4500 turga yaqin tabiiy holdagi o‘simliklar uchraydi. Shulardan 1200
Download 24.42 Kb.
|
1 2
Bog'liqdorivor moddalar
Maʼlumki, O‘zbekiston tabiiy va geografik jihatdan dorivor o‘simliklarga boy hudud bo‘lib, bu yerda 4500 turga yaqin tabiiy holdagi o‘simliklar uchraydi. Shulardan 1200 ga yaqini dorivor xususiyatga ega. Ayni paytda O‘zbekiston Respublikasida 112 turdagi dorivor o‘simliklar rasmiy tabobatda foydalanishga ruxsat berilgan, ularning 80% ini tabiiy holda o‘suvchi o‘simliklar tashkil etadi. Bugungi kunda tabiiy dori vositalarini ishlatish, dorivor o‘simliklarni madaniylashtirish va xom ashyosini ko‘paytirishga katta eʼtibor berilmoqda. Dorivor oʻsimliklarning quritilgan oʻti, kurtagi, ildizi, ildizpoyasi, tuganagi, piyozi, poʻstlogʻi, bargi, guli, gʻunchasi, mevasi (urʻugi), danagi, sharbati, qiyomi, choyi, efir moyi va boshqalardan doridarmon tarzida foydalaniladi. Dorivor oʻsimliklarning organizmga taʼsiri uning tarkibidagi kimyoviy birikmalarning miqdoriga bogʻliq. Bu birikmalar oʻsimlikning qismlarida turli miqdorda toʻplanadi. Dorining taʼsirchanlik quvvati hamda sifati yuqori boʻlish davri ularning gullash hamda urugʻlash davrining boshlanishi vaqtiga toʻgʻri keladi. Dorivor moddalar baʼzi oʻsimliklarning kurtagi, bargi yoki poyasida, baʼzi oʻsimliklarning guli yoki mevasida, baʼzilarida ildizi yoki poʻstlogʻida toʻplanadi. Shuning uchun oʻsimliklarning asosan biologik aktiv moddalari koʻp boʻlgan qismi yigʻib olinadi. Oʻsimliklarning ildizi, ildizpoyasi, piyozi va tuganagi, odatda, oʻsimlik uyquga kirgan davrda — kech kuzda yoki oʻsimlik uygʻonmasdan oldin — erta bahorda tayyorlanadi. Oʻsimlikning meva va urugʻlari pishib yetilganda yigʻiladi, chunki ular bu paytda dori moddalariga boy boʻladi. Yangi yigʻib olingan dorivor oʻsimlik mahsuloti tarkibida (yer ustki aʼzolarida 85% gacha, ildizida 45% gacha) nam boʻladi. Bu nam yoʻqotilmasa (quritish yoʻli bilan), oʻsimlik chirib, dori moddalari parchalanib, yaroqsiz boʻlib qoladi. PISTA Pistaning vatani Markaziy Osiyo hisoblanadi. O’zbekitonda barcha tog’ tizmalarida va aholi yashash hududlarida uchratish mumkin. Surxondaryo viloyatining Bobotog’ tizmasidagi o’rmonlarning katta qismini pista daraxti egallagan. Yoz va qish oylarida havo harorati +46°С dan -40°С gacha bo’lan sharoitda o’sib, meva berishi mumkin. Pista daraxti 1000 yoshgacha yashashi mumkin. Uning mag’zida 49% dan 60% gacha moy, 15-20% oqsil, 3-8% qand va boshqa mikroelementlar mavjud. Mevasi ichki va jaxon bozorida yuqori baxolanadi Bugungi kunga kelib pistaning foydali xususiyatlari haqida ko‘plab manbaalar yaratilgan. Tabobat, qolaversa, zamonaviy tibbiyot tomonidan pista sog‘lik va go‘zallik uchun muhim ne’mat ekanligi e’tirof etiladi. Pista antioksidantlar, foydali yog‘lar manbaidir. Shuningdek, uning tarkibida inson organizmi uchun foydali ozuqalar, oqsil, kalsiy va fosfor, asablarni tinchlantiruvchi B hamda E vitaminlari mavjuddir. Bundan tashqari pistaning quyidagi xususiyatlari mavjud: -Yurak sog‘lomligini ta’minlaydi. Pista zararli xolesterin miqdorini kamaytiradi. Shuningdek, uning antioksidantlarga boyligi, tarkibida A va YE vitaminlarga ega ekanligi yallig‘lanishning oldini olib, qon tomirlarini himoya qiladi, shu tariqa yurak-qon tomirlari xastaliklariga chalinish xavfini kamaytiradi. -Asablarni tinchlantiradi. Pista tarkibidagi B6 vitamini asab tizimining to‘g‘ri ishlashida muhim rol o‘ynaydi. Ushbu vitamini asab tolalari o‘rtasidagi impulslarning to‘g‘ri yetkazilishini ta’minlaydi, turli asab buzilishlari, uyqusizlik, xotira bilan bog‘liq muammolar, hattoki, ruhiy holat buzilishining oldini oladi. -Ko‘z uchun foydali. Pista lyutein va zeaksantinga ega. Ular ko‘z gavhari va to‘r pardasining markaziy qismida to‘planib, ularning himoya qobig‘ini mustahkamlaydi va ko‘z kasalliklaridan himoya qiladi. -Immun tizimini mustahkamlaydi. Pistani muntazam iste’mol qilish organizmning tashqi ta’sirlarga qarshiligini oshiradi. Unda immun tizimi faoliyati uchun muhim sanalgan foliy kislotasi, biotin, riboflavin, niatsin vitaminlari hamda fosfor, kaliy va magniy kabi minerallar mavjud. -Terini yoshartirish xususiyatiga ega. Pista E vitaminining boy manbasi sanaladi. Mazkur vitamin esa sog‘lom teri uchun eng muhim vitaminlardan biri hisoblanadi. U terining qurishi va qarilikda paydo bo‘luvchi dog‘larning oldini oladi. Yoz oylarida uni ko‘proq iste’mol qilish zarur. -Moddalar almashinuvini yaxshilaydi. Pista tarkibida boshqa yong‘oq turlarida bo‘lgani kabi ko‘p yog‘ mavjud. Uni iste’mol qilishda ham me’yordan oshish yaramaydi. Ozuqaviy tolalari hisobiga pista ozishda yordam beradi. U organizmni uzoq vaqt davomida to‘q tutadi. To‘yinmagan yog‘ kislotalari esa moddalar almashinuvini tartibga soladi va organizmda ortiqcha yog‘ to‘planishining oldini oladi. -Kamqonlikda foydali. Pistaning tarkibida ko‘p miqdorda temir moddasi mavjud. Shuning uchun uni kamqonlikda iste’mol qilish tavsiya etiladi. Abu Ali Ibn Sinoning “Tib qonunlari” asarida jigar, oshqozonning qator kasalliklarini davolashda , tashqi yaralarni bitiruvchi vosita sifatida pistaga alohida e’tibor berilgan. Pista mevasi surunkali o’pka kasalliklarini davolashda ham qo’llaniladi. Mag’zi ustidagi qatlamdan tayyorlangan nastoykani oshqozon kasalliklarida iste’mol qilinadi. Ming yillar davomida Sharqda pista odam vujudidan zararli moddalarni chiqaruvchi ajoyib davolash vositasi deb hisoblaganlar. Suriyalik tabiblar ortiqcha vazndan xalos bo’lish uchun pista iste’mol qilishni buyurishgan. Download 24.42 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
1 2
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling