45. O'zbekistonda axborot xavfsizligining ma'naviy va huquqiy asoslari Javobi


Download 13.11 Kb.
Sana18.03.2023
Hajmi13.11 Kb.
#1280308
Bog'liq
45. O\'zbekistonda axborot xavfsizligining ma\'naviy va huquqiy asoslari


45. O'zbekistonda axborot xavfsizligining ma'naviy va huquqiy asoslari
Javobi:
Tashkilotda axborot xizmatini tashkil etish va faoliyatini yo‘lga qo‘yishda uning huquqiy asoslari g‘oyat muhim ahamiyat kasb etadi. Axborot xizmatining huquqiy asoslarini O‘zbekiston Respublikasining tegishli qonunlari hamda Vazirlar Mahkamasi qarorlari tashkil etadi.Aytish joizki, mamlakatimizda jamoatchilik bilan aloqalarni yo‘lga qo‘yish va shu maqsadda tashkilotlarda axborot xizmatlarini tashkil etishda dastlab Vazirlar Mahkamasining 2006 yil 22 sentyabrda qabul qilingan “Davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlarining jamoatchilik bilan aloqalarini rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 203-qarori muhim huquqiy asos bo‘lib xizmat qilgandi. Qarorda, davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari faoliyatining oshkoraligini ta’minlash, keng jamoatchilik va aholining O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan siyosiy, iqtisodiy va ijtimoiy islohotlarning borishi to‘g‘risida muntazam xabardor qilish, mamlakatni demokratik yangilash va modernizatsiyalashning, oshkora fuqarolik jamiyati qurishning muhim yo‘nalishi hisoblanishi qayd etilgan holda, “Vazirliklar, davlat qo‘mitalari, agentliklar, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, xo‘jalik boshqaruvi organlari (keyingi o‘rinlarida idoralar deb yuritiladi) tarkibida xodimlarning umumiy soni doirasida axborot xizmatlari tashkil etilsin” deb belgilangan.Aytish joizki, o‘tgan yillar mobaynida mazkur qarorda belgilangan qator vazifalar ijrosi ta’minlandi. Chunonchi, barcha vazirlik, tashkilot, muassasa va boshqa idoralarda axborot xizmatlari tashkil etildi va ular faoliyati yo‘lga qo‘yildi, internet tarmog‘ida vebresurslari tashkil etildi. Shu tariqa bugungi kunga qadar axborot xizmatlari muayyan vazifalarni amalga oshirib kelayotir. Biror huquqiy asosga ega bo‘lmasdan bunday muhim vazifalarni amalga oshirish mushkul edi, albatta.O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 15 fevral kuni e’lon qilingan “O‘zbekiston Respublikasi davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlarining axborot xizmatlari faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 125-sonli qarori sohani yanada takomillashtirishda muhim qadam bo‘ldi.Qarorda qayd etilganidek, hozirgi shiddat bilan rivojlanayotgan dunyoda axborot va bilim eng muhim milliy resurslarga, ularni yaratish va tarqatishni ta’minlovchi tizimlar esa – barqaror rivojlanishning strategik omillariga aylanmoqda. Ushbu sharoitlarda O‘zbekistonda demokratik huquqiy davlatni va ochiq adolatli fuqarolik jamiyatini qurish, shuningdek, insonning huquq va erkinliklari himoya qilinishini ta’minlashdek strategik maqsadga erishish, davlat boshqaruvining sifati davlatning axborot, bilim va innovatsiyalarga asoslangan modeliga o‘tishini ta’minlaydigan axborotni va bilimni yaratish, qabul qilish va tarqatish imkoniyatlari bilan belgilanadi.
Download 13.11 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling