4bb-20 guruh talabasi Ne'matillayev Shohruzning Soliq va soliqqa tortish fanidan "Soliq to‘lovchilarning ayrim toifalariga soliq solish tartibi" mavzusida tayyorlagan referat ishi solishning o’ziga xos xususiyatlari
Oddiy shirkat shartnomasi bo’yicha birgalikdagi faoliyatga soliq solishning o’ziga xos xususiyatlari
Download 200 Kb.
|
10-mavzu soliq. nematillayev shohruz
- Bu sahifa navigatsiya:
- [ОКОЗ: [ОКОЗ: 1.
Oddiy shirkat shartnomasi bo’yicha birgalikdagi faoliyatga soliq solishning o’ziga xos xususiyatlari
Oddiy shirkat shartnomasi bo’yicha sheriklarning (ishtirokchilarning) oddiy shirkat shartnomasi bo’yicha birgalikda foydalanadigan mol-mulki birgalikdagi faoliyatga qo’shilgan hissa tarzida har bir sherikning (ishtirokchining) balansida hisobga olinishi lozim. Birgalikda ishlab chiqarilgan mahsulotni realizastiya qilish bilan bog’liq holda vujudga keladigan soliqlar va boshqa majburiy to’lovlarni hisoblab chiqarish hamda to’lash bo’yicha majburiyatlar birgalikda ishlab chiqarilgan mahsulotni realizastiya qilishni amalga oshiruvchi shaxs (ishonchli shaxs) tomonidan ijro etiladi. Bunda, agar oddiy shirkat shartnomasi sheriklarining (ishtirokchilarining) biri yuridik shaxs bo’lsa, faqat yuridik shaxs ishonchli shaxs bo’lishi mumkin. Yuridik shaxslar ishtirokidagi birgalikdagi faoliyat natijalariga soliq solish, soliq qonunchiligida belgilangan tartibda amalga oshiriladi. Agar oddiy shirkat shartnomasining barcha sheriklari (ishtirokchilari) yakka tartibdagi tadbirkorlar bo’lsa, birgalikdagi faoliyatga soliq solish soliq qonunchiligida nazarda tutilgan tartibda amalga oshiriladi. Ishonchli shaxs vazifasini bajaruvchi yuridik shaxs soliq solish ob’ektlari va birgalikdagi faoliyat bo’yicha soliq solish bilan bog’liq ob’ektlar hisobini alohida-alohida yuritadi. Soliq qonunchiligida nazarda tutilgan soliqlar va boshqa majburiy to’lovlarni to’lash majburiyati yuklatilayotgan ishonchli shaxs oddiy shirkat shartnomasi asosida birgalikdagi faoliyatni amalga oshirishni boshlagan kundan e’tiboran o’n kun ichida ishonchli shaxsning soliq bo’yicha hisobga olish joyidagi davlat soliq xizmati organida birgalikdagi faoliyat doirasida soliq majburiyatlarini bajaruvchi soliq to’lovchi sifatida hisobga turishi shart. Ishonchli shaxs birgalikdagi faoliyatga soliq solishning o’ziga xos xususiyatlarini inobatga olgan holda birgalikda chiqariladigan mahsulotni ishlab chiqarish va realizastiya qilish hisobini alohida-alohida yuritadi. Ishonchli shaxs birgalikda ishlab chiqarilgan mahsulotni realizastiya qilish oborotlari bo’yicha qo’shilgan qiymat solig’i, akstiz solig’i to’laydi. Qo’shilgan qiymat solig’ini to’lovchi bo’lmagan ishonchli shaxs birgalikdagi faoliyatni amalga oshirishga taalluqli qism bo’yicha qo’shilgan qiymat solig’ini to’lovchi sifatida davlat soliq xizmati organida hisobga turishi shart. Ishonchli shaxs hisobvaraq-fakturani rasmiylashtirgan holda birgalikda ishlab chiqarilgan mahsulotni soliq qonunchiligida nazarda tutilgan tartibda realizastiya qiladi. Birgalikdagi faoliyat natijasida olingan daromad birgalikda ishlab chiqarilgan mahsulotni realizastiya qilishdan tushadigan sof tushum bilan realizastiya qilingan birgalikda ishlab chiqarilgan mahsulotlarga to’g’ri keladigan birgalikdagi faoliyatga kiritilgan mablag’lar summasi o’rtasidagi farq tarzida aniqlanadi. Birgalikdagi faoliyat natijasida olingan daromad birgalikdagi faoliyat sheriklari (ishtirokchilari) o’rtasida har bir sherikning (ishtirokchining) hissasi ulushi asosida yoki oddiy shirkat shartnomasi shartlariga muvofiq taqsimlanadi hamda har bir sherikning (ishtirokchining) boshqa daromadlari tarkibiga kiritiladi. Oddiy shirkat shartnomasining amal qilishi tugatilgan va mol-mulk ushbu shartnoma sheriklariga (ishtirokchilariga) qaytarilgan taqdirda, har bir sherikning (ishtirokchining) o’zi kiritgan hissasi miqdori doirasida olingan mablag’lari oddiy shirkat shartnomasi sherigining (ishtirokchisining) daromadlari tarkibiga kiritilmaydi. Agar birgalikda ishlab chiqarilgan mahsulot realizastiya qilinmasdan oddiy shirkat shartnomasi sheriklari (ishtirokchilari) o’rtasida taqsimlab olinsa, ishonchli shaxs tomonidan birgalikdagi faoliyat sheriklaridan (ishtirokchilaridan) soliq qonunchiligiga muvofiq olingan qo’shilgan qiymat solig’i summasiga soliq qonunchiligida belgilangan tartibda tuzatish kiritilishi va bu summa ilgari uni ishonchli shaxsga topshirgan sherikka (ishtirokchiga) qaytarib berilishi lozim. Tuzatish kiritilishi lozim bo’lgan soliq summasi topshiriladigan birgalikda ishlab chiqarilgan mahsulotning qiymatiga kiritilmaydi va birgalikda ishlab chiqarilgan mahsulotning tegishli hissasini oladigan sheriklar (ishtirokchilar) tomonidan hisobga olinadi. Tuzatish kiritilgan soliq summasi soliq qonunchiligiga muvofiq mazkur mol-mulkni topshirish rasmiylashtiriladigan hujjatlarda ko’rsatiladi. Ishonchli shaxs birgalikda ishlab chiqarilgan mahsulotni sheriklariga (ishtirokchilariga) topshirayotganda soliq qonunchiligida nazarda tutilgan tartibga muvofiq aniqlanadigan qo’shilgan qiymat solig’i summasini ko’rsatgan holda hisobvaraq-fakturani rasmiylashtiradi. Birgalikda ishlab chiqarilgan mahsulotni topshirish uchun rasmiylashtirilgan hisobvaraq-faktura byudjetga to’lanishi lozim bo’lgan qo’shilgan qiymat solig’i hisob-kitobida sherikning (ishtirokchining) ushbu soliq summasini hisobga olishi uchun asos bo’ladi. Hisobvaraq-fakturadagi «tovar jo’natish hujjatlarining yoki shartnomalarning raqami va sanasi» satriga «birgalikda ishlab chiqarilgan mahsulotning taqsimoti» degan belgi qo’yiladi. Mol-mulkni birgalikdagi faoliyatga hissa sifatida topshirish sheriklar (ishtirokchilar) o’rtasida kelishilgan qiymat bo’yicha yoki buxgalteriya hisobi hujjatlarida hisobga olinadigan balans qiymati bo’yicha amalga oshiriladi hamda unga tovarlarni (ishlarni, xizmatlarni) realizastiya qilish sifatida qaralmaydi. Qo’shilgan qiymat solig’i bilan olingan va birgalikdagi faoliyatga hissa sifatida topshirilayotgan mol-mulk bo’yicha qo’shilgan qiymat solig’i birgalikda ishlab chiqarilgan mahsulotni realizastiya qilayotgan ishonchli shaxsda hisobga olish uchun qabul qilinadi. Bunda oddiy shirkat shartnomasi sherigi (ishtirokchisi) birgalikdagi faoliyatga topshirilayotgan mol-mulk bo’yicha qo’shilgan qiymat solig’i summasini hisobga olish uchun qabul qilmaydi. Agar kiritilayotgan mol-mulk bo’yicha ilgari qo’shilgan qiymat solig’ini hisobga olish amalga oshirilgan bo’lsa, mol-mulk birgalikdagi faoliyatga topshirilgan davrda ilgari mazkur mol-mulk olinganda hisobga olish uchun qabul qilingan qo’shilgan qiymat solig’i summasi kamayadi. Oddiy shirkat shartnomasining sherigi (ishtirokchisi) o’zi ishlab chiqargan mahsulotni birgalikdagi faoliyatga hissa sifatida topshirgan taqdirda, qo’shilgan qiymat solig’i hisoblanmaydi. Tayyor mahsulot ishlab chiqarish vaqtida ilgari hisobga olingan qo’shilgan qiymat solig’i summasiga soliq qonunchiligida nazarda tutilgan tartibda tuzatish kiritilishi lozim. Tuzatish kiritilishi lozim bo’lgan soliq summasi topshirilayotgan mol-mulkning qiymatiga kiritilmaydi va birgalikda ishlab chiqarilgan mahsulotni realizastiya qilishni amalga oshiruvchi ishonchli shaxs tomonidan hisobga olinadi. Tuzatish kiritilgan soliq summasi soliq qonunchiligiga muvofiq mazkur mol-mulkni topshirish rasmiylashtiriladigan hujjatlarda ko’rsatiladi. Oddiy shirkat shartnomasining birgalikdagi faoliyatga hissa sifatida mol-mulk topshirayotgan sherigi (ishtirokchisi) qo’shilgan qiymat solig’i to’lovchi bo’lishi yoki bo’lmasligidan qat’i nazar, soliq qonunchiligida nazarda tutilgan tartibda ishonchli shaxs tomonidan hisobga olinishi uchun topshirilayotgan mol-mulk bo’yicha qo’shilgan qiymat solig’i summasini ko’rsatgan holda hisobvaraq-fakturani rasmiylashtiradi. Birgalikdagi faoliyatga topshirilgan mol-mulk bo’yicha rasmiylashtirilgan hisobvaraq-faktura birgalikda ishlab chiqarilgan mahsulot bo’yicha byudjetga to’lanishi lozim bo’lgan qo’shilgan qiymat solig’ini hisob-kitob qilishda soliqning ushbu summasini ishonchli shaxs tomonidan hisobga olish uchun qabul qilishga asos bo’ladi. Hisobvaraq-fakturada «jo’natiladigan tovarlar hujjatlari yoki shartnomalar raqami va sanasi» degan katakchada «birgalikdagi faoliyatga hissa» degan belgi qo’yiladi. Birgalikdagi faoliyatda ishtirok etishdan olingan daromadlarga soliq solish oddiy shirkat shartnomasi sherigiga (ishtirokchisiga) soliq solishning amaldagi tartibiga muvofiq oddiy shirkat shartnomasining har bir sherigida (ishtirokchisida) boshqa daromadlar tarkibida amalga oshiriladi. Bunda qat’iy belgilangan soliq to’lovchilar (yuridik shaxslar va yakka tartibdagi tadbirkorlar), shuningdek yagona er solig’ini to’lovchilar bo’lgan oddiy shirkat shartnomasi sheriklarining (ishtirokchilarning) birgalikdagi faoliyatdan olingan daromadlariga dividendlarga soliq solishda belgilangan stavkalar bo’yicha soliq solinadi. [ОКОЗ: [ОКОЗ: 1.07.00.00.00 Молия ва кредит тўғрисидаги қонунчилик. Банк фаолияти / 07.10.00.00 Умумдавлат солиқлари / 07.10.08.00 Шахсларнинг айрим тоифаларини солиққа тортиш / 07.10.08.07 Деҳқончилик хўжаликларини солиққа тортиш] Download 200 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling