42-Mavzu Amaliy mashg‘ulot №42 mavzu: Majlis bayoni va majlis bayonidan ko‘chirmaning tuzilishi, tarkibiy qismlari. Kasbiy faoliyat bilan bog‘liq bayonnoma namunalarini tuzish. Bayonnomadan ko‘chirmani rasmiylashtirish bo‘yicha mashqlar
Download 19.78 Kb.
|
Mavzu Majlis bayoni va majlis bayonidan ko‘chirmaning tuzilishi-fayllar.org (1)
BAYONNOMADAN KO‘CHIRMA
Zaruriyat tufayli majlis davomida qabul qilingan qarorlardan ko‘chirmalar rasmiylashtiriladi. Buyruqdan ko‘chirmada bo‘lganidek, bayonnomadan ko‘chirma ham imzo bilan tasdiqlanadi. Bayonnomadan ko‘chirma quyidagi asosiy qismlardan iborat: 1. Tashkilot nomi. 2. Hujjat nomi (Bayonnomadan ko‘chirma). 3. Sana (majlis o‘tkazilgan sana). 4. Shartli raqam. 5. Bayonnoma tuzilgan joy. 6. Matn: a) KUN TARTIBI; b) ESHITILDI; d) QAROR QILINDI. 7. Imzolar. 8. Nusxa tasdiqlanganligi haqida belgi (muhr bilan). Ba'zan bayonnomadan ko‘chirmalarda yig‘ilishda qatnashuvchilarning familiyasi yoki soni, shuningdek, ko‘rilgan masala bo‘yicha muhokamada ishtirok etganlar familiyasi ham ko‘rsatib o‘tiladi. Bayonnomaning matn qismlaridan faqat tashkilot yoki shaxsga yetkazilishi kerak bo‘lgan qismigina olinadi. Agar kun tartibida uch masala muhokama etilgan bo‘lsa, kerakli masala bo‘yicha qabul qilingan qaror olinadi. 2-ilovada bayonnomadan ko‘chirma shakli, 3-4-ilovalarda esa uning namunalari berildi. Bayonnoma shakli 1-ilova Sirg‘ali tumani O‘quvchi va yoshlar ilmiy-texnika ijodiyoti markazi jamoasi yig‘ilishining 3-raqamli BAYONNOMASI 2016-yil 18-sentyabr Toshkent shahri Rais - M.S. Rahimov Kotib - S.R Mahmudov Qatnashdilar: 65 kishi (ro‘yxat ilova qilindi) KUN TARTIBI: 1. O‘zbekiston Respublikasining «Ta'lim to‘g‘risida»gi Qonuni va «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi»da maktabdan tashqari tarbiya muassasalari oldiga qo‘yilgan vazifalar va ularni amalga oshirish. Ma'ruzachi O. Karimova. 2. Markaz jamoasining birinchi yarim yil uchun tuzilgan ish rejasini tasdiqlash. Ma'ruzachi O.R.Soliyeva. 3. Navro‘z bayramiga bag‘ishlangan adabiy-badiiy kecha uyushtirish. S.Karimov axboroti. 1. ESHITILDI: 1. Karimova - ma'ruza matni ilova qilindi. SO‘ZGA CHIQDILAR: A. Mirakbarova - (Nutqining qisqa mazmuni yoki savoli bayon qilinadi). P.S. Choriyev - (Nutqining qisqa mazmuni yoki savoli bayon qilinadi). QAROR QILINDI: (Qabul qilingan qarorlar bayoni yoziladi). 2. ESHITILDI: O.R. Soliyeva - (Ma'ruzasining qisqacha yoki to‘liq bayoni yoziladi). SO‘ZGA CHIQDILAR: T. Ahmedova - QAROR QILINDI: (Qabul qilingan qarorlar bayoni yoziladi). 3. ESHITILDI: S. Karimov axboroti - (Axborotning mazmuni bayon qilinadi). QAROR QILINDI: (Qabul qilingan qarorlar bayoni yoziladi) Rais (imzo) M. Rahimov Kotib (imzo) S. Mahmudov BAYONNOMASIDAN KO‘CHIRMA Korxona bilan mehnat munosabatida turuvchilar kishi. Qatnashganlar kishi. Ishtirok etmaganlar kishi. Shulardan uzrli sabablarga ko‘ra (bola tarbiyasi ta'tilida, kasalligiga ko‘ra, mehnat va boshqa ta'tillarda, xizmat safaridagilar) kishi ESHITILDI: Korxona jamoa shartnomasi loyihasini ma'qullash haqida. SO‘ZGA CHIQDILAR: 1. 2. 3. va h.k. QAROR QILINDI: 1. Jamoa shartnomasi va uning ilovalari ma'qullansin. 2. Shartnomani mehnat jamoasi nomidan imzolash vakolati korxona Kasaba uyushmasi qo‘mitasining raisiga topshirilsin. 224 Unda mehnat jamoasidan quyidagi vakillar ishtirok etsinlar: 1. 2. 3. 3. Jamoa shartnomasi imzolangan kundan e'tiboran kuchga kirishi belgilab qo‘yilsin. Umumiy majlis raisi Kotib Bayonnomadan ko‘chirma namunasi 3-ilova O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi O‘zbek tili, adabiyoti va folklori instituti ilmiy kengashi yig‘ilishining 17-raqamli BAYONNOMASIDAN KO‘CHIRMA 2019-yil 10-oktyabr Toshkent shahri KUN TARTIBI: 3. «Xalqaro terminelementlarning izohli illyustrativ lug‘ati» kitobini nashrga tavsiya etish. A. Madvaliyev axboroti. 3. ESHITILDI: A. Madvaliyev - Ilmiy kengash a'zolarini «Xalqaro terminelementlarning izohli-illyustrativ lug‘ati» bilan batafsil tanishtirdi. Ushbu lug‘at 1000 dan ortiq terminelementni qamraganligi, ularning har biri hozirgi kun talabi darajasida izohlanganligini ko‘rsatib o‘tdi. 3.QAROR QILINDI: 1. «Xalqaro terminelementlarning izohli-illyustrativ lug‘ati» nashrga tavsiya etilsin. 2. Mas'ul muharrir etib filologiya fanlari doktori N.Mahmudov tasdiqlansin. Rais (imzo) F.I.O. Kotib (imzo) F.I.O. 4-ilova Download 19.78 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling