41-variant 1 – topshiriq


Download 43.7 Kb.
bet1/2
Sana13.11.2020
Hajmi43.7 Kb.
#144983
  1   2
Bog'liq
41-variant


41-variant
1 – topshiriq. Berilgan savollarga yozma tarzda javob tayyorlang.

1. Fuqarolik jamiyati qurish mamlakatimizning asosiy strategik pirovard maksadi

2. Yoshlarni milliy g‘oya ruhida tarbiyalashda ta’lim tizimi oldidagi ustuvor vazifalar.

3. Fuqarolik jamiyatining shakllantirish va rivojlantirishda demokratik institutlarning tutgan o`rni.

1. Vatanimiz mustaqillikka erishganidan so‘ng, bozor iqtisodiyotiga asoslangan erkin demokratik davlat barpo etish, fuqarolik jamiyatining mustahkam poydevorini shakllantirish bosh strategik maqsad sifatida belgilandi. SHu kabi jamiyatgina O‘zbekiston xalqining munosib turmushini, huquq va erkinliklarini kafolatlashi, milliy an’analar va ma’naviyatimizni qayta tiklashi, shaxs sifatida insonning ma’naviy-axloqiy kamol topishini ta’minlay olishi e’tirof etildi.

O‘zbekiston Respublikasining birinchi Prezidenti Islom Karimov o‘zining «O‘zbekiston XXI asr bo‘sag‘asida: xavfsizlikka taxdid, barqarorlik shartlari va taraqqiyot kafolatlari» kitobida shunday deb ta’kidlaydi: «Biz uchun fuqarolik jamiyati - ijtimoiy makon. Bu makonda qonun ustuvor bo‘lib, u insonning o‘z-o‘zini kamol toptirishiga monelik qilmaydi, aksincha, yordam beradi. SHaxs manfaatlari, uning huquq va erkinliklari to‘la darajada ro‘yobga chiqishiga ko‘maklashadi. Ayni vaqtda boshqa odamlarning huquq va erkinliklari kamsitilishiga yo‘l qo‘yilmaydi. YA’ni erkinlik va qonunga bo‘ysunish bir vaqtning o‘zida amal qiladi, bir-birini to‘ldiradi va bir-birini taqozo etadi»1.

Fuqarolik jamiyatini shakllantirishning asosiy mezonlaridan biri -bu uning huquqiy negizini yaratishdan iborat bo‘lganligi bois, birinchi navbatda O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida fuqarolik jamiyatining huquqiy poydevorini o‘rnatishga, uning asosiy qoida va talablarini huquqiy jihatdan mustahkamlovchi huquqiy normalarining o‘z ifodasini topishiga alohida e’tibor berildi.

O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida fuqarolik jamiyatining asosiy qoida va talablarini aks ettiruvchi prinsipial ahamiyatga ega bo‘lgan normalar sifatida davlat xalq irodasini ifoda etib, uning manfaatlariga xizmat qilishi, davlat organlari va mansabdor shaxslar jamiyat va fuqarolar oldida mas’ul ekanligi (2-modda), xalq davlat hokimiyatining birdan bir manbai hisoblanishi (7-modda), O‘zbekiston Respublikasi davlat hokimiyatining tizimi - hokimiyatning qonun chiqaruvchi, ijro etuvchi va sud hokimiyatiga bo‘linishi prinsipiga asoslanishi (11-modda), O‘zbekiston Respublikasida ijtimoiy hayot siyosiy institutlar, mafkuralar va fikrlarning xilma-xilligi asosida rivojlanishi, hech qaysi mafkura davlat mafkurasi sifatida o‘rnatilishi mumkin emasligi (12-modda) kabilarda fuqarolik jamiyatining asosiy prinsipial masalalari yuridik jihatdan mustahkamlanganligini ko‘rishimiz mumkin.

2. Mustaqil O’zbekistonda shakllanayotgan vatanparvarlik bu boradagi tarixiy an’analardan, mavhum siyosiy shiorga aylanib qolgan sovet vatanparvarligidan farq qiladi. Bu – taraqqiyot taqdirini o’z qo’liga olgan, ona yurtining boy imkoniyatlaridan istiqlol va istiqbol manfaatlarini ko’zlab oqilona foydalanish yo’liga o’tgan, milliy birlik, birdamlik, tenglik va teng huquqlilik borasidagi qadriyatlarga tayanib milliy o’zligini taniy boshlagan xalqning ma’naviy fazilatidir. 

Respublika aholisining asosiy qismini tashkil etuvchi o’zbeklarning shu tabarruk, ota-bobolaridan meros bo’lib qolgan zamindan boshqa vatani yo’qdir. O’zbekiston o’z nomi bilan o’zbeklarning ona yurti. O’zbeklar shu ona diyorni sevadi, uning tarixi, taqdiriga befarq qaray olmaydi. Bu - o’zbek milliy vatanparvarligining ma’naviy, ijtimoiy ildizlaridir. Shu vatan boy, barqaror, xalqlari ahil bo’lib, iqtisodiy, siyosiy-ijtimoiy, ma’naviy jihatdan kamol topishi dunyodagi barcha o’zbeklarning manfaatlariga mos keladi. 

O’zbekistonda yashayotgan barcha xalqlar, garchand ularning o’z vatanlari bo’lsa ham, mustaqil respublikamizda vaziyat barqaror bo’lib, ijtimoiy, iqtisodiy, madaniy taraqqiyot sur’atlari tezlashishidan manfaatdordirlar. Respublikamizda yashayotgan boshqa xalqlar vakillarining mamlakatimiz taraqqiyotiga, ijtimoiy-siyosiy barqarorlik saqlanishiga qo’shgan va qo’shayotgan hissasi ortib bormoqda. Bu esa O’zbekiston vatanparvarligi umummilliy ma’naviyatga ham aylanganini ko’rsatadi. 

«Turkiston – umumiy uyimiz», degan g’oyaga asoslangan vatanparvarlik ham mazkur mintaqada yashovchi xalqlar o’rtasidagi birdamlik, hamkorlik va hamjihatlikni mustahkamlovchi ma’naviy, mafkuraviy omildir. Umumiy uyimiz bo’lgan Turkiston zamini barchamizning minglab yillar davomida shakllangan umumiy vatanimiz hamdir. O’zbekiston respublikasida bunyodkor g’oaylarning tutgan urni, ularning tuzilishi haqida ko’rib chiqamiz. 

Bunyodkor g’oya – 1)O’zbekiston Prezidenti Islom Karimov tomonidan nazariy jihatdan asoslab berilgan tushuncha hisoblanadi; 

2) bu g’oya odamlarni, turli guruh va qatlamlar, millat va davlatlarni taraqqiyot sari yetaklovchi, xalqni ezgu maqg’sad yo’lida ,bhufkbrlf harakat qilishga undovchi g’oya. 

Bunyodkor g’oya ta’sirida inson ezgulikka yetish, millatlar va davlatlar esa ozodlik va mustaqillikka erishish uchun intiladi, adolat va haqiqat tantanasi yo’lida kurashadi, buyuk tarixiy g’alabalarni qo’lga kiritadi. Prezidentimiz Islom Karimov ta’kidlaganidek, o’zida gumanizm talablarini aks ettiradigan, inson kamolotiga, jamiyat rivojiga, millat taraqqiyotiga, xalqning iroda va intilishlariga xizmat qiladigan, uni jipslashtirib, oliy maqsadlarga safarbar etadigan g’oyalar bunyodkor g’ogyalardir. (LUG’ATdan) 

Shu sababli ham milliy g’oyaning asosiy tushuncha va prinsiplari tizimida insonning jamiyatda o’rni bunyodkor kuch sifatida belgilangan. Istiqlolning bosh g’oyasi ham, asosiy g’oya va tushunchalari ham bunyodkorlik falsafasi bilan yo’g’rilgan. Chunki bunyodkorlik – xalqimizning eng olijanob fazilati. Prezidentimiz ta’biri bilan aytganda, o’zbek tom ma’noda bunyodkordir, do’ppisida suv tashib bo’lsa ham daraxt ko’kartiradi. Darhaqiqat, mustaqillik yillarida mamlakatimizda iqtisodiy, ijtimoiy siyosiy-madaniy, ma’naviy sohalarda amalga oshirilayotgan islohotlar, erkinlashtirish jarayonlari bunyodkorlik ishlariga yorqin misol bo’ladi. Ming yillar utsa xam, ulug ajdodlarimizning matonati va kaxramonligi xalkning xotirasidan uchmaydi.Chunki ular yuksak goyalar –Vatan ozodligi, el-yurt baxt-saodati, ilmu urfon rivoji yulida jon fido kilganlar. Bunyodkorlik goyalari yurtni obod, xalk xayotini farovon kilishdek olijanob maksadlar bilan ajralib turadi. 

Islom Karimov suzlari bilan aytganda «Uzbek tom ma’noda bunyodkordir». «Ezgu fikr, ezgu suz va ezgu ishni alkayman. Uzimni ezgu fikrga, ezgu suzlarga, ezgu ishlar amaliga baxshida kilaman, barcha yomon fikrlardan, yomon suzu yomon ishlardan yuz ugiraman», deyiladi «Avestoda». Bu yuksak goyalar zardushtiylarning ulmas mafkurasi edi. 

G’oyalarni iloxiy tushuncha deb bilgan Aflotun (er.av. 427-348 y.y) ning xam asosiy goyasi ezgulik va yagonalik edi. Sukrot (er.avv. 470-399 yy) adolatga xilof bulgan davlat boshkaruvining barcha shakllarini tankid kiladi, fakatgina adolatli, demokratik davlat boshkaruvini yoklab chikadi. Abu Nasr Farobiy (873-990) ning «Fozil odamlar shaxri» tugrisidagi Alisher Navoiyning insonparvarlik goyalari bunyodkor goyalarga misol buladi. Xitoy mutafakkiri Konfusiy (er.avv. 551-479) ning fanlar ijtimoiy kelib chikishi yoki jamiyatdagi mavkei orkali emas, balki odamiylik, adolatparvarlik, xakguylik kabi fazilatlarga erishishi tufayli kamolotga erishadi degan goyalari bunyodkor giyaga misoldir. Xind xalkining buyuk farzandi Maxatma Gandi (1869-1948yy) mustamlakachilikka karshi kurashning timsoli edi. U xindlar bilan musulmonlarni, din bilan siyosatni birlashtirishga xarakat kilgan. Unga xalk «Maxatma», «Buyuk kalb» deb nom bergan. Amir Temurning bunyodkorlik goyalari «Temur tuzuklari» dagi «Agar fukarodan birining uy-imorati buzilib, tuztishga kurbi yetmasa, kerakli uskunalarni yetkazib berib, unga yordam berilsin» degan kursatmasi, kilgan ishlari, kurilishlari, fozillarga xurmati bunyodkorlikka namunadir. 

Jamiyatda ezgu g’oyalar barcha davrlarda yuksak orzular bilan yashashga, olijanob maqsadlar yo’lida e’tiqod bilan kurashishga o’rgatadi. Mustaqillik yillarida O’zbekistonda amalga oshirilayotgan barcha sohalardagi bunyodkorlik ishalri bunga yorqin misoldir. Inson va jamiyat bor ekan, ezgulik g’oyalarining ziddi bo’lgan zulm va zo’ravonlik, qabohat va jaholat yangi-yangi shakllarda namoyon bo’lishi ham mumkin. Lekin ular insoniyatning adolat, tenglik, tinchlik, qardoshlik va farovonlik g’oyalariga tayanib, yuksak maqsadlar sari intilishlarini to’xtata olmaydi. Ezgu va yuksak g’oyalar odamlarni hamisha olijanob maqsadlar sari yetaklayveradi. Bunyodkorlik g’oyalari yurti obod, xalq hayotini faravon qilishdek olijanob maqsadlar bilan ajralib turadi. Ular insoniyat taraqqiyotiga erishgan davrlardan buyon jamiyat hayotining eng ezgu g’oyalari sifatida yashab kelmoqda. 

Bunyodkor g’oya – insonni ulug’laydigan, uning kuch-g’ayrati va salohiyatini oshirib xalqi, Vatani, butun insoniyat uchun foydali ishlar qilishga safarbar etadigan, o’zida taraqqiyot, ma’rifat, do’stlik, tinchlik, adolat, halollik, poklik kabi ezgu his-tuyg’ularning urug’ini mujassam etadigan g’oyadir. 

Ozodlik, mustaqillik, tinchlik, adolat, tenglik, hamkorlik, do’stlik, birodarlik, hurfikrlilik, ma’rifatparvarlik, bag’rikenglik, xalqparvarlik, vatanparvarlik, invonparvarlik, tashabbuskorlik, mehnatsevarlik, xayrixoxlik, barqarorlik, tadbirkorlik, ishbilarmonlik, halollik, poklik va h.k.bunyodkorlik g’oyalarining ko’rinishlari bo’lsa, kelajakka ishon, adolat, haqiqatni tan olish, jur’atli bo’lish, sobitqadamlik, mehr-muruvvat, sahovatlilik, baynalminallik, millatlararo do’stlik va birodarlik, fidoiylik, yurtga sadoqatlilik, taraqqiyparvarlik, iymon-e’tiqodlilik, vijdon erkinligi, safarbar etish, uyushtirish, faravonlik, tashabbuskorlik, ezgulik, yaratuvchilik, fikr erkinligi – bunyodkor g’oyalarga xos xususiyatlardir. 

• Vatanparvarlik g’oyasi ham bunyodkor g’oyasining tarkibiy qismlaridan biridir. Vatanparvarlik – milliy va umuminsoniy qadriyatlarni bilish va hurmat qilish ekani. Katta tarbiyaviy ahamiyatga ega bo’lgan qadriyatlar – millat taraqqiyoti, uning tarixi va madaniyati, xalqning yashash va mehnat qilish sharoitlarini o’zida mujassamlashtirgan, turmush tarzi, axloqi, e’tiqodi, psixologiyasi bilan boІliq bo’lgan an’analardir. 

Yoshlarda vatanparvarlik e’tiqodi shakllanishiga ta’sir etadigan qadriyatlar jumlasiga ona tili, milliy, diniy bayramlar, marosimlar, bolajonlik, oilaparvarlik, ota-onaga, qo’ni-qo’shniga, mahalla-kuyga, oqsoqollarga hurmat, mehr-muruvvatlilik, rahm-shavqatlilik, ozodalik, insonparvarlik, musofirparvarlik, halollik, iymonlilik, e’tiqodlilik, yurtimizning go’zal tabiatidan ilhom olishlik, uni saqlash madaniyatiga ega bo’lishlik va shu kabi boshqa qadriyatlar kiradi. Bular – umuminsoniy ma’naviy qadriyatlar hamdir. Mamlakatimizda keng nishonlanayotgan mustaqillik bayrami, Konstitusiya kuni va boshqa tantanalar ham vatanparvarlik e’tiqodi mustahkamlanishiga bevosita ta’sir etadi. Umuminsoniy qadriyatlarni bilish va hurmat qilish millat ma’naviy kamolotining omillaridandir. 

Vatanparvarlik e’tiqodi - huquqiy, axloqiy burch va mas’uliyat tuyg’usi ekani. Vatanparvarlik har bir shaxs o’zining vatani, millati oldidagi burchi va mas’uliyatini to’la, to’g’ri anglashdir. Jamiyat taraqqiyoti natijasida inson kamoloti, yashashi va mehnat qilishi uchun imkoniyatlar kengayadi. Bu esa har bir fuqaro vatan oldidagi o’z burchi va mas’uliyatini anglashi zaaruriyatini keltirib chiqaradi. Jamiyatda yashash uning imkoniyatlaridan o’z maqsadlarida foydalanishgina emas, balki muayyan huquqiy, axloqiy mezonlariga rioya qilish hamdir, vatanga naf keltirishdir. 

Burch – jamiyat har bir fuqaroning zimmasiga yuklangan vazifalarni ifodalaydi. Mas’uliyat esa shu burchni anglab, unga asoslangan faoliyat qilishga qaratilgan ma’naviy omildir. Burchni his qilmaslik, mas’uliyatsizlik, vatan, xalq manfaatlariga, istiqbol muammolariga befarq, loqaydlik bilan yondoshish belgisi hisoblanadi. Islom Karimov ko’rsatib o’tganidek, qadimgi ajdodlarimiz komil inson o’z burchi va mas’uliyatini anglashi haqida butun bir axloqiy talablar majmuasini, zamonaviy tilda aytsak, sharqona axloq kodeksini ishlab chiqqanlar. Islom Karimov ko’rsatib o’tganidek, kishi qalbida haromdan xazar, nopoklikka, adolatsizlikka nisbatan murosasiz isyon bo’lishi kerak. Burch va mas’uliyat tuyg’usi shunda namoyon bo’ladi. Shunday odamgina nafsini tiyadi, birovning haqiga xiyonat qilmaydi, sadoqatli bo’ladi. Vatani, xalqi uchun jonini fido etishda ham o’zini ayamaydi. Buning aksi o’laroq, yolg’onchi, va’daboz kishida vatanparvarlik tuyg’usi bo’lmaydi. Manfaatparastlik yo’lida qilingan har bir ish, u qanchalik balandparvoz ta’rif-tavsiyalarga o’ralmasin, fatvolar to’qib chiqarmasin, baribir vatanga xiyonatdir. 

Bozor munosabatlari sharoitida vatanparvarlik tuyg’usining ijtimoiy, tarbiyaviy ahamiyati yanada ortishi. Bozor – oldi-sotti bo’ladigan joygina emas, balki millat madaniyati, mas’uliyati, halolligining ham ko’rsatkichidir. Vatanparvar millatgina o’z mamlakatida halollikka asoslangan bozor munosabatlarini o’rgatishga qodirdir. 

Shuning uchun ham vatanparvarlik tarbiyasini amalga oshirishda shaxsiy va ijtimoiy manfaatlarning nisbatini, bozor iqtisodiyotiga asta-sekin, ijtimoiy larzalarsiz o’tish siyosatining mohiyatini, shaxsiy, guruhiy manfaatlarini mutloqlashtirishning zararli oqibatlarini, shaxsiy manfaatlar vatan, millat taqdiri, manfaatlari bilan bog’langandagina samarali bo’lishi mumkinligini ko’rsatish zarur. 

Bozor munosabatlari sharoitida mo’may foyda ketidan quvib, millat va mamlakat manfaatiga xiyonat qilish - vatanfurushlikdir. O’g’irlik, poraxo’rlik, mansabni suiiste’mol qilish ham vatanparvarlik e’tiqodiga ziddir. 

Bozor munosabatlari sharoitida kishilarda halollik, iymonlik, vijdonlik, birovning haqiga xiyonat qilishdan qo’rqish, mehr-muruvvatlilik, hayr-ehson qilish singari fazilatlarni shakllantirishda milliy-axloqiy qadriyatlardan, £ur’oni Karim, ¥adislar, sha’riyat qoidalarida oldinga surilgan ma’naviy komillik mezonlaridan keng foydalanish lozim. 

Ona yurtimizda tinchlik, barqarorlik va osoyishtalikni saqlashga intilish ham vatanpatvarlik belgisi sifatida. 

Bu boradagi mas’uliyat tuyg’usini tarbiyalashda mustaqillik sharoitida demokratiyaning sharqona an’analari rivojlanishini, mohiyatini yoshlarga tushuntirish, ularda jamoatchilik fikrini hurmat qilish, uzoqni o’ylab ish tutish, ehtiros va hissiyotlarga berilmaslik, har qanday og’ir vaziyatda o’zini tutib tura olishi madaniyatini shakllantirishga katta e’tibor berish zarur. 

Siyosiy partiyalar va ommaviy jamoatchilik tashkilotlari faoliyatiga imkoniyatlar yaratib berilishi, O’zbekiston Konstitusiyasi qabul qilinishi va respublika Prezidenti yashirin ovoz berish yo’li bilan xalq tomonidan saylanishi, ko’plab iqtisodiy, siyosiy masalalar yuzasidan referendumlar o’tkazib turilishi yurtimizda tomir otayotgan demokratiyaning belgisidir. Tinchlik, ahillik, osoyishtalik barqaror bo’lgan joydagina taraqqiyot bo’lishi, inson o’z orzu-umidlariga yetishi mumkinligini fuqarolar to’la anglab yetishi vatanparvarlik e’tiqodi burch, mas’uliyat darajasiga ko’tarilishiga olib keladi. 

Vatanparvarlik - halol, ijodiy fidokorona mehnat qilish va Vatan boyligiga boylik, qudratiga qudrat qo’shishdir. Insonni istiqlol va istiqbol manfaatlari yo’lidagi halol mehnat ulug’laydi. Vatanparvarlik o’lkamizning boyliklari, imkoniyatlaridan samarali, uzoqni ko’zlab, davr talablari va fan, texnologiya yutuqlariga asoslanib foydalanish, faoliyatining har bir turi sohasida vatan, millat istiqbolini ko’zlab mehnat qilishdir. O’lkamiz resurslari talon-taroj qilinishiga, atrof-muhit ifloslanishiga yo’l qo’ymaslik, ishbilarmonlikning samarali, ijtimoiy foydali yo’llarini izlash, tijoratda chetdan mol olib kelib sotish bilangina cheklanmaslik ham vatanparvarlikning balgisidir. Chetga xom ashyo yuborib, tayyor mahsulot keltira bersak siyosiy, iqtisodiy qaramlikning bir shaklidan ikkinchi shakliga tushib qolishimiz mumkin. Bu muammolarni bilish ham yoshlarning vatan, istiqbol oldidagi mas’uliyatini kuchaytiradi. 

Ishlab chiqarishning barcha sohalarini rivojlantirishda ilg’or fan va texnika yutuqlariga tayanish ham milliy vatanparvarlik mas’uliyatidir. Chetdan texnika va texnologiya sotib ola berish mamlakat uchun xatarli oqibatlarga olib kelishi mumkinligini yoshlar to’la anglashi lozim. Tayyor mahsulotlar ishlab chiqarib ichki bozorni ta’minlash va eksport qilishni iqtisodiy taraqqiyotning bosh yo’li deb bilish ham vatanparvarlik e’tiqodining ko’rinishidir. 

Tadbirkorlikka, mulkchilikning turli shakllariga munosabatlarni doim takomillashtirib borish, mehnat faoliyatining hamma jabhalarida vatan va millat istiqbolini o’ylab izlanishda bo’lish istagini turli tarbiyaviy omillar yordamida shakllantirmoq kerak. Xayr-ehsonni dunyoviy ishlar uchun qilishga ham yoshlarni o’rgatish zarur. ¥alol, fidokorona mehnat borasidagi vatanparvarlik barcha fuqarolarga xos fazilat bo’lishi lozim. 

Vatanparvarlik – xalqaro munosabatlarda vatan, millat manfaatlarini birinchi o’ringa qo’yishdir. Xalqaro munosabatlarda qat’iylik, donolik, uzoqni ko’ra bilishlik, xorijda ishlovchi O’zbekiston vakillarining obro’-e’tibori, ular mamlakatimiz, xalqimizning sha’niga-shan, shuxratiga-shuxrat qo’shishi ham vatanparvarlikdir. Xorijiy mamlakatlardagi bilimlar, amaliy malakalar, fan yutuqlari, ilg’or texnologiyalarni egallab, vatanimizda qo’llash boshqa davlatlarda ta’lim olayotgan yoshlarning vatan oldidagi burchi, mas’uliyatidir. Xorijiy mamlakatlarda o’zbek xalqining tarixi, boy madaniy merosi, hozir respublikamizda amalga oshirilayotgan keng ko’lamli islohotlarning mohiyati va maqsadlarini keng targ’ib etish ham barchamizning vatanparvarlik burchimizdir. 

Harbiy vatanparvarlik an’analariga sodiq bo’lish va yoshlarni vatanga sadoqat ruhida tarbiyalash deganda O’zbekistonni himoya qilish - fuqarolarning muqaddas burchidir. Mustaqil O’zbekistonning harbiy doktrinasida belgilangan vazifalar, hozirgi xalqaro vaziyat, mustaqil vatanimizning mudofaa qudratini oshirish zaruratini yoshlarning ongiga chuqur singdirish kerak tushuniladi. Yoshlar o’rtasida harbiy vatanparvarlik tarbiyasini amalga oshirish bilan bog’liq bo’lgan tadbirlarni umumta’lim maktablaridayoq yo’lga qo’yish kerak. Oliy va o’rta maxsus o’quv yurtlarida ham harbiy vatanparvarlik tarbiyasiga katta e’tibor berish zarur. Vatanni himoya qilish - o’tgan ajdodlar ruhini shod qilish, ular qoldirgan moddiy, ma’naviy boyliklarni avaylab asrashdir, ular talon-taroj bo’lishiga, xalqning oru-nomusi, qadr-qimmati yerga urilishiga yo’l qo’ymaslikdir. O’zini himoya qilishga qodir bo’lgan mamlakatgina istiqboli porloq davlat bo’la olishi mumkin. 

Yoshlarni harbiy vatanparvarlik ruhida tarbiyalash yo’llari ma’naviy kamolot va jismoniy salomatlikdir. Vatan va xalq oldidagi burch va mas’uliyatni anglash, harbiy texnika va harbiy san’atni chuqur egallash ham vatan va millat manfaatlarini himoya qilishning yo’lidir. ¥arbiy nizom va intizomga rioya qilish, harbiy xizmatdagi yoshlar o’rtasida mahalliychilik, guruhbozlik va millatchilik hollarining oldini olish, harbiy jihatdan qudratli bo’lgan davlatgina o’z mustaqilligini himoya qila olishi mumkinligini yoshlarga tushuntirish zarur. Yoshlarni harbiy xizmatga kuzatish marosimlarini tantanali o’tkazish ham shu tadbirlar tizimiga kiradi. 

Harbiy xizmatni o’tayotgan yoshlar o’rtasida vatanparvarlik tarbiyasini amalga oshirishda urush va mehnat faxriylari bilan o’tkaziladigan uchrashuvlardan ham keng foydalanish maqsadga muvofiqdir. 

• Insonparvarlik – bu, o’zbek xalqi ruhiyatining ajralmas fazilatidir. Shavqatsizlik va zo’ravonlik uning tabiyatida yotdir. Bizning xalqmiz o’zining voqealariga boy ko’p ming yillik tarixi davomida ko’p narsalarni boshidan kechirdi – madaniyat, ilm – fan, o’z davlatchiligi yutiqlari nashidasini surdi, o’zaro nizolar, begonalar asorati alamini tortdi, eng yaxshi o’g’il – qizlaridan judo bo’ldi. Lekin tarixning o’zi ham, omonsiz jangu – jadallar ham, tabiiy ofatlar va ochko’zlik ham xalqimizning insoniylik tabiyatiga dog’ tushira olmaydi. O’zbek oilasida bugungi kunni yaxshilash va yorug’lik, bolalarga mehr, kattalarga hurmat, yaqinlarga va boshqalarning qayg’usiga hamdardlik mujassamlashgandir>. 

Insonparvarlik – jamiyatni ma’naviy yuksaklikka elituvchi omil, milliy manaviyatga, milliy ruh, urf – odatlarga, qadriyatlarga ko’rk bag’ishlovchi hususiyat, insonparvarlik – insonning insonga nisbatan mehr – oqibatliligi, muruvatligi boshga og’ir kun tushganda hamdardligi, ezgu fikr, ezgu amali birligi, millatidan, dinidan, ijtimoiy ahvolidan qat’iy nazar barcha insonlarga nisbatan g’amxo’rlik. 

O’zbek oilalarida bolalar qadim – qadimdan mehnat jarayonida tarbiyalangan. Poliz va bog’dorchilik ishlari bilan shug’ullanganda, hunarmandchilik qilganda, hashar, bayram, to’y va azalar bilan bog’liq turli ommaviy marosimlarda bolalar kattalar bilan bab – baravar mehnat qilishib, insonparvarlik xislatlarini kamol toptirishgan. 

Insonparvarlik xislatlari milliy qadriyatlar bilan uyg’un holda shakllanadi. Buni o’zbek xalqi ikkinchi jahon urushi yillarida ming – minglab yetim bolalarga, nochor oilalarga boshpana berganida, tabiiy ofat yetgan Armaniston, Tojikiston xalqiga ko’rsatgan insonparvarlik yordamida, hozirgi kunda jahon miqyosida olib borilayotgan tinchlik siyosati misolida ko’ramiz. 

Afg’oniston janglari, Chernobil halokati, Toshkentda 1999 – yil 16 – fevralda sodir bo’lgan mash’um voqealardan jabr ko’rgan oilalar va fuqorolarga ko’rsatilgan saxovat, mehr – muruvvat haqiqiy insonparvarlik timsolidir. 

Insonparvarlik bor joyda odamlar o’rtasida kuchli mehr oqibat, do’stona munosabat, oila farovonligi ta’minlanishi tabiiydir. Shuning uchun bizning xalqimiz, hukumatimiz olib borayotgan ijtimoiy siyosatning negizini insonparvarlik g’oyasi tashkil etadi. Bugungi kunda respublikamizda amalga oshirilayotgan islohatlarning mazmunida inson omili, uning bahti va farovonligi aks etadi. Shu bois mamlakatimizning kelajagi buyukdir. 

Adolat va haqiqat g’oyasi ijtimoiy hayotimizning barcha sohalarini qamrab olmog’i darkor. Adolat va haqiqat g’oyasi qonunchilik faoliyatimizning zamini, bosh yo’nalishi bo’lmog’i shart. Davlatchilik va fuqarolik munosabatlari, mehnat va uy – joy, nafaqa va soliq, tabiyatni muhofaza qilish va jinoyatchilikka qarshi kurashish masalalari, qo’yingki, hayotimizning hamma jabhalari anashu zaminga tayanishi zarur. 

Inson manfaatlari himoya qilingan, qonun ustuvorligi ta’minlangan, har bir fuqaroning jamiyat va tabiyat qonuniyatlariga rioya etishi ongli va qat’iy yo’lga qo’yilgan jamiyat adolatli jamiyatdir. U yoki bu millatning, xalqning kuchi va buyukligi uning adolatparvarligi bilan belgilanadi. Adolat hukmron bo’lgan xalqning, mamlakatning kelajagi buyukdir. Jabr- zulm, nohaqlik, tengsizlik, millatchilik, mahalliychilik, milliy, diniy, irqiy kamsitishlik mavjud jamiyatda hech qanday totuv hayot, o’zaro ishonch bo’lmaydi, adolat tarozusi buziladi. 

1999 – yil 16 – fevralda Toshkent shahrida Prezident va hukumat a’zolari joniga qast qilishga urungan, muhum binolarni portlatgan nokastlar el qarg’ishiga duchor bo’lgan vatan xoyinlaridir. Ularni kelajak avlod ham xoyinlar sifatida la’natlaydi. O’z vataniga xiyonat qilgan bu nobakorlar o’zgalar vataniga ham do’st bo’lmaydi. Bundaylarning na vatani, na uyi, na millati va na go’ri bor. 

G’oya va mafkuraning tarixiy shakllarini, mazmun-moxiyatini azal-azaldan ezgulik va yovuzlik, bunyodkorlik va vayronkorlik urtasidagi kurash dialektikasi belgilab keladi, ya’ni boskinchilik, boshkalar xisobidan boyish, tajovujkorlik, akidaparastlik mafkuralarga karama-karshi ularok, ozodlik mustakillik va adolat goyalari uzluksiz mamaydonga chikib xalklarining muzaffar bayrogiga aylangan. Bunyodkorlik goyalari insonni uluglaydi, uning ruxiga kanot bagishlaydi. Xar bir xalkning tarixi shu xalkdan yetishib chikkan buyuk siymolar, mard kaxramonlar va fidoyi insonlar tarixi asosida bitiladi.

3. O‘zbekiston o‘z mustaqilligining dastlabki yillaridanoq Prezidentimiz Islom Karimov rahnamoligida ijtimoiy yo‘naltirilgan bozor iqtisodiyotiga ega demokratik davlat qurish, inson manfaatlari, huquq va erkinliklari asosiy qadriyatga aylanadigan, qonun ustuvorligi ta’minlanadigan fuqarolik jamiyatini shakllantirish yo‘lini tanladi. Prezidentimiz tomonidan ishlab chiqilgan va jahonda keng e’tirof etilgan islohotlarning “o‘zbek modeli” davlatimiz tomonidan mamlakatimizni isloh etish va modernizatsiya qilish bo‘yicha tanlangan yo‘lning asosiga aylandi. Kuchli davlatdan kuchli fuqarolik jamiyatiga o‘tish bu boradagi islohotlarning asosiy tamoyillaridan biridir.

Fuqarolik jamiyati shakllanishini monitoring qilish mustaqil instituti direktori E.Solihov, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi huzuridagi Nodavlat notijorat tashkilotlarini va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlarini qo‘llab-quvvvatlash jamoat fondi mablag‘larini boshqarish bo‘yicha Parlament komissiyasi raisi A.Saidov, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasi rektori A.Abduvohidov, O‘zbekiston kasaba uyushmalari federatsiyasi kengashi raisi T.Norboyeva va boshqalar Prezidentimiz Islom Karimov tomonidan ilgari surilgan Mamlakatimizda demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish konsepsiyasida belgilab berilgan vazifalarning amalga oshirilishi fuqarolik jamiyati institutlarining rivojlanishida yangi bosqich bo‘lganini alohida ta’kidladi.

Uchinchi sektorning rivojlanish tendensiyalarini aniqlash maqsadida Fuqarolik jamiyati shakllanishini monitoring qilish mustaqil instituti har yili fuqarolik jamiyatida ro‘y berayotgan jarayonlarning tizimli monitoringi va tahlilini o‘tkazib kelmoqda, ijtimoiy-siyosiy hamda ijtimoiy-iqtisodiy vazifalarni bajarishda nodavlat notijorat tashkilotlari va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlari rolini yanada oshirishga bag‘ishlangan turli tadbirlar tashkil etmoqda.

Navbatdagi monitoring natijalari so‘nggi yillarda mamlakatimizda demokratik islohotlarni amalga oshirish, muhim ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish davlat dasturlarini ishlab chiqish va hayotga tatbiq etishda, inson huquq va erkinliklarini himoya qilishni ta’minlash sohasida qonunlarga rioya qilish hamda davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari faoliyatining ochiqligini ta’minlash ustidan jamoatchilik monitoringini o‘tkazishda nodavlat notijorat tashkilotlarining roli va ahamiyati sezilarli darajada kuchayganini ko‘rsatdi.

Bu borada mamlakatimizda fuqarolik jamiyati shakllanishi, uning institutlari tashkil etilishi va mustahkamlanishi yo‘lida zarur sharoitlar yaratishga qaratilgan qator tashkiliy-huquqiy choralar amalga oshirildi. Jumladan, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari, nodavlat notijorat tashkilotlari, jamoat birlashmalari va fondlari, kasaba uyushmalari, OAV, ular faoliyatining huquq va kafolatlari to‘g‘risida qonunlar qabul qilindi. Bular fuqarolik jamiyatining institutsional tuzilmasini tashkil etib, fuqarolarni muhim ijtimoiy vazifalarni hal qilish jarayoniga faol jalb etish imkonini bermoqda.

2008-yilda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi huzurida Nodavlat notijorat tashkilotlarini va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlarini qo‘llab-quvvatlash jamoat fondi va fond mablag‘larini boshqarish bo‘yicha Parlament komissiyasining tashkil etilishi nodavlat notijorat tashkilotlarining izchil rivojlanishiga ko‘maklashmoqda. Parlament komissiyasi qarorlariga muvofiq, so‘nggi besh yilda turli nodavlat notijorat tashkilotlari va fuqarolik jamiyati institutlariga muhim davlat dasturlari va boshqa ijtimoiy ahamiyatga molik loyihalarni amalga oshirish uchun 28,9 milliard so‘mdan ortiq mablag‘ ajratildi.

– Fuqarolik jamiyati – rivojlangan demokratik davlatning asosidir, – dedi elchi, YeXHTning O‘zbekistondagi loyihalari muvofiqlashtiruvchisi Derd Sabo. – O‘zbekistonda fuqarolik jamiyati faol rivojlanmoqda. Ushbu jarayonda biz ham ishtirok etib, Fuqarolik jamiyati shakllanishini monitoring qilish mustaqil instituti kabi tashkilotlar bilan aniq loyihalarni amalga oshirish bo‘yicha hamkorlik qilayotganimizni ta’kidlashni istardim. YeXHTga a’zo davlatlardagi xalqaro ekspertlarni taklif etgan holda tadbirlar o‘tkazmoqdamiz, ularda ishtirokchilar tajriba almashib, bilimlarini boyitmoqda.

2013-yilning dekabr oyida qabul qilingan O‘zbekiston Respublikasining “Ekologik nazorat to‘g‘risida”gi qonuni nodavlat notijorat tashkilotlari va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlarini qo‘llab-quvvatlashning mantiqiy davomi bo‘ldi. Ushbu qonun jamoat tashkilotlari, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlariga jamoatchilik ekologik nazoratini amalga oshirish va atrof-muhit muhofazasini ta’minlash masalalarini hal etishda faol qatnashish imkonini yaratdi. Nodavlat notijorat tashkilotlarini yanada rivojlantirishga ko‘maklashish maqsadida 2013-yil 12-dekabrda Prezidentimiz Islom Karimovning “Fuqarolik jamiyati institutlarini rivojlantirishga ko‘maklashish borasidagi qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori qabul qilindi. Ushbu qarorda nodavlat notijorat tashkilotlarini ro‘yxatga olish, ularning hisobot topshirish tartiblarini soddalashtirish, davlat organlari va nodavlat notijorat tashkilotlari o‘zaro munosabatlarining tashkiliy-huquqiy mexanizmlarini takomillashtirish bo‘yicha chora-tadbirlarni amalga oshirish nazarda tutilgan. Bundan tashqari, davlat boji va nodavlat notijorat tashkilotlari va ularning ramzlarini davlat ro‘yxatiga olish uchun to‘lanadigan yig‘imlar miqdori sezilarli darajada kamaytirildi, davlat ro‘yxatiga olish bo‘yicha murojaatlarning adliya organlari tomonidan ko‘rib chiqish muddati qisqartirildi.

Konferensiyada nodavlat notijorat tashkilotlarining yanada rivojlanishini, mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlarning samaradorligini ta’minlashda ularning rolini kuchaytirish maqsadida “Ijtimoiy sheriklik to‘g‘risida” va “O‘zbekiston Respublikasida jamoatchilik nazorati to‘g‘risida”gi qonunlarni tez muddatlarda qabul qilish zarurligi ta’kidlandi. O‘zbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksiga jamoatchilik nazoratini amalga oshirish bo‘yicha nodavlat notijorat tashkilotlarining huquqlarini belgilab beradigan qonunchilik talablarini buzganligi uchun davlat organlari mansabdor shaxslarining javobgarligini oshirishni nazarda tutadigan o‘zgartish hamda qo‘shimchalar kiritish ham muhim masala bo‘lib qolmoqda.

– O‘zbekistonda davlat nodavlat notijorat tashkilotlari va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlari rivojlanishiga har tomonlama yordam ko‘rsatmoqda, – dedi «O‘zbekistondagi mintaqaviy muloqot» xalqaro nohukumat tashkiloti (Sloveniya) mintaqaviy direktori Myusha Sever. – O‘zbekiston rahbari tomonidan o‘tgan yilning oxirida qabul qilingan qarorda NNTlarni ro‘yxatdan o‘tkazish tartibi jiddiy ravishda soddalashtirilgani, ularga qo‘shimcha imkoniyat va imtiyozlar berilgani bunga yaqqol misol bo‘la oladi. Ana shunday chora-tadbirlar tufayli NNTlarning ijtimoiy va sotsial-iqtisodiy faolligi ortib, faoliyat samaradorligi yuksaldi.

Konferensiyada faoliyati milliy qonunchilik va xalqaro standartlarning barcha me’yorlariga mos keladigan nodavlat notijorat tashkilotlarining ijobiy tajribasini ko‘rib chiqishga alohida e’tibor qaratildi. Xususan, O‘zbekiston Nodavlat notijorat tashkilotlari milliy assotsiatsiyasining davlat va boshqa ijtimoiy ahamiyatga ega dasturlarning hayotga tatbiq etilishida nodavlat notijorat tashkilotlari sa’y-harakatlarini birlashtirishdagi roli qayd etildi.Mamlakatimizda yaratilgan mustahkam qonunchilik bazasi va ko‘rilayotgan chora-tadbirlar tufayli nodavlat notijorat tashkilotlari soni yildan-yilga ortib, ularning faoliyati samaradorligi va sifati yuksalib bormoqda. 2014-yilning 1-yanvar holatiga ko‘ra, adliya idoralarida ro‘yxatdan o‘tgan nodavlat notijorat tashkilotlari soni 7,8 mingdan oshdi. Holbuki, 1991-yilning boshida mamlakatimizda atigi 95 nodavlat notijorat tashkiloti faoliyat yuritar edi. Bugungi kunda tadbirkorlik va fermerlikni rivojlantirishga yordam beradigan tuzilmalar, sport va yoshlar tashkilotlari, siyosiy partiyalar hududiy bo‘linmalarining salmoqli o‘rni bor. Ijtimoiy ahamiyatga molik loyihalarni amalga oshirish maqsadida ajratilayotgan grant mablag‘lari hisobidan nodavlat notijorat tashkilotlarini moliyalashtirish hajmi kengaymoqda. Masalan, agar 2009-yilda ularga 444,6 million so‘m ajratilgan bo‘lsa, 2013-yilda bu ko‘rsatkich 2,7 milliard so‘mga yetdi. Shuningdek, qonunchilikni takomillashtirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqish va ularning muhokamasiga nodavlat notijorat tashkilotlari faollarini jalb etish o‘sib borayotgani ham ta’kidlandi. Xususan, 2013-yilda ular “Ekologik nazorat to‘g‘risida”, “Ijtimoiy sheriklik to‘g‘risida” va “Jamoatchilik nazorati to‘g‘risida”gi qonun loyihalarining jamoatchilik ekspertizasi va muhokamalarida, shuningdek, “Obod turmush yili” Davlat dasturining ishlab chiqilishi va amalga oshirilishida ishtirok etdi.

– Bunday muhim tadbirlarning o‘tkazilishi O‘zbekistonda fuqarolik jamiyatini rivojlantirishga katta e’tibor qaratilayotganidan, ayni paytda eng muhim davlat dasturlarini amalga oshirishga nohukumat tashkilotlari jalb qilinayotganidan dalolat beradi, – deb ta’kidladi BMT Taraqqiyot dasturining O‘zbekistondagi vakolatxonasi rahbari o‘rinbosari Yako Sillers. – Mamlakat uchun muhim ahamiyatga ega loyihalarga NNT, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlarining faol jalb qilinishi va ularning ishtiroki O‘zbekistonning uzoq muddatli ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotini belgilab beradi. Ushbu konferensiya ham bugungi kunda davlat sektori tadbirkorlar, uchinchi sektor vakillari bilan yangi ish o‘rinlari yaratish, sog‘liqni saqlash tizimini yanada takomillashtirish va aholi farovonligini yuksaltirish kabi masalalarda yaqindan hamkorlik qilib kelayotganidan dalolat beradi.

Konferensiyada ishtirok etgan xorijlik mutaxassislar mamlakatimizda ommaviy axborot vositalari jadal rivojlanayotgani, ularni yanada rag‘batlantirish va qo‘llab-quvvatlash, OAVning iqtisodiy mustaqilligi va erkinligini ta’minlash bo‘yicha samarali davlat siyosati amalga oshirilayotganini alohida e’tirof etdi. Mustaqil OAVning jamoatchilik nazorati tizimidagi roli alohida ko‘rib chiqildi va ijobiy baholandi.O‘zbekiston Respublikasining “Ommaviy axborot vositalari to‘g‘risida”, “Jurnalistlik faoliyatini himoya qilish to‘g‘risida”, “Axborot olish kafolatlari va erkinligi to‘g‘risida”, “Axborot erkinligi prinsiplari va kafolatlari to‘g‘risida”gi qonunlarini o‘zida mujassam etgan mustahkam qonunchilik bazasi bu borada muhim dasturilamal bo‘lmoqda. Prezidentimizning 2011-yil 30-dekabrda qabul qilingan “Ommaviy axborot vositalarini yanada rivojlantirish uchun qo‘shimcha soliq imtiyozlari va afzalliklar berish to‘g‘risida”gi qarori OAV mustaqilligini ta’minlash, davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari faoliyati ustidan jamoatchilik nazoratini o‘rnatishdagi rolini oshirishda navbatdagi qadam bo‘ldi.

Bularning barchasi mamlakatimizda ommaviy axborot vositalari sonining izchil o‘sib borishiga ijobiy ta’sir ko‘rsatmoqda. Statistik ma’lumotlarga qaraganda, 1991-yildan buyon ularning soni 291 dan 1372 ga yetdi. Shu o‘rinda ularning 62 foizi nodavlat ommaviy axborot vositalari ekanini qayd etish kerak.

2013-yilda Samarqand va Buxoro viloyatlarida “Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari faoliyatining ochiqligi to‘g‘risida”gi qonun loyihasini sinovdan o‘tkazish bo‘yicha huquqiy eksperiment so‘z va axborot erkinligini ta’minlash borasida muhim voqea bo‘ldi. Huquqiy eksperimentga OAV, nodavlat notijorat tashkilotlari va fuqarolar jalb etildi. Mazkur jarayon fuqarolik jamiyati salohiyatidan foydalanishning yangi usuli samaradorligini yana bir bor tasdiqladi. Ayni paytda huquqiy eksperiment natijalari inobatga olingan holda takomillashtirilgan qonun loyihasi parlamentimizining quyi palatasi tomonidan birinchi o‘qishda qabul qilindi.Konferensiya doirasida davlat hokimiyati va boshqaruvini demokratlashtirish jarayonida siyosiy partiyalarning tutgan o‘rni ham ko‘rib chiqildi. Ma’ruzachilar mamlakatimizdagi siyosiy partiyalar faoliyatining O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, “Siyosiy partiyalar to‘g‘risida”, “Siyosiy partiyalarni moliyalashtirish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasining qonunlari va “Davlat boshqaruvini yangilash va yanada demokratlashtirish hamda mamlakatni modernizatsiya qilishda siyosiy partiyalarning rolini kuchaytirish to‘g‘risida”gi Konstitutsiyaviy qonunida hamda boshqa me’yoriy hujjatlarda belgilangan huquqiy asoslar to‘g‘risida fikr yuritdi. Mamlakatimizda qonunchilik asosida ko‘ppartiyaviylik tizimi va siyosiy plyuralizmni rivojlantirish uchun ham sharoit yaratilgan.

2013-yilda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi tomonidan “Siyosiy partiyalar to‘g‘risida”gi qonunga xalq deputatlari mahalliy Kengashlarida partiya guruhlari vakolatini kuchaytirishga yo‘naltirilgan o‘zgartishlar kiritildi.

Mamlakatimizni demokratlashtirish va modernizatsiya qilish jarayonida fuqarolik jamiyatining o‘ziga xos instituti – mahallaga alohida o‘rin ajratilgan. Mustaqillik yillarida mahalla jahon hamjamiyati tomonidan fuqarolarni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlaydigan adolatli institut sifatida tan olingan noyob tuzilmaga aylandi. Bugungi kunda mamlakatimizda mahallaning nufuzi tobora oshib bormoqda. Bu kuchli davlatdan kuchli fuqarolik jamiyatiga o‘tish bo‘yicha amalga oshirilayotgan islohotlarning izchilligidan dalolat beradi.

Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari vakolatlari sezilarli darajada kengaytirildi. Jumladan, 2013-yilda “Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari to‘g‘risida” va “Fuqarolar yig‘ini raisi (oqsoqoli) va uning maslahatchilari saylovi to‘g‘risida”gi qonunlar yangi tahrirda qabul qilindi.

Ayni paytda mamlakatimizda 9,7 mingdan ortiq fuqarolar yig‘ini faoliyat yuritmoqda. 2013-yilning noyabr-dekabr oylarida fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlariga o‘tkazilgan navbatdagi saylovda 9756 fuqarolar yig‘ini raisi (oqsoqoli) va ularning 99,6 mingdan ziyod maslahatchisi saylandi. Bugungi kunda fuqarolar yig‘inlari ilgari mahalliy hokimiyat organlari vakolatiga kirgan 30 dan ortiq vazifani bajarib, aholini ijtimoiy muhofaza qilish, fuqarolarning manfaatlari himoyasini ta’minlashga oid ko‘plab masalalarni samarali hal etmoqda.

Konferensiya ishtirokchilari fuqarolik ongi va aholining siyosiy-huquqiy madaniyati darajasining yuksakligi mamlakatimizda fuqarolik jamiyati taraqqiyotining muhim omillaridan biri ekanini ta’kidladi. Shu munosabat bilan O‘zbekistonda fuqarolarning inson huquq va erkinliklariga hurmat bilan qarash, ularning o‘z konstitutsion huquqlarini anglash, Vatanga, mamlakatimiz va jahonda ro‘y berayotgan voqealarga daxldorlik tuyg‘usini shakllantirish bo‘yicha choralar qabul qilingan.

2013-yilda Fuqarolik jamiyati shakllanishini monitoring qilish mustaqil instituti tomonidan ta’lim muassasalari o‘quvchilari, tadbirkorlar, fuqarolik jamiyati faollari o‘rtasida o‘tkazilgan ijtimoiy so‘rovlar natijalari aholining siyosiy, huquqiy madaniyati va ijtimoiy faolligi yanada yuksalganidan dalolat bermoqda. Xususan, so‘rovda qatnashganlarning 95 foizi qonunga doimo rioya etish zarurligini bildirgan. Ular O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida belgilangan huquq va majburiyatlarini, shuningdek, o‘zlarining ijtimoiy-iqtisodiy huquqlarini yaxshi biladi.

Bu borada davlatimiz rahbarining 1997-yil 25-iyunda qabul qilingan “Huquqiy tarbiyani yaxshilash, aholining huquqiy madaniyati darajasini yuksaltirish, huquqshunos kadrlarni tayyorlash tizimini takomillashtirish, jamoatchilik fikrini o‘rganish ishini yaxshilash haqida”gi farmoni va “2001-yil 4-yanvardagi O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasini o‘rganishni tashkil etish to‘g‘risida”gi farmoyishi muhim huquqiy asos bo‘lib xizmat qilmoqda. Prezidentimizning 2013-yil 28-iyunda qabul qilingan “Yuridik kadrlar tayyorlash tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori yuridik kadrlarni tayyorlash va qayta tayyorlash tizimining samaradorligini oshirishga qaratildi. Ushbu qarorga muvofiq, Toshkent davlat yuridik instituti Toshkent davlat yuridik universitetiga aylantirildi, yuridik ta’lim tizimining fundamental bazasini tubdan isloh qilish va yaxshilash uchun asos yaratildi.

Konferensiya qatnashchilari O‘zbekiston davlat hokimiyati va boshqaruvi tizimini demokratlashtirish va liberallashtirish, so‘z va axborot erkinligini ta’minlash, kuchli fuqarolik jamiyatini shakllantirish borasida yuksak samaralarga erishganini alohida ta’kidladi.

Ochiq muhokamalar davomida fuqarolik jamiyatini rivojlantirish borasidagi mavjud kamchiliklar va foydalanilmayotgan imkoniyatlarga e’tibor qaratildi va tahlil qilindi. Konferensiya yakunida jamoatchilik nazoratini amalga oshirishda nodavlat notijorat tashkilotlari faoliyatini takomillashtirish, so‘z va axborot erkinligini ta’minlashda OAVning rolini kuchaytirish, siyosiy partiyalarning faoliyatini yanada yaxshilash bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqildi. Mamlakatimizda demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyatini shakllantirish jarayonida aholining huquqiy madaniyatini yanada yuksaltirish zarurligi qayd etildi.


Download 43.7 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling