417-guruh bitiruvchisiJaloldinova Gulnozaning “Masalani matematik modellashtirish orqali mustaqil fikrlashga o`rgatish”


Download 0.87 Mb.
bet22/23
Sana24.12.2022
Hajmi0.87 Mb.
#1061776
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   23
Bog'liq
masalani matematik modellashtirish orqali mustaqil fikrlashga orgatish

Xulosa va tavsiyalar.
O‘qituvchilariga masalalarni modellashtirish orqali mustaqil fikrlashga oid tushunchasining pedagogik-psixologikasoslarini o`rganish va boshlang`ich sinf matematika darslarida mustaqil fikrlashni rivojlantirishning usul va shakllarini aniqlash quyidagi yakuniy xulosalarni chiqarishga imkon beradi:

  1. Ta‘lim- tarbiyaga boshlang`ich sinfda poydevor qo`yiladi. Boshlang`ich sinf matematika darslarida o`quvchilarga real olamda yuz beradigan eng sodda hodisalardagi miqdoriy nisbatlarni tushuntirishga va fazoviy shakllarni anglashga imkon beradigan, mantiqiy fikrlashga o`rgatadigan, mustaqil fikrlashni rivojlantiriladigan bilimlar berilishi kerak;

  2. Donolarimiz ―Yoshlikda olingan bilim toshga o`yilgan naqsh kabidir‖,-deb bejiz aytishmagan. Boshlang`ich sinflarda bolalarning ong va tushunchalari shakllanadi. Ruhshunos pedagoglarning fikricha, inson tayyor qobiliyat bilan emas, balki iste‘dod kurtaklari bilan dunyoga kelar ekan. O`qituvchilar esa mana shu iste‘dod kurtaklarini tarbiyalab, ulardagi mustaqil fikrlashni o`stirib borishlari kerak;

  3. Masala - mustaqil fikrlashni rivojlantiruvchi asosiy omil bo`lib, o`quvchlarga masalani modellashtirish orqali yechishning turli usullarini mukammal o`rgatib borish kerak.Chunki bu jarayonda o`quvchi ijodiy tafakkurlaydi, mantiqiy fikrlaydi.Boshlang`ich sinf matematikasida tenglama tuzib masala yechish – mustaqil fikrlashning mahsulidir;

  4. Matematika darslarida o`quvchilarning ijodiy tafakkurini rivojlantirish usullarini har bir boshlang`ich sinf o`qituvchisi bilishi shart;

  5. Matematik modellashtirish asosida masalalar tuzish, yechish o`quvchilarni ijodiy tafakkurini rivojlantiradi;

  6. O`quvchi jodiy tafakkur yuritganda bir masala ustida turlicha fikrlaydi, har xil usul, shakl va vositalardan foydalanib, mustaqil xolda umumiy xulosaga keladi;

  7. Matematika darslarida ijodiy tafakkurni rivojlantirish orqali o`quvchilarning ilmiy dunyoqarashi kengaytiriladi.

Chiqarilgan xulosalarga tayangan xolda quyidagi ilmiy-metodik tavsiyalarni ilgari surishga imkon yaratildi:

  1. Boshlang`ich sinf o`quvchilarining mantiqiy fikrlashni rivojlantirish usul,shakllariga doir ma‘ruzalar, trening, seminarlar tashkillash;

  2. Boshlang`ich sinf o`qituvchilari uchun ―Boshlang`ich sinf matematika darslarida o`quvchilarning mantiqiy fikrlashni rivojlantirish‖ mavzusida uslubiy qollanma yaratish;

  3. Maktadagi uslubiy birlashmalarda mantiqiy fikrlashni rivojlantirishga doir videolavhalar va multemediyalarni targ`ib qilish;

  4. Mahoratli, tajribali o`qituvchilar va yosh o`qituvchilar o`rtasida ustoz-shogird tizimini yanada shakllantirish;

  5. Boshlang`ich sinf o`qituvchilarini masalani modellashtirish o`rgatish usullarini kuzatish monitoringini olib borib, ― O`quvchilar tafakkurini rivojlantiruvchi ustoz‖ konkursini tashkillash;

  6. Bo`lajak o`qituvchilar bilan ijodiy tafakkurga doir pedagogik diagnostik ishlarni olib borish.

  7. Pedagoglarni bajargan ishlarini tahlil qilishga, umumlashtirishga va korrektsiya etishga (to`g`rilashga )o`rgatish;



Download 0.87 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   23




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling