422-guruh. Arofat ne’matova назорат саволлари


Download 22.65 Kb.
Sana19.11.2020
Hajmi22.65 Kb.
#147747
Bog'liq
422 A.N


422-guruh. AROFAT NE’MATOVA

Назорат саволлари:



JAVOBLAR:

  1. Илмий услуб бошқа услублардан нимаси билан фарқ қилади?

Ilmiy uslub fanning turli sohalariga aloqador so‘z va terminlarni (atamalarni) ko‘proq tasarruf qilish, bayonning mantiqiy dalillariga tayanishi bilan boshqa uslublardan ajralib turadi. Ilmiy uslubda tabiat va jamiyat xodisalari aniq, qandaydir qoidalar, formulalar asosida ifodalanadi. Ilmiy bayonda fikr mantiqiy va ashyoviy dalillar bilan mustahkamlanib boriladi. Mazkur uslubda to‘liqsiz gaplar, bir tarkibli gaplar so‘z gaplar deyarli uchramaydi. So‘zlashuvning qisqa dialogik turi ham ilmiy uslub uchun begonadir.

  1. Илмий услуб турларини санаб ўтинг ва тушунтиринг.

Ilmiy uslubning ilmiy va ilmiy-ommabop ko‘rinishlari bor. Ilmiy-ommabop bayon o‘zining leksik tarkibi va sintaksisi bilan xalq ommasiga mo‘ljallangan bo‘ladi: bunga izohli lug‘atlar, sohalarga oid lug‘atlar kiradi. Ilmiy uslubda esa tabiat va ijtimoiy hayotdagi hodisalar aniq ta'riflanadi, tushuntiriladi. Bu uslub o‘zining alohida maxsus vazifasiga ega ekanligi bilan ajralib turadi.

  1. Илмий услубнинг лексик хусусиятлари ҳақида маълумот беринг.

Ilmiy uslub ilmiy terminologiya bilan bog‘liq. Odatda, terminlar ilmiy uslubning leksikasini tashkil etadi. Lekin ilmiy asarlar tili faqat terminlardangina tashkil topmay, unda abstrakt leksika va ko‘p ma'nolilik xususiyatiga ega bo‘lgan umumxalq so‘zlari ham shartli ravishda qo‘llanadi. Ilmiy uslubda yana fanning turli sohalariga oid simvol va belgilari, raqamlari ham ishlatiladi.

  1. Илмий услубнинг синтактик хусусиятлари борасида маълумот беринг.

Ilmiy uslubning grammatik qurilishi mantiqiy bog‘liqlikni, izchillikni, sintaktik aniqlikni talab etadi. Shuning uchun ilmiy uslubda ellipsis (nazarda tutilgan birorta so‘zning tushib qolishi) hodisasidan qochiladi. Masalan, predmetning nomini bildirib, kim?, nima?, qayer? so‘roqlariga javob beradigan so‘zlar turkumiga ot so‘z turkumi deyiladi. Keltirilgan ta'rif ilmiy bayonda bo‘lib, bunda fikrlar aniq va izchil tarzda beriladi.

  1. Термин ва атама сўзларини фарқлаб беринг.

Termin ilm-fanga tegishli bo‘lgan tushunchalarning nomi, fonetika, ega, kesim, kislorod, vodorod kabi. Atama esa mavjud narsalarga atab qo‘yilgan nom: inson, osmon, kitob, olma kabi.

  1. Илмий услубнинг умумий хусусиятларини айтиб беринг.

Ilmiy uslub biror narsa, voqyea-hodisa haqida aniq, asoslangan, izchil ma'lumot berishga qaratilgan bo‘ladi, shunga ko‘ra unda ta'riflab berish, tahlil qilish sababini aniqlab, isbotlash va natijalarini bayon qilish asosiy o‘rin oladi. Ilmiy uslub fan-texnika va ishlab chiqarish bilan bog‘liq bo‘lgan vazifaviy uslubdir. U yana ilmiy-texnikaviy, ilmiy-hujjat, ilmiy-ommabop, o‘quv-ilmiy, publitsistik kabi jabhalarga ega. Fanning u yoki bu sohasiga oid tushunchalarni ifodalovchi termin va atamalarga boyligi ilmiy uslubning eng asosiy xususiyatlaridan biridir. Ko‘rinadiki, ilmiy uslub adabiy tilning me'yorlarini to‘la saqlash bilan ham ajralib turadi. Bu uslubda nutqning ixcham bo‘lishiga intilish kuchli, lekin sintaktik qurilma ko‘pincha murakkab bo‘ladi.

  1. Илмий услуб жанрларига нималар киради?

Ilmiy uslubning sof ilmiy, ilmiy-uslubiy va ilmiy-ommabop ko‘rinishlari mavjud. Sof ilmiy uslubga tezis, ilmiy maqolalar, referat, kurs ishi, bitiruv malakaviy ishi, monografiya, dissertatsiya, annotatsiya kabilar ilmiy-uslubiy turiga o‘quv qo‘llanmalar, ma'ruzalar to‘plami, darsliklar kiradi. Ilmiy-ommabop uslub o‘zining leksik tarkibi va sintaksisi bilan xalq ommasiga mo‘ljallangan bo‘ladi va ularga risola,izohli, imlo va tarjima lug‘atlari kiradi. Bunday nutqda fanning maxsus sohalariga aloqador atamalar kamroq ishlatiladi.

  1. Тезис билан мақоланинг фарқини тушунтиринг.

Tezis (yunon tilida -qoida, isbot) keng ma'noda biror narsani bayon qilishda aytilgan har qanday fikr. 1 betdan 3 betgacha bo‘lib, fikr qisqa va lo‘nda ifodalanadi, ya'ni tor ma'nodagi asosiy fikrlarni qamrab oladi.

Maqola - ilmiy tadqiqotning muhim bir natijasini o‘z ichiga oluvchi dolzarb muammo bo‘yicha muallif fikrlari bayoni hisoblanadi. Ilmiy maqolada tadqiq etilayotgan muammo asoslanishi, uning dolzarbligi, masalani yechishga boshqa mualliflarning yondashuvi, taklif etilayotgan usul, asosiy natijalarni tasdiqlovchi faktlar, xulosalar va boshqa ma'lumotlarni o‘z ichiga oladi. Maqolada ijtimoiy hayot hodisalari chuqur tahlil qilinib, nazariy ommaviy jihatdan umumlashtiriladi. Maqola 3 betdan 10 betgacha bo‘lishi mumkin.

10.Реферат қандай ёзилади?

Referat (lot. refero — axborot beryapman) — biror ilmiy asar, maqola, oʻqilgan kitob va sh.k. mazmunining qisqacha yozma yoki ogʻzaki bayoni; oʻrganilgan ilmiy masalaning natijasi haqida axborot; tegishli adabiyot va boshqa manbalarning qisqartirilgan sharxli tahlilini oʻz ichiga olgan maʼlum mavzudagi maʼruza. U odatda, ilmiy axborot vazifasini oʻtaydi. Unda muayyan mavzu yoritilishi bilan birga, tegishli ilmiy nazariyalar, ilmiy xulosalar taxlil etilishi va tanqid qilinishi mumkin.

11.Курс иши тузилиши ҳақида маълумот беринг.

Kurs ishi oliy ta'limda mutaxassislik bo‘yicha 2- 3- bosqichlarda yoziladi. Berilgan mavzu atroflicha yoritiladi. Kurs ishining hajmi 35-50 bet atrofida bo‘ladi. Mundarija quyidagi tarkibiy qismlardan tashkil topadi:

1. Kurs ishining umumiy tavsifi.

2. Kirish qism.

3. Asosiy qism.

4. Umumiy xulosalar.

5. Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati.

6. Ilovalar

12.БМИнинг таркибий қисмлари қандай маълумотларни қамраб олади?

Bitiruv malakaviy ishi BMI doirasida ilmiy tadqiqot ishlarini amalga oshirish uchun talaba ilmiy adabiyotlardan, ilmiy jurnallarda chop etilgan maqolalardan foydalanadi, yetakchi ilmiy tadqiqot markazlari va institutlarda amalga oshirilgan ilmiy tadqiqot ishlari bilan tanishib chiqadi. Ilmiy g‘oyalarni amaliyotga tatbiq etish uchun korxona va tashkilotlar bilan hamkorlik qiladi. Bitiruv malakaviy ishining umumiy tavsifi quyidagi masalalarni aks ettiradi:- bitiruv malakaviy ishi mavzusining belgilanishi;

- bitiruv malakaviy ishining maqsadi;

- bitiruv malakaviy ishining vazifalari;

- bitiruv malakaviy ishining tahlil ob'yekti va metodi;

- bitiruv malakaviy ishining ilmiy va amaliy ahamiyati;

- bitiruv malakaviy ishining tuzilishi, hajmi.

Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati qismida bitiruv malakaviy ishini yozish jarayonida foydalanilgan barcha ilmiy manbalar havola etiladi. Bitiruv malakaviy ishi hajmi, odatda, qo‘lyozmada 55-70 betdan, kompyuterda 35-50 betdan iborat bo‘ladi.

13.Диссертация ҳимояси қандай амалга оширилади?

Dissertatsiya (lotin tilida tadqiqot, mulohaza) ilmiy daraja olish uchun taqdim etilgan va jamoatchilik oldida yakka tartibda himoya qilinadigan ilmiy asardir. 2012 yil iyul oyida aspirantura tugatilib doktoranturaga o‘tish to‘g‘risidagi qaror e'lon qilindi

14.Монография нима?

Monografiya bu muayyan mavzu va muammoni atroflicha, chuqur tadqiq etuvchi asar. Mamlakatda yoritilayotgan masala bo‘yicha mavjud adabiyot umumlashtiriladi va tahlil etiladi, fanni rivojlantirishda yordam beradigan faraz va ilmiy xulosalar ilgari suriladi. Monografiya o‘z mazmun mohiyatiga ko‘ra fanning ma'lum yo‘nalishida fundamental tadqiqotlar sirasiga kiradi.



15.Ўқув қўлланма билан дарсликнинг фарқи нимада?

Darslik va uslubiy qo’llanmalari qo’lyozmalari namunaviy o’quv dasturlari asosida ishlab chiqilgan va tasdiqlangan reja – prostpektlar bo’yicha tayyorlanadi. Vazirlikning tegishli fan bo’yicha o’quv – uslubiy kengashi nashrning istiqbol rejasini tasdiqlagandan so’ng, reja – prospect muallifi bu haqda xabardor qilib, qo’lyozmani nashriyotga taqdim qilish muddatlarini belgilaydi. Uslubiy qo’llanmani yaratishga shartnoma tuzilgandan so’ng, o’quv dasturida o’zgarishlar yuz bergan hollarda muallif qo’lyozmaga tegishli o’zgarishlar kiritishi shartdir. Uslubiy qo’llanmalari mualliflari ishlaydigan o’quv yurtlarining rahbarlari qo’lyozmalari mualliflarining ishlarini nazorat qiladilar va ularga yordam beradilar, tegishli bo’limlarda qo’lyozmalar muhokamasi uyushtiradilar. O’quv adabiyotlari mualliflariga, ular qo’lyozmalar ustidan ish olib borayotgan davrda belgilanadigan tartibda ijodiy ta’tillar berish mumkin. Nashrga taqdim qilinayotgan qo’lyozma muallif ishlaydigan o’quv yurtining kengashida muhokamadan o’tkazilishi hamda majlis bayonnomasida tegishli ko’chirma unga ilova qilinishi lozim.
Download 22.65 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling