4‐sinf o‘qish darslarida "Yoz o‘tadi soz" bo‘limini o‘rganish Mundarija Kirish I bob. O'qish darslarini tog’ri tashkil etish haqida umumiy ma’lumotlar va zamonaviy metodlardan foydalanish


Download 54.38 Kb.
bet4/8
Sana18.06.2023
Hajmi54.38 Kb.
#1591089
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
4‐sinf o‘qish darslarida Yoz o‘tadi soz bo‘limini o‘rganish 222

Eng ulug’ fazilat
Qadim zamonda bir mo’tabar odamning uch o’g’li bor edi. Bir kuni ularni huzuriga chaqirib, shunday debdi:
O’g’illarim, sizlarni sinamoqchiman, bir oy sayohat qiling. Shu bir oylik umringizni xalqqa foydali, yaxshi ishlarga sarf eting. Qaysi biringizning qilgan yaxshiligingiz eng ulug‘ fazilat kasb etsa, barmog‘imdagi mana shu juda qimmatbaho uzukni unga beraman.
O‘g‘illari har tarafga tarqalib, sayohatga chiqib ketibdilar. Bir oy sayohat qilib yurib, yana otalarining huzuriga qaytib kelibdilar. Ota katta o‘g‘lidan so‘rabdi:
– O‘g‘lim, shu bir oy ichida qanday eng ulug‘ fazilatli ish qilding?
– Otajon, bir kuni tanho o‘zim bir bog‘ ko‘chasidan o‘tib ketayotsam, bir yerda juda ham qimmatli olmos tushib yotgan ekan. Uni olib darhol tegishli ma’murlarga topshirdim. Ma’murlar boshlig‘i menga tashakkur aytdi. Qo‘limga mana shu taqdirnomani yozib berdi. Olmosning egasini toptirib, unga topshirdi. Shu qilgan ishim to‘g‘riligimga bir dalil. Shu harakatim eng ulug‘ fazilat emasmi?
– Juda to‘g‘ri ish qilgansan, o‘g‘lim! Vijdonan vazifangni ado etgansan. Lekin u olmos sening xususiy mulking emas-ku!
Keyin o‘rtancha o‘g‘li so‘zga kirishdi:
– Men bir kuni katta bir ariq yoqasidan ketib borardim. Shu choqda bir yosh bola suvga tushib ketdi. Halok bo‘lish xavfi ostida ekanini ko‘rib qoldim. Darhol o‘zimni suvga tashladim. Ko‘p mashaqqat chekib, bolani suvdan olib chiqdim. Uni halokatdan qutqazib, ota-onasiga eson-omon topshirdim. Ota-onasi mendan ko‘p minnatdor bo‘lib, haqimga duo qildilar. Hayotim qo‘rqinch ostida qolsa ham yosh bolani halokatdan qutqazish uchun qilgan shu harakatim bilan mukofotingizga loyiq bo‘lsam kerak, deb o‘ylayman.
Otasi o‘rtancha o‘g‘lining qo‘lini ushlab, shunday dedi:
– Ofarin, o‘g‘lim. Seni tabriklayman, faqat shu go‘zal ishing tufayli qalbing zavq-shavq bilan to‘lganini his etgansan. Shuning o‘zi mukofot emasmi?
Keyin kichik o‘g‘li otasiga ta’zim qilib aytdi:
– Otajon, menga doimo dushmanlik nazari bilan boqib, zarar yetkazib yurgan bir odam bor. Men unga hech bir yomonlik qilmagan bo‘lsam ham, u payimda yuradi. Hatto meni yo‘q qilish uchun fursat kutadi. Kecha u dushmanimning bir jar yoqasida uxlab yotganini ko‘rdim. Agar uyqusirab, bir yondan ikkinchi yonga ag‘darilsa yoki qattiqroq tovush chiqarib uyg‘otilsa, turishga harakat qilib, jarga qulab tushishi mumkin edi. Men tovush chiqarmasdan, sekingina yurib uning yoniga bordim. Juda ehtiyotkorlik bilan uni ushlab, asta-sekin o‘z tomonimga torta boshladim. Ancha beriga kelib xavf-xatardan qutulgandan keyin ruhim ko‘tarildi, shodlanib yo‘limda davom etdim. Otasi o‘g‘lining bu yaxshi ishidan, oliyjanobligidan shodlanib ko‘ziga yosh oldi. Uni quchoqlab, yuz-ko‘zidan o‘pib dedi:
– Bor bo‘l, o‘g‘lim! Yasha, umring uzoq bo‘lsin! Mukofotimni olishga sen haqlisan, chunki dunyoda eng ulug‘ fazilat – yomonlikka yaxshilik qilishdir, – deb qimmatli uzugini o‘g‘lining barmog‘iga taqdi, uning haqiga duo qildi.
Ertak o’quvchilar e’tiboriga havola etilgach, ertak qahramonlari nomi yozilgan kartochkalar ekspertlar guruhi a’zolariga tarqatiladi.

1.2.3 sinf o'qish darslarini tog’ri tashkil etishda zamonaviy metodlardan foydalanish


Bolalarga maktabga kelgan kunidan boshlab, bilim olishga havas tuyg’usi shakllantiriladi. Ularda asta-sekin bilim olishga ehtiyoj paydo bo’ladi va bu orqali o’quvchilar ma’naviy ozuqa ola boshlaydilar. Bolalarda kelajakka intilish, orzuhavas, mehnatga va bilim olishga chanqoqlik, xayr-u ehsonda sofdillik, onaVatanga mehr-muhabbat, fidoyilik, milliy g’urur, matonat, mehr-oqibat, do’stlik, ezgulik kabi yuksak hislar paydo bo’ladi. Badiiy asarlar shunday yuksak hislarni tarkib toptiruvchi asosiy omil sanaladi.
Ma’lumki, badiiy asar matni ustida qilinadigan tahlil ishlari asar mazmunini
to’liq o’zlashtirishga qaratiladi. Ular o’quvchilarning jamiyat va borliq haqidagi
bilimlarini boyitib, o’qish ko’nikmalarini takomillashtiradi. Asar tili, badiiy
vositalari ustida ishlash o’quvchilarning nutqini o’stiradi, asar qahramonlariga
tavsif berish o’quvchi shaxsini tarbiyalaydi. Demak, o’qish darslarida badiiy asar
ustida ishlashning har bir yo’nalishi va bosqichi ta’limiy-tarbiyaviy ahamiyat kasb
etadi.
Boshlang’ich sinflar kesimida mavsumiy mavzularni o’rganishga katta o’rin
berilgan. O`qish darslarida tabiat mavzusidagi badiiy asar matnida ustida ishlashda o’quvchi va o’qituvchi faoliyatini to’g’ri tashkil etilishi, o’qitish usullari to`g`ri tanlanishi taqozo etiladi.
O’qish darslarida mavsumiy mavzudagi asarlarni o’rganish o’quvchilarni
tabiat hodisalari bilan tanishtiribgina qolmay, ularning o`qish ko`nikmalarini
o`stiradi, lug`atini boyitadi, nutqini rivojlantiradi, tabiat uning uyi ekanligini, uni
muhofaza qilish burchi ekanligini anglashlariga yordam beradi.
Hozirgi kunda o’qish darslarida har bir ta’limiy vazifani bajarishning aniq va
ilmiy metodik usullari ishlab chiqilgan bo`lib, ular zamonaviy o’qitish usullari
bilan boyitib borilmoqda.
Darsda o’quvchilarning faolligini oshiradigan, tasavvurlarini boyitadigan
usullar asarlarni janr tabiatidan kelib chiqib tanlanadi. Asarni o’qib tanishtirish,
o’quvchilarning o’zlariga ketma-ketlikda o’qitish, rollarga bo’lib o’qitish, asar tili
ustida ishlash, qahramonlarga tavsif berish, asarni qayta hikoya qildirish, ta’limiy
va tarbiyaviy xudlosa chiqarish ishlari hozirgi kunda maktablarda an`anaviy tarzda amalga oshirilmoqda. Lekin ularni tashkil etishda ilg’or innovatsion
texnologiyalardan foydalanish ishlari ishlab chiqilishni davr talabi deb
hisoblaymiz.
O'qitish usullarining tasnifi

Asosiy usullar

Usul kichik guruhlari

Alohida usullar

Usul guruhining maqsadli funksionalligi

Manba

Og'zaki vizual amaliy

Ma’ruza, hikoya, suhbat va h.k.. Kino namoyishi, videoslaydlar va hokazo.Mashqlar, tajriba, kitob bilan ishlash, tahlil qilish, namunalar tavsifi va hokazo.

Bilim, ko'nikma va malakalarni egallashga mo'ljallangan o'qitish shakllarini hisobga olish

qidiruv tizimlari

Reproduktiv mahsuldor

Axborot, retseptiv, reproduktiv Muammoli, qisman kashfiyot

O’quvchining qidiruv faoliyati turini hisobga oling

O'quv materialining mantiqiy tuzilishini o'rganish

Ob'ektning statikasini o'rganish Ob'ektning dinamikasini o'rganish

Elementlar statikasi tavsifi, elementlarning tuzilishini tavsiflash va tahlil qilish

O'quv materiali mazmunining mantiqiy tuzilishini hisobga oling

aqliy charchoq

Induktiv. Deduktiv

Tizimli tahlil usullari
Tahlil, sintez, taqqoslash, umumlashtirish, mavhumlashtirish, konkretlashtirish va h.k.

Idrok va psixologik assimilyatsiya mantiqini hisobga oling

Ushbu tasnif har bir guruhning maqsadli funksionalligiga qarab, umumlashtirish darajasiga ko'ra tartibga solingan to'rtta guruh usullarini o'z ichiga oladi. Har qanday darsda mashg'ulot o'tkazishda barcha usullar guruhlari ishtirok etishi kerak, ammo murakkab va sinxron tarzda, chunki har bir guruh o'z maqsadli funksionalligiga ega. Guruhlar yoki individual usullarning ustuvorligiga kelsak, bu erda ularning tanlovi aniq didaktik vaziyatga (maqsadlar, vazifalar, materialning mazmuni, vositalar, shakllar va boshqalar) bog'liq.


Keling, ushbu usullar guruhlarini, masalan, manba usullarini batafsil ko'rib chiqaylik.  Bu amaliyotda ishlab chiqilgan usullarning eng an'anaviy guruhlari.
Shunday qilib, manba usullari guruhiga quyidagilar kiradi:
- og'zaki;
- vizual;
- amaliy usullar.

Download 54.38 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling