4‑Mavzu: Kompaniya holatining tahlili Reja
Download 255.18 Kb.
|
4 Mavzu Kompaniya holatining tahlili Reja
- Bu sahifa navigatsiya:
- 1. Kompaniya xolatini tahlil qilish uslubi.
- SWOT-tahlilda xisobga olinadigan omillar
4‑Mavzu: Kompaniya holatining tahlili Reja: 4.1 Kompaniya holatini tahlil qilish uslubi 4.2 Kompaniyani strategik mavqeini baholashda ichki va tashqi muhit tahlili. 4.3 SWOT tahlil orqali kompaniya holatini baholash 4.4 Firma xarajatlari raqobatbardoshliligini baholash 1. Kompaniya xolatini tahlil qilish uslubi. Kompaniya xolatini tahlil qilish menejerlarga raqobat bozorida qanday qilib muvoffaqiyatga erishish, raqobatda ustun chiqish uchun nimalar qilish zarurligini ko’rsatib asoslab beradi. Buning uchun quyidagi savollarga javob izlash lozim Amaldagi strategiya qay darajada samarali? Kompaniyaning kuchli va zaif tomonlari nimada? Kompaniyaning narxlari va xarajatlari raqobatbardoshmi? Kompaniyaning raqobat pozitsiyasi qay darajada mustaxkam? Kompaniya qanday strategik muammolarga to’qnash keladi ? Bu savollarga javob berish uchun 4 ta tahliliy ko’rsatgichlardan foydalaniladi: SWOT - tahlil, qiymatlar zanjiri, xarajatlar tahlili va raqobatbardoshlikni baxolash. SWOT-tahlil. SWOT - inglizcha Strengts (kuchlar), Weaknesses (zaif tomonlar), Opportunities (qulay imkoniyatlar) va Threats (taxdidlar) suzlaridan tuzilgan akronimdir. Kompaniyaning ichki holati asosan S va W bilan, tashqi muxiti esa O va T kursatkichlarda ifodalanadi. 1-jadvalda SWOT-tahlilda xisobga olish maqsadga muvofiq bo‘lgan asosiy omillar keltirilgan. 1-jadval SWOT-tahlilda xisobga olinadigan omillar
Kompaniyaning strategik istiqboli uchun kuchli jixatlar ayniqsa muximdir, chunki ular strategiyaning poydevorini tashkil qiladi, raqobatli ustunliklar ana shu jixatlar asosiga qurilishi lozim. Ayni paytda yaxshi strategiya zaif jixatlarni ko‘rib chiqishni xam talab qiladi. Tashkiliy strategiya bajarish mumkin bo‘lgan ishlarga yaxshi moslashgan bo‘lishi lozim. Kompaniyaning o‘ziga xos jixatlarini aniqlash aloxida axamiyat kasb etadi. Bu esa strategiyani shakllantirish uchun muximdir, chunki: - noyob imkoniyatlar firmaga bozordagi qulay vaziyatlardan foydalanish imkoniyatini beradi; - bozorda raqobat ustunliklarini vujudga keltiradi; - potentsial jixatdan strategiyaning asosini tashkil etishi mumkin. Tarmoqdagi qulay imkoniyatlarni kompaniyaning qulay imkoniyatlaridan farqlash kerak. Tarmoqdagi ustivor va qayta paydo bo‘layotgan qulay imkoniyatlar raqobat ustunligiga ega bo‘lgan yoki o‘sish uchun boshqa imkoniyatlari bo‘lgan kompaniyalar uchun ayniqsa mos keladi. SWOT-tahlil quyidagi savollarga javob topishga yordam beradi: - kompaniya usish o‘z strategiyasida o‘zining ichki kuchli tomonlaridan yoki ustunliklaridan foydalanadimi? Agar kompaniyaning xech qanday ajralib turuvchi ustunliklari bulmasa, uning qanday potentsial kuchli jixatlari ana shu ustunliklarga aylanishi mumkin? - kompaniyaning zaif jixatlari uning raqobatdagi eng nozik tomonlarimi? Ular ma’lum bir qulay jixatlardan foydalanishga imkon bermaydimi? Strategik jixatdan kelib chiqqan xolda qaysi zaif jixatlarga tuzatish kiritish kerak? - qanday qulay sharoitlar kompaniyaga muvaffaqiyat qozonishga imkoniyat yaratadi? Shuni qayd qilib o‘tish lozimki, foydalanish usullari bo‘lmagan qulay imkoniyatlar sarobdan boshqa narsa emas. Firmaning kuchli va zaif tomonlari uning boshqa firmalarga qaraganda qulay imkoniyatlardan foydalanishga yaxshiroq yoki yomonroq darajada moslashishiga yordam beradi. - menejerni qaysi taxdidlar ko’proq tashvishlantirishi kerak? U himoyani yaxshi tashkil qilish uchun qaysi strategik chora-tadbirlarni amalga oshirishi lozim? Download 255.18 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling