning quyidagi tipik turlari mavjud:
1.Bir xil so‘zni ko‘p takrorlash.
-Yozda oromgohga bordim. Yozda yahshi dam oldim.
-Bog‘da daraxtlar ko‘p. Daraxtlar kurtak chiqardi. Daraxtlarni oqladik.
-Biz sayohatga chiqdik. Hayvonot bog‘iga chiqdik,
Xatoning sabablari:

  1. o‘ quvchi so‘zboyligiga ega emas;

  2. sinonimlarni bilmaydi;

  3. matnga e'tibor kam.

Bartaraf etish usullari:

  1. xatoni o‘quvchining o‘ziga toptirish;

  2. xato yozilgan gapni to‘grilab ko‘chirtirish;

  3. v)sinonimlar ustida ishlash;

  1. So‘zni o‘z o‘rnida qo‘llamaslik:

-ariqlarda suvlar oshyapti;
-bog‘larda daraxtlar ochilyapti;
-novdalarda gullar chiqyapti.
Xatoning sabablari:

  1. bola so‘z ma'nosini yaxshi tushunmaydi;

  2. so‘z birikmasi tuzishni bilmaydi.

Bartaraf etish usullari:
a) tuzilgan birikma ustida suhbat;
b) birikma tuzish mashqlari o‘tkazish
v) so‘z ma'nolari bo‘yicha suhbat..

Download 20.22 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling