4–laboratoriya ishi rezervlash protokollari stp, rstp va
-usul Kommutatorning muhimliligi (priority) bo`yicha Rootni
Download 359.28 Kb.
|
4-lab
- Bu sahifa navigatsiya:
- 2-topshiriq bo`yicha qisqacha nazariy ma’lumot
2-usul Kommutatorning muhimliligi (priority) bo`yicha Rootnitayinlash: spanning-tree vlan vlan-id priority value - tarmoq uchun asosiy bo`lgan kommutatorni (ildiz kommutatorni) ko`rsatish uchun foydalaniladi. Muhimliligi (priority) kichik kommutator asosiy kommutator hisoblanadi. (masalan, spanning- tree vlan 1 priority 24576). Tarmoqdagi kommutatorlar dastlabki holatda barchasi bir xil bo`ladi (Priority 32769). Priorityni o`rnatishda qadamlar soniga e’tibor beriladi, ya’ni har bir qadam uzunliligi 4096 ga teng. Bu usul bo`yicha sw4 ni root switch qilib sozlaymiz (Eslatma: sw2ga sozlangan kommandani olib tashlang. sw2(config)#no spanning-tree vlan 1 root primary). Switch>enable Switch#configure terminal Switch(config)#hostname sw4 sw4(config)#spanning-tree vlan 1 priority 24576 Sw4(config)#exit Yuqorida keltirilgan tarmoq parametrlari sozlangandan keyin kommutatorlar bir-biriga xabar jo`natib, LAN tarmog`i uchun ildiz kommutatorni tanlab oladi. Xozirgi mavjud konfiguratsiyalarni ko`rish uchun: show spanning-tree – kommutator uchun ko`prik (most) muhimliliklarini ko`rishda foydalaniladi show spanning-tree active - spanning-tree protokolida ishlayotgan faqat faol interfeyslarning konfiguratsiyasini ko`rsatadi. show spanning-tree summary —port holatlari haqida ma’lumot beradi. show spanning-tree root — ildiz ko`prigining konfiguratsiyasi haqida ma’lumot beradi. show spanning-tree detail —port haqida batafsil ma’lumot olish show spanning-tree interface — STP interfeysi va konfiguratsiyasi holati haqida ma’lumot beradi. 2-topshiriq bo`yicha qisqacha nazariy ma’lumotAgregatsiya kanal (ingilizcha link aggregation) – bir nechta fizik kanalni bitta mantiqiy kanalga birlashtirish imkonini beradigan texnologiya. Agregatsiya kanal fizik kanal bo`ylab mantiqiy kanalda trafiklarni taqsimlash va bitta yoki bir nechta jismoniy kanallarni bitta mantiqiy kanalda ichki rad etilish holati sodir bo`lganda zahiralash imkonini beradi. Bunday texnologiya kanal o`tkazish qobilyatini va ishonchligini oshirish imkonini beradi. Tarmoq topologiyasi 4. 6- rasmda keltirilgan - rasm. Kommutatorlar o`rtasida agregatsiya kanalning tashkil etilishi Agregatsiya kanallar to`g`risida umumiy axborotlar Agregatsiya kanallar ikkita masalani echish imkonini beradi: Kanalni o`tkazish qobiliyatini oshirish Kanallardan biri qatordan chiqqanda zahirani ta’minlaydi. Agregatsiya kanallar ikkita kommutator, kommutator va marshrutizator, kommutator va xostlar o`rtasida yaratilishi mumkin. Cisco da kanallarni agregatsiyalash uchun quyidagi uchta variantdan biridan foydalanish mumkin: LACP (Link Aggregation Control Protocol) standart protokol; PAgP (Port Aggregation Protocol); Protokoldan foydalanmaydigan statik agregatsiyalash. EtherChannel mantiqiy kanal fizik kanal bo`ylab kadrlarni taqsimlaydi, raqamli belgiga ega kadrda manzil to`g`risida axborotlarga tegishli ikkilik shablonda ifodalaydi, dastlabki bosqichida mantiqiy kanalda fizik kanallardan biri tanlaniladi. EtherChannel kanallarni taqsimlash Cisco xeshlash algoritmiga asoslanadi. Cisco qurilmasida kanalni agregatsiyalashni sozlashda bir nechta terminlardan foydalaniladi: EtherChannel — kanallarni agregatsiyalash texnologiyasi. Termin kanallarni agregatsiyalash uchun Cisco da foydalaniladi. EtherChannel dan ekranlanmagan juft o`ramli kabellar (UTP) yoki bir va ko`p moddali optik tolali kabellar orqali lokal tarmoqda kommutatorlarni, marshrutizatorlar, serverlar, mijozlar bir-biri bilan bog`lashda foydalaniladi. port-channel — mantiqiy interfeys, ya’ni fizik interfeyslarni birlashtiradi. channel-group — bu buyruq qaysi mantiqiy interfeys fizik interfeysda joylashganligini va qaysi agregatsiyalash rejimidan foydalanishi ko`rsatadi. 4.7-rasm. Port-channel mantiqiy interfeys Bu terminlar kanallarni agregatsiyalashda foydalaniladi. Sxemada channel-group buyrug`idan keyingi son Port-channel mantiqiy interfeys raqamini bildiradi. Ikki tarafi Agregatsiyalangan kanalli mantiqiy interfeys raqami bir-biriga mos kelishi kerak. Raqam bitta kommutatorda turli port guruxlarini farqlashda foydalaniladi. Download 359.28 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling