5 – Amaliy ish. Mavzu: Razvedka hujumini amalga oshirishni o‘rganish Ishdan maqsad


Download 61.19 Kb.
bet5/5
Sana02.06.2024
Hajmi61.19 Kb.
#1836713
1   2   3   4   5
Ishni bajarish tartibi:

  1. Tarmoqlararo ekran parametrlarini o'rnatish va sozlash.

Birinchi navbatda, tarmoqlararo ekranning holatini buyruqlar qatoridan ko'rish kerak. Buning uchun win + R tugmalarini birgalikda bosiladi, so'ngra cmd buyrug'ini kiritiladi va Enter tugmasi bosiladi. Shundan so’ng 6.1-rasmdagi oyna ochiladi. Unga quyidagi kodni kiriting: "C:\Users\user>netsh advfirewall set allprofiles state off" va Enter tugmasini bosing (6.1-rasm).

6.1-rasm. CLI kodini o'rnatish
Agar kodning oxiridagi "off" holatini "on" holatiga almashtirilsa, tarmoqlararo ekranni faollashtiriladi (6.2-rasm).

6.2-rasm. Tarmoqlararo ekranni faollashtirish
Tarmoqlararo ekranni ochish juda oddiy. Buning uchun "Пуск" tugmasi bosiladi, qidiruv satriga "firewall" so’zi kiritiladi hamda tugmacha bosiladi yoki 6.3- va 6.4-rasmda ko’rsatilgan buyruqlar satri orqali kirish mumkin. Shundan so'ng, quyidagi oyna ochiladi (6.5-rasm).

6.3-rasm.Buyruqlar satri orqali firewallga kirish

6.4-rasm. Buyruqlar satri orqali firewallga kirish

6.5-rasm. Windows Defender tarmoqlararo ekranning asosiy oynasi
Bu yerda siz asosiy sozlamalarni sozlashingiz mumkin va qo'shimcha funksiyalarni sozlash uchun "Дополнительные функции" bo'limiga o'tishingiz kerak (6.5-rasm).

6.6-rasm. Firewallni faollashtirish oynasi
Firewallni faollashtirishni yana bir usuli 6.6-rasmda ko’rsatilgan bo’lib, bunda firewallni turli holatlar uchun yoqish, o’chirish mumkin.

6.7-rasm. Tarmoqlararo ekranning asosiy va qo’shimcha sozlamalari
2. Sozlamalarga muvofiq ruxsat berilgan va ta’qiqlangan harakatlarni bajarish.
Tarmoqlararo ekran kiruvchi yoki chiquvchi trafikni filtrlash orqali kompyuter xavfsizligini oshirishga xizmat qiladi. Buning yordamida internetga kirishni ma'lum dasturlardan tashqari har kimga cheklash yoki u o'rnatilgan kompyuterga faqat tashqi tarmoqdan yoki faqat ichki tarmoqdan, faqat ma'lum bir portda, aniq ip-manzillardan ulanishingizga ruxsat berishingiz va boshqa harakatlarni amalga oshirishingiz mumkin.
Tarmoqlararo ekran bu qoidalar to'plamidir. Qoida - bu ulanishga ruxsat berish yoki rad etish tavsifi. Ular kiruvchi va chiquvchi bo'lishi mumkin, mos ravishda ushbu kompyuterga yoki ushbu kompyuterdan tarmoqqa ulanishni tartibga soladi.
Masalan, saytga tashqi tarmoqdan kirishni xohlasangiz, tarmoqlararo ekran qoidasini sozlashingiz kerak.
Buning uchun Win + R tugmachalarini bosing va buyruq satriga firewall.cpl buyrug’ini kiriting. Keyin chap ustunda "Дополнительные параметры" ni tanlaymiz (6.8-rasm).

6.8-rasm. Tarmoqlararo ekranning qo'shimcha parametrlari
Ochilgan xavfsizlik oynasida "Правила для входящих подключений" bo'limiga o'ting va keyin "Создать правило" tugmachasini bosing (6.9-rasm).

6.9-rasm. Kiruvchi ulanishlar uchun qoida yaratish
Misol uchun, 80-port uchun qoida yarataylik (6.10-rasm), shuningdek siz ma'lum bir dastur uchun qoida yaratishingiz yoki standart Windows xizmatlari uchun standart qoidadan foydalanishingiz mumkin. Bundan tashqari, to'liq moslashtirilgan qoidalar yaratishingiz mumkin.

6.10-rasm. Port uchun qoida yaratish
Trafikni filtrlash uchun protokol turini tanlaymiz, u tcp yoki udp bo'lishi mumkin, port har qanday bo'lishi mumkin yoki barcha portlarni ochib yopishingiz mumkin (6.11-rasm).

6.11-rasm. Protokol turini tanlash
Keyinchalik, biz qoidani aniq nima qilish kerakligini, ya’ni biz ko'rsatgan portlarda trafikka ruxsat berish yoki rad etish kerakligini aniqlaymiz (6.12-rasm).

6.12-rasm. Ulanish shartlarga javob berganda bajariladigan harakatni tanlash
Ushbu qoida qaysi tarmoq uchun qo'llanilishi kerakligini ko'rsatamiz. Domen, xususiy yoki jamoat tarmog’i (6.13-rasm).

6.13-rasm. Qoidani qo'llash uchun profilni tanlash
Oxirgi bosqichda qoida nomini ko'rsating. Keyin ushbu portga ulanishingiz mumkin. Belgilangan chegarani tekshirish uchun siz Google Chrome ga o'tishingiz kerak. Keyin havolaga kiring. Brauzer siz kiritgan manzilni ochmaydi va quyidagi oyna paydo bo'ladi. "Ваш доступ в Интернет заблокирован" degani, Internetdan foydalanish huquqi bloklanganligini anglatadi (6.14-rasm).

6.14-rasm. Internetga ulanish bloklanishi.
Agar siz yuqorida o'rnatilgan bloklash parametrini bekor qilsangiz va brauzerni yangilasangiz, brauzer ko'rsatilgan manzilga o'tishini ko'rishingiz mumkin (6.15-rasm).



6.15-rasm. Belgilangan manzilga brauzer orqali kirish.
Dastur uchun cheklash yoki qoida yaratishda siz "Outbound Rules" bo'limiga o'tishingiz kerak (6.16-rasm).

6.16-rasm. "Outbound Rules" bo'limini tanlash
Ushbu bo'limning "Действия" qatoridan "Новые правила" ni tanlang. Tizim siz yaratmoqchi bo'lgan qoida turini tanlashingizni so'raydi. Siz "Программа" bo'limini tanlashingiz va "Далее" tugmachasini bosishingiz kerak (6.17-rasm).

6.17-rasm. Yaratilgan qoidaning turini tanlash
Keyingi oyna ochiladi. Ushbu oyna orqali siz barcha dasturlar yoki bitta dastur uchun qoida yaratishingiz mumkin. Buning uchun "Этот путь к программе" ni tanlang va qoida yaratmoqchi bo'lgan dasturning exe faylining manzilini bering. Buning uchun "обзор" tugmasi orqali kerakli dasturni tanlang (6.18-rasm).

6.18-rasm. Kerakli dasturni tanlash.
Keyingi oynada siz harakatni tanlashingiz kerak, bizning holatimizda "Заблокировать соединение" ni tanlashimiz kerak (6.19-rasm). Keyin yaratilgan qoida bilan bog'liq profillarni tanlaymiz (6.20-rasm).

6.19-rasm. Harakatni tanlash.

6.20-rasm. Profilni tanlash.
Yaratilgan qoidani tugatish uchun siz qoidaga nom berishingiz va "Готово" tugmachasini bosishingiz kerak (6.21-rasm).

6.21-rasm. Qoidani nomlash jarayoni.
Yaratilgan qoida tarmoqlararo ekran qoidalari ro'yxatida bo'ladi. Uni istalgan vaqtda nusxalash, ko’chirish, o'chirish yoki tahrirlash mumkin (6.22-rasm).

6.22-rasm. Biz yaratgan qoida bo'yicha harakatlar.
Biz yaratgan qoidaning ishlashiga ishonch hosil qilish uchun Google Chrome ni ochamiz. Yaratilish paytida biz ushbu dasturning ishlashini to'sib qo'yganimiz sababli, dastur tarmoqlararo ekran tomonidan bloklanganligi to'g'risida ogohlantiruvchi oynaga ega bo'lamiz (6.23-rasm). Agar siz yaratilgan qoidani qoidalar ro'yxatidan o'chirib tashlasangiz, dastur yana ishlaydi va oxirgi so'ralgan sahifani ochadi (6.24-rasm).

6.23-rasm. Dasturning tarmoqlararo ekran tomonidan bloklanishi.

6.24-rasm. Google Chrome dasturi ishlamoqda


Topshiriq:
Har bir talaba ushbu ketma-ketliklarni o’z shaxsiy kompyuterida firewaalni sozlasih hamda qoidani nomlashda o’zining ism familyasini qo’llasin.
Nazorat savollari

  1. Tarmoqlararo ekran nima vauni qanday nomlanishlari mavjud?

  2. Tarmoqlararo ekranning turlari haqida nimalar bilasiz?

  3. Tarmoqlararo ekranning asosiy vazifalari nimalardan iborat?

  4. Windows OTda tarmoqlararo ekrani qanday nomlanadi va ishga tushirish jarayonini tushuntiring.

  5. Windows Defender orqali nimalarni sozlash mumkin?

Download 61.19 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling