41-amaliy mashg’ulot gap bo‘lagi sanalmaydigan so‘z va so‘z birikmalari bo‘yicha savol-javob o‘tkazish, mashqlar, test topshiriqlari bajarish va lisoniy tahlil qoliplarini to‘ldirish
-ilova. “Lisoniy tahlil qoliplari”dan variantlar bajariladi. (Kitob shaklida mavjud). 1-VARIANT
Download 43.13 Kb.
|
1 2
2-ilova.
“Lisoniy tahlil qoliplari”dan variantlar bajariladi. (Kitob shaklida mavjud). 1-VARIANT AJRATILGAN BO’LAKLAR TAHLILI. 1. Nazira opaning eri keksa irrigator injener Qodir Yunusov bundan ikki oy avval oltmish yoshida yurak kasali – infarktdan vafot etdi. 2. Dildor oxirgi “kasallik varaqasi”ni – raisning bemorlik varaqasini sinchiklab ko’zdan kechirdi-da, bugun erta bilan uni ko’rgandan keyin qilgan yozuvlarini oqqa ko’chira boshladi. 3. Shundan keyin gap eng muhim va eng yoqimli masalaga – dissertatsiya yoqlash marosimi emas, yo’q, shu marosim munosabati bilan ertaga bo’ladigan ziyofatga ko’chdi. 4. Ammo mingboshi – qaynataning po’pisasi kuyovining shaxtini sindirishga ojizlik qildi. 5. Bizning Saodat bilan bo’lgan, hali barg yozmagan – kurtak holidagina bo’lgan bu muhabbatimiz darrov bunchalik el og’ziga tushib ketganiga hayron bo’ldim. 6. Bir rus va bir necha "sart" mirshablar — zulm malaylari ichkaridan yugu-rib chiqib, so'kib, quturib, olomonni itarishga, orqaga surishga urinishardi. 7. Qarshidagi daraxtga tirmashib, telefon simini qirquvchi qora chopon-li bir yigitni — do'sti O'rozni ko'rdi. 8. Bobir yoshlikdan ko’ngliga tukkan orzusiga – butun Movarounnahrni birlashtirish, Ulug’bek davridagi ulkan davlatni qayta tiklashga – mana endi muyassar bo’layotganidan benihoya shod. 9. O, shoir qismati, yarqiroq, gulgun, Zavqlarga to’lar u, bir so’zni izlar 10. Uning qiyqirig’i ko’kda mag’rur suzgan sahro sultoni – burgutning diqqatini ham jalb qildi.
2-VARIANT AJRATILGAN BO’LAKLAR TAHLILI. 11. Yo'1-yo'l sariga o'ralgan bir qizcha ko'chada - deraza qarshisida u yoqdan-bu yoqqa o'tar va sarisining etagiga solib olgan olxo'ridan bitta-bitta olib yer edi. 12. Temir yo'lning ikkala tomonida yovshanzor bilan qoplangan hayhotday dashtlik — Sario'zak, o'rtacho'l yastanib yotadi. 13. Qoranorda Kazangapni so'nggi abadiy manziliga — Ona Bayit mozoriga olib boradi... 14. Biroq u endi bari bir odam sanog'idan chiqardi, zo'rlab es-hushidan judo etilgan qul — manqurtga aylanardi 15. Boshqa mavjudotlardan ajratib turadigan birdan-bir noyob fazilati — xotirasi, aql-idroki bo'lsa-yu, uni tag-tomiri bilan yulib olsalar, axir, bu qanday yovuzlik, qanday bedodlik?! 16. O'zlarining mudhish tarixida xiyonatkor sifatida shuhrat qozongan ko'chmanchi jungjanglar eng muqaddas narsa — insonning muqaddas insoniylik mohiyatiga ham chang soldilar. 17. Temur Malik otdan tushib, ikki-uch navkari bilan yuqoriga – qorovulxonaga ko’tarildi. 18. Nihoyat, bundan uch oy avval, ya’ni Toshkentga kelganlarining ikkinchi haftasi, Rahim bobo chorbog’ining daragini eshitib, Qibrayga keldilar. 19. Bugun, shu oqshom, yana bir soatdan keyin u Dildor bilan uchrashadi. 20. Bobir miz (olti oyoqli stolcha) yoniga – beqasam ko’rpacha ustiga o’tirib “Vaqoi’” deb atagan xotira daftarini ochdi.
3- ilova. Mavzu bo‘yicha test topshiriqlarini bajarish (test variantlari alohida beriladi). 1. Aytishlaricha, ona qalbi juda sezgir bo‘lar ekan. Gap tarkibidagi aytishlaricha so‘zi qanday vazifada kelgan? A) bosh gap B) ergash gap C) undalma D) kirish so‘z 2. Aytishlaricha, bu yil qish iliq kelar emish. Ushbu gapdagi kirish so‘z qanday ma’noni anglatadi? A) tasdiqni B) bayon qilingan fikrning kimga qarashli ekanligini C) inkorni D) oldingi fikr bilan keyingi fikrning bog‘liqligini 3. Demak, maktabni bitirib, o‘qishga kirmoqchisan? Ushbu gapdagi kirish so‘z qaysi ma’noni bildiradi? A) ishonch va tasdiq B) fikrning kimga qarashli ekanligini C) fikrning tartibi D) fikrga yakun yasash. 4. Qaysi qatorda kirish gap qo‘llangan? A) Sharqning kattakon adabiyotini bilish uchun, afsuski, bizning yoshlarimizda intilish yo‘q. B) Kecha, desangiz, yomg‘ir yog‘ib qoldi. C) Gapning po‘skallasini aytganda, kiyim-kechak masalasida ham yordam berishadi. D) Ibrohim, Qurbon ota aytmoqchi, gullarni o‘z ilmi bilan bahramand qilmoqchi. 5. Menimcha, fikrimcha, aytishlaricha, nazarimda, eshitishimcha kirish so‘zlarining ifodasi to‘g‘ri berilgan qatorni ko‘rsating. A) his-hayajonni ifodalaydi B) fikrni shakllantirishga xizmat qiladi C) fikrning tartibini ko‘rsatadi D) fikr manbaini ko‘rsatadi 6. Qaysi gapda undalma mavjud emas? A) - Q–lluq, qulluq, G‘afurjon. B) Samarqand, Samarqand! degani shu ekan-da! C) - H–y! Sizni kutib turibmiz. D) - H–y, soqoling to‘kilgur, - dedi xotin,- bu qanday qiliq? 7. Kirish gapni aniqlang. A) Bugun menga bir qarashib yubormaysanmi, Otabek? B) Afsus, ming bor afsuski, bu bir xayolgina , xolos. C) O‘qish, o‘rganish, hormay zo‘r ishtiyoq bilan ishlash, shubhasiz, g‘alabalarga yetkazadi. D) Bu voqeadan Qodirni ham (sen uni taniysan) xabardor qildim. 8. Tarkibida ega ham qatnashgan undalmali gapni toping. A) Umidaxon, bu kishiga kabinetlarini ko‘rsating. B) Ey, yaxshilar, bir-birimizga mehr-oqibatli bo‘laylik C) Asabga zo‘r bermang, odamlar. D) Ey farzand, aytar so‘zing, fe’l-atvoring odamlarni ranjitmasin. 9. Kirish gap (kiritma gap) berilgan qatorni toping. A) Niyatingga yetkur, quloq sol B) Bir so‘z bilan aytganda, tabiat ayolni alohida mahorat va muhabbat bilan yaratgan. C) Qosimjon aka (u bizdan to‘rt-besh yosh katta edi) choy olib keldi. D) Boboning aytishicha, bir vaqtlar bu telefonni Orif oqsoqolga eng katta oqsoqol sovg‘a qilgan ekan. 10. Kirish so‘z ishtirok etgan gap qaysi qatorda berilgan? A) Ol, singlim, bolalarga kiyim-bosh qilib berarsan. B) Inson tez o‘tuvchi orzu-havaslarga o‘yinchoq bo‘lmasligi kerak, To‘g‘onbek. C) Kunduzi bo‘lsa, o‘zingdan o‘tar gap yo‘q, xunukroq ko‘rinadi. D) Koshki, o‘zgalarni g‘iybat qiluvchilar o‘z nuqsonlarini ham bilsa. 11. Yoyiq undalmali gap qaysi qatorda keltirilgan? A) Mana, taqsir, olib keldim, tekshirib ko‘ring. (A. O.) B) Biz-chi, eh... ba’zi bir ko‘zi ochiqlar, Eplab yurolmaymiz katta yo‘lda ham. (A. O.) C) Bahor keldi, gul ochildi, Nur sochildi borliqda (Z. Diyor) D) Lekin seni yo‘qotdim, birinchi muhabatim.(A.O) 12. Kirish gapni toping. A) U yog‘ini so‘rasang, aytaymi, dars tayyorlamaganman. B) Bunday qor, qariyalarning aytishicha, bu yaqin yillarda bo‘lmagan ekan. C) Ha, aytgandek, yangi unvonlar muborak. D) Jamila! Yig‘lama, yig‘lama! 13. Demak, pardozning ham, kiyinishning ham chamasi va me’yori bor. Ushbu gapdagi kirish so‘z qaysi ma’noni bildiradi? A) Ishonch va tasdiq. B) Shodlik yoki achinish. C) Bayon qilingan fikrning tartibi D) Bayon qilingan fikrning oldingi fikr bilan bog‘liqligi. 14. Gumonni bildiradigan kirish so‘z qaysi qatorda berilgan? A) Zokir ota, shubhasiz, juda tajribali paxtakor. B) Menimcha, u bugun-erta o‘yini o‘ylab olgani ma’qul. C) Mening so‘zlarim sizga, ehtimol, achchiq tatiyotandir. D) Jigarim esga tushsa, achinaman, albatta. 15. Kirish birikma qaysi gapda qo‘llangan? A) Har bir o‘rtog‘ingiz, shak-shubhasiz, sizga faqat yaxshi niyat tilaydi. B) Mirzakarimboy boshqalarga maqtanmasa ham (maqtanchoqlikni yomon ko‘rardi u), ba’zi vaqt ichidan faxrlanardi. C) Birinchidan, bu zamin bag‘rida Mendeleyev jadvalidagi hamma elementlar mavjud, ikkinchidan, o‘zbek xalqi juda mehnatkash xalq ekan. D) Tabibning ta’biricha, tuzalmaydigan kasallik yo‘q. 16. Qaysi qatorda kirish gap berilgan? A) Sharqning kattakon adabiyotini bilish uchun, afsuski, bizning yoshlarimizda intilish yo‘q. B) Kecha, desangiz, yomg‘ir yog‘ib qoldi. C) Gapning po‘sakallasini aytganda, kiyim-kechak masalasida ham yordam berishadi. D) Qishloqning orqa tomonida, es-es bilaman, katta uzumzor bor edi. 17. Tarkibida ega ham qatnashgan undalmali gapni toping. A) Asabga zo‘r bermang, odamlar... B) Salom senga, bahor ko‘rki majnuntol. C) Umidaxon, bu kishiga kabinetlarini ko‘rsating. D) Vatan, sen munchalar ko‘rkam! 18. Yoyiq undalmali gapni toping. A) Behudaga, o‘g‘lim, egma bosh. B) Otello, Otello, sening ishqingdan, Hayratga tushishning o‘zi bir sevgi. C) Salom senga, ko‘k archa, Qishin-yozin yashnaysan. D) Amudaryo, seni qalbdan kuylayman... 19. Uyushiq undalmali gapni toping. A) Baxtiyor yoshlar, to‘g‘ri yo‘ldan adashmang, yoshlikni behuda o‘tkazmang B) Menda ixtiyor yo‘q, oyijon! - d–di Kumush. C) Kuyla, kuyla, respublikam, baralla! D) Xayr, yashil o‘rmonlar, moviy dengizlar! 20. To‘g‘ri so‘zi kirish so‘z vazifasini bajargan qatorni aniqlang. A) To‘g‘ri so‘z toshni kesadi. B) To‘g‘ri o‘zadi, egri ozadi. C) Sen misolni to‘g‘ri yechding.D) To‘g‘ri, men yanglishibman. 21. Gap bo‘laklari bilan grammatik jihatdan bog‘lanmaydigan so‘z qaysi gapda qo‘llangan? A) To‘g‘ri, o‘zbek adabiyotining tarixi ming yillar bilan belgilanadi. B) Qirlar bag‘rini hali ko‘m-ko‘k, saf-saf pistalar, do‘lanalar bezab turibdi. C) Asal ta’sirida yuzda qizillik, bilakda kuch, ko‘zda nur yetarlicha bo‘ladi. D) Ba’zi vaqtda, sug‘orish paytlarida, kechalari ham tinim bo‘lmas edi. 22. Undalmali gapni aniqlang. A) Inson ezgulikni va ulug‘likni orzu qilishi kerak. B) Oh, umr o‘tdi-ketdi oqar suvday! C) Sharofat, aftidan, bunaqa gaplar bilan Siddiqjonning g‘ashiga tegmoqchi edi. D) Hoy, quyoncha, o‘zing qayoqqa ketyapsan? 23. Yig‘iq undalmali gapni toping. A) Aziz birodarlar, mehnatkash do‘stlar, hammamiz ham xalqimiz boyligi bo‘lgan paxtadan manfaatdormiz. B) Duradgor, amakim, kecha mukofot oldi. C) Oh, mayin allalarga boy ekansan, Farg‘ona! D) Cho‘lni obod qilish savob ish, albatta. 24. Sifat bilan ifodalangan undalma qaysi gapda berilgan? A) Aziz vatan, mehring, ishqing bilan to‘liq ovozim. B) Sevan ko‘li, ruxsoringga g‘ubor qo‘nmasin... C) Dunyoni qizg‘anma mendan, azizim, Sen ichgan buloqdan ichmasman aslo. D) Beshinchi, beshinchi, uchinchiga quloq sol. 25. Undalmalar gap bo‘laklari bilan qay jihatdan bog‘lanmaydi? A) ma’no B) ohang C) grammatik D) B va C 26. Undalmalar odatda qaysi shaxsga qaratilgan bo‘ladi? A) I shaxsga B) II shaxsga C) III shaxsga D) II va III shaxsga 27. Kirish gapni aniqlang. A) O‘qish, o‘rganish, hormay zo‘r ishtiyoq bilan ishlash, shubhasiz, g‘alabalarga etkazadi. B) Men sizga aytsam, buyuklikka eng yaqini halollikdir.C) Bugun menga bir qarashib yubormaysanmi, Otabek? D) Afsus, ming bor afsuski, bu xayolgina, xolos. 28. Dunyoda hech bir xalq to‘g‘ri kelolmas, mening bilishimcha, sening elingga. Ushbu gapdagi mening bilishimcha birikmasi qaysi qatorda to‘g‘ri izohlangan? A) murakkab kesim B) mening – aniqlovchi; bilishimcha – kesim C) mening bilishimcha – aniqlovchi D) kirish birikma 29. Undalma uyushiq holda qo‘llangan gapni toping. A) Oyi, oyi, menga-chi, tutib bersin ninachi. B) So‘yla, so‘yla, ko‘zgujon, Haqiqatni et bayon. C) Gunafshaxon, gunafsha, Kulishlaring chiroyli. D) Xayr, yashil o‘rmonzor, moviy dengizlar. 30. So‘zlovchining o‘zi bayon qilgan fikriga munosabatini bildirgan so‘z qaysi gapda berilgan? A) Ey farzand, fe’l-atvoring kishilarni ranjitmasin.B) O‘qishdan keyin sof havoda dam olamiz, albatta. C) Oy tangalari suv betida milt-milt oqadi. D) Bu joylar shuqadar chiroyli, shuqadar go‘zal! Download 43.13 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
1 2
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling